Talabalarni TTJga joylashtirish xususida munosabat
Oʻzbekiston Milliy universitetida 10 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, 5130 oʻringa ega. Joriy yilning 6-sentabr holatiga ko'ra, talabalar turar joyiga 2435 nafar talaba joylashtirildi. 2022-2023 o'quv yilida talabalarning talabalar turar joylarga joylashish tartibi quyidagicha amalga oshirilmoqda:
— Chin yetim talabalar (kursidan qat’iy nazar);
— Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
— Nogironligi mavjud talabalar (kursidan qat’iy nazar);
— Talaba qizlar;
— Ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli og'ir talabalar.
Talabalar turar joylariga 1-bosqich talabalari joylashtirilgandan so'ng keyingi o'rinlarda 2-3-bosqich talabalari, joy yetarli bo'lsa 4-bosqichda to'lov shartnoma asosida o'qiyotgan talabalar joylashtiriladi. Viloyatlardan tashrif buyurgan ota-onalar va ularning farzandlari uchun ishchi guruh tomonidan kunlik ijara uy ro'yhatlari taqdim etilmoqda.
Ijarada turadigan talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida o'zlari tanlagan uy to'lovini miqdoridan 50% ini (bazaviy hisoblash miqdoridan oshmagan summada) o'rnatilgan tartibda to'lab beriladi.
OʻzMU Axborot xizmati