Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Talabalar turar joylaridagi sharoitlar o’rganildi

Oʻzbekiston Milliy universitetiga qarashli talabalar turar joyiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tashrif buyurdi. Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kelishi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetga qarashli talabalar turar joylarida qish mavsumiga qay darajada tayyor ekanligini koʻzdan kechirdi. Mazkur oʻrganish davomida talabalar turar joylaridagi sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida har bir xonalar sinchkovlik bilan koʻzdan kechirib, navbatchi xodimlar, bino boshliqlari hamda talabalar bilan suhbat davomida qanday muammolar mavjudligi oʻrganildi. Shuningdek, talabalar turar joylaridagi issiqlik tizimi, suv taʼminoti, bino xavfsizlik nazorati kabi masalalar boʻyicha tanishib chiqib, mutasaddilarning fikr-mulohazalari tinglandi.


OʻzMU Axborot xizmati