Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Times Higher Education (THE) bilan uchrashuv

Joriy yilning 20 iyun kuni O‘zMU Xalqaro aloqalar bo‘limi hodimlari va Times Higher Education (THE) mintaqaviy direktori Lachin Italmazova hamda THE xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv davomida THE hodimlari o‘z tizimida O‘zbekiston Milliy universitetining THE Student solutions profilini shakllantirish uchun kerakli ma'lumotlar ro‘yxati, taqdim etish shartlari hamda muddatlari bilan tanishtirib o‘tishdi.
Uchrashuvda mazkur ishlarni amalga oshirish uchun koordinator belgilab olindi.