Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“TILIMIZ TURFA, MAQSAD YaGONA: SIFATLI TA’LIM – TARAQQIYoT TAYaNChI” Mavzusida horijiy professor va horijiy talabalar ishtirokidagi madaniy tadbir

Bugun, 5 oktabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida O‘zMUda faoliyat yuritayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetida Fransiya, Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi bir qator mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar foaliyat olib bormoqda,  o‘z bilim-ko‘nikmalari, tajribalarini o‘zbek hamkasblari va talabalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Bundan tashqari, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘onistonlik talabalar O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavr, magistratura mutaxassisligida hamda doktoranturada tahsil olmoqdalar.

Ushbu madaniy tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad, madaniyatlararo turfa xillikni shakllantirish, har bir mamlakat vakillari o‘z madaniyatlari to‘g‘risida so‘zlab berishlari, musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari orqali tashrif buyurganlarga mamlakatlarining urf-odatlari, milliy liboslar, an’analari bilan tanishtirish, shuning bilan birga O‘zbekiston tarixi, me’moriy obidalari haqida kengroq ma’lumotlarni berish, o‘zbek madaniyati va san’ati haqida so‘zlab berish, hamda horijlik professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni yaratishdan iborat.

Madaniy tadbir doirasida “Siz O‘zbekistonni bilasizmi” mavzusida viktorina-tanlovlar o‘tkazilib, tanlov g‘oliblari uchun O‘zMUning maxsus esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi