Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish- har birimizning burchimizdir!

  Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli, nafaqat yurtimizda, balki Markaziy Osiyo davlatlarida ham ko‘plab texnogen muammolar yuzaga kelmoqda.   

Yuzaga kelgan muammolarni hisobga olgan holda, universitet rahbariyati imkoniyati darajasida talabalar turar joylari, o‘quv auditoriyalarini isitish borasida chora-tadbirlarni uzliksiz amalga oshirib kelmoqda. Talabalar turar joylarining yashash xonalari derazalarining ichki tomonidan politilen qoplamasi bilan qoplash, issiqlik va elektr ta’minotini bir me’yorda ishlashini nazorat qilish kabilar shular jumlasidan.

Bugun ta’tildan qaytgan talabalarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlik talabalar shaharchasi  hokimligi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti mutasaddi hodimlari tomonidan universitetning mavjud 10 ta talabalar turar joyida  “Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” jumladan, binolarga qo‘lbola isitish moslamalari, standartlarga javob bermaydigan pechlarni olib kirish va o‘zboshimchalik bilan ishlatish mumkin emasligi haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalar turar joylaridagi standart issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash imkoni bo‘lmagan yoshlarni nisbatan issiqroq 1-sonli TTJga ko‘chirildi.

Quyidagi video lavhada jarayon haqida batafsil axborot olishingiz mumkin.

OʻzMU Axborot xizmati