Talabamiz dast koʼtarishda oltin medalni qoʼlga kiritdi

2021 yilning 30 may kuni Toshkentdagi yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining -87 kg vazn toifasida ayollar kurashi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada g‘oliblik uchun kurash olib borgan sportchilar orasida yurtimiz sharafiniMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 1 kurs talabamiz Tursunoy Jabborova himoya qildi. Va aytish mumkinki, Jabborovaga dast ko‘tarishda ham, siltab ko‘tarishda ham teng keladigan raqib topilmadi. Barcha imkoniyatlaridan unumli foydalangan Tursunoy dast ko‘tarish mashqida eng yaqin ta’qibchisini 18 kg ga ortda qoldirgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan AQSH termasi vakilidan 15 kg farq bilan birinchi o‘rinni egalladi. Natijalar quyidagicha yakunlandi:

Yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati

Ayollar, -87 kg

  1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) - 244 (111 + 133) kg;
  2. Elizabet Ovens (AQSH) - 211 (93 + 118) kg;
  3. Yekta Jamali (Eron) - 208 (92 + 116) kg. Shu tariqa, talabamiz Tursunoy Jabborova terma jamoamiz hisobiga yana uchta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Talabamizning yutuqlari va muvaffaqiyati bilan universitet jamoasi, fakultet professor-o‘qituvchilari va yoshlari nomidan ota-onasiga minnatdorchilik bildiramiz va talabamizning keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

O‘zMU Axborot xizmati