Tarix fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi

Talaba-yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning 17-aprelida O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining Telegramdagi rasmiy guruhida ovozli chat ko‘rinishidagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda fakultet dekani prof. A. Muminov, dekan o‘rinbosarlari O. Muminov, Sh. Parmonov, R. Jo‘rayev, barcha kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar qatnashdilar.
Fakultet rahbarining kirish so‘zidan so‘ng onlayn muloqotning asosiy minbari talaba-yoshlarga berildi. Bir yarim soatdan ortiq davom etgan ovozli chatning asosiy tamoyillari ochiqlik, shaffoflik hamda muammolarni birgalikda hal etish bo‘ldi.
Talabalar ko‘targan masala va muammolarni ijobiy hal etish maqsadida har bir murojaatdan so‘ng fakultet dekani va mas’ullarning izoh va tushuntirishlari tinglandi, masalalarga mas’ullar belgilandi.
O’zMU Axborot xizmati