Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TARJIMON-VOLONTYORLAR MEHNATI MUNOSIB RAGʻBATLANTIRILDI

Joriy yilning 24-oktabr kuni yurtimizda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijlik kuzatuvchi va jurnalistlarga hamrohlik qilish, tarjima ishlarida koʻmaklashish uchun biriktirilgan O’zMU tarjimon-volontyorlari ham siyosiy jarayonlarning yuqori saviyada tashkil etilishida xolis xizmatlari bilan oʻz hissalarini qoʻshishdi.
Ayniqsa, vazirlik tomonidan xorijlik kuzatuvchilarga hamroh sifatida biriktirilgan rektor, prorektorlar hamda tarjimon-volontyorlar xorijlik mehmonlarni kutib olish, saylov jarayonlarida ularga hamrohlik qilish, mehmon dasturida belgilangan tadbirlarning yuqori darajada bajarilishida, siyosiy jarayonlarda faol va mas’uliyat bilan ishtirok etishdi. Mazkur siyosiy jarayonda xorijlik mehmonlarga hamroh sifatida biriktirilgan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligida taqdirlandi. Moddiy ragʻbat, Bosh vazir oʻrinbosari A.Abduxakimovning tashakkurnomasi hamda vazirlik faxriy yorliqlarini vazir Abduqodir Toshqulov oʻz egalariga topshirar ekan, har birlarining xolis mehnatlarini alohida eʼtirof etgan holda minnatdorlik bildirdi.

O’zMU Axborot xizmati