Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«Times Higher Education»ning mintaqaviy direktori Lachin Italmazova O'zMUga tashrif buyurdi

Joriy yilning 28-may kuni Yevropa, yaqin Sharq va Osiyo boʼyicha "Times Higher Education"ning mintaqaviy direktori Lachin Italmazova O'zMUga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Times Higher Education Impact Reytingida qatnashgan O'zbekiston oliy ta`lim muassasalarining natijalari tahlil qilindi hamda Times Higher Education reyting agentligi bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish, universitetning xalqaro miqyosidagi mavqeini oshirish chora-tadbirlari borasida fikr yuritildi.

Lachin Italmazova oʼz navbatida universitetning xalqaro reyting koʼrsatkichilarini oshirishga qaratilgan asosiy indikatorlar haqida aytib o'tdi va universitetlar, tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy talabalarning sonini koʼpaytirish hamda THE platformasidagi universitet profilini yaxshilash bo`yicha oʼz fikrlarini bildirdi.

Xalqaro aloqalar bo'limi