THE Central Eurasia Ranking: Markaziy Yevrosiyo universitetlari reyting tahlili

Times Higher Education xalqaro reyting agentligi 2026-yil uchun Central Eurasia University Rankings nomli yangi mintaqaviy pilot reyting tahlillarini e’lon qildi. Mazkur tashabbus turkiy davlatlar hududidagi oliy ta’lim muassasalarini global baholash mezonlari asosida tahlil qilish va ularning mintaqaviy raqobatbardoshligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti esa mintaqadagi 122 ta universitet orasida 43-o‘rinni egallab TOP-50 universitet sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun O‘zbekistonning 57 ta oliy ta’lim muassasalari ushbu reytingdan reportyor ya’ni ma’lumot kirituvchi sifatida o‘rin olgan.

Ushbu pilot reyting THEning jahon universitetlari reytingi metodologiyasiga asoslanadi, biroq baholash doirasi faqat Markaziy Yevrosiyo mintaqasi bilan cheklanadi. Universitetlar 17 ta asosiy indikator bo‘yicha baholanadi. Ular qatoriga quyidagi mezonlar kiradi: ta’lim muhiti (Teaching), ilmiy muhit (Research Environment), tadqiqot sifati (Research Quality), sanoat bilan hamkorlik (Industry), xalqaro ko‘lam (International Outlook).

Reyting natijalari mintaqadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarini aniqlab berdi:

#1 – Koç University (Turkiya)

#2 – Middle East Technical University (Turkiya)

#3 – Sabancı University (Turkiya)

#4 – Nazarbayev University (Qozog‘iston)

O‘zbekistondan esa quyidagi universitetlar reytingga kiritildi:

#7 – Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanisation

#19 – Tashkent State Technical University

#43 – National University of Uzbekistan

#51–60 – Tashkent University of Information Technologies

Ta’kidlash lozimki, mazkur reytingga Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo besh davlat – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston universitetlari jalb etilgan.

Shuningdek, ushbu loyiha hozircha pilot formatda bo‘lib, kelgusida doimiy mintaqaviy reyting sifatida shakllantirilishi rejalashtirilmoqda. Reyting geografiyasi va unda ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasalari soni bosqichma-bosqich kengayishi kutilmoqda.