Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tashqi xatarlarni kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent shahridagi Yodju Texnika instituti hamkorligida «Tashqi xatarlarni kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirildi.
Konferensiyada Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash Assotsiatsiyasi (Barnaul sh., Rossiya), Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti Sug‘urta va ijtimoiy soha iqtisodiyoti departamenti (Moskva sh., Rossiya), Qozon Federal universitetining Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti (Qozon sh., Rossiya), Toshkent davlat transport universiteti va Innovatsion texnologiyalar markazi ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi – tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyotning zamonaviy muammolarini mintaqaviy, milliy va xalqaro miqyosda yechish bo‘yicha bilimlar bilan almashish va yagona yondashuvni ishlab chiqish.
Oxirgi yillar mamlakatimiz tarixida tub islohotlar, keng miqyosdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar davri bo‘ldi. Mamlakatimizda boshlangan o‘zgarish jarayoni jahon hamjamiyati tomonidan “Yangi O‘zbekiston fenomeni” deb qayd qilindi. Mamlakatimiz jahonga barcha sohalar bo‘yicha o‘zining cheksiz salohiyatini va imkoniyatlarini namoyon etdi. Bu esa davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ichki va tashqi siyosati natijasidir.
Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi olimlari tomonidan tadqiqotlar natijalari, o‘z faoliyatlari, universitetlarda va ilmiy tadqiqot muassasalarida jahondagi yetakchi olimlar rahbarligida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari keng yoritib berildi. Konferensiya dunyo olimlarining axborot almashinuvi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro ilmiy muhitga integratsiyalashuv makoni bo‘ladi.
Konferensiya doirasida plenar majlislar, tematik seksiyalarda ishlar va plakatli maʼruzalar amalga oshirildi. Konferensiya faoliyati quyidagi seksiyalar bo‘yicha tashkil etildi:

  1. Makroiqtisodiy siyosat va barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash muammolari;
  2. Tarmoq va hududiy boshqaruv tizimini takomillashtirish;
  3. Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlashning dolzarb masalalari;
  4. Ijtimoiy siyosat va mehnat bozori: amalga oshirish xususiyatlari va ustuvor yo'nalishlari;
  5. Mintaqalarni balanslashgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
  6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro qo‘shilgan qiymat zanjiri;
  7. Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash muammolari.

    Konferensiya faoliyati natijalari bo‘yicha xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida (shu jumladan, «Scopus» va «Web of Science»larda ham) indekslangan maʼruza tezislari to‘plami nashr etiladi.

O‘zMU Axborot xizmati