Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Tarix fakulteti jamoasi mini futbol boʻyicha «Rektor kubogi» sohibiga aylandi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida sportning mini futbol turi bo’yicha universitet chempionati “Rektor kubogi” bo’lib o’tdi. Qizg’in davom etgan ushbu turnirda barcha fakultetlar ishtirok etdilar. Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o’rinni Tarix fakulteti, 2-o’rinni Biologiya fakulteti, 3-o’rin Taekvondo va sport faoliyati fakulteti jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
G’olib jamoalarga Birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev tomonidan rektor kubogi, diplom va pul mukofoti taqdim etildi. Universitet rahbariyati tomonidan 1-o’rin sohiblariga 7 mln so’m, 2-o’rin sohiblariga 5 mln so’m, 3-o’rin sohiblariga 3 mln so’m bilan ragʻbatlantirildi.
Ma’lumot o’rnida, Tarix fakulteti o’tgan yilda ham mini futbol bo’yicha “Rektor kubogi”da 1-o’rinni qo’lga kiritgan edi.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan gʻolib boʻlgan jamoalarni tabriklaymiz.

O`zMU Axborot xizmati