Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Tinch elning bog‘i gullar

So‘ngi yillarda davlatimizda olib borilayotgn keng islohotlar, katta o‘zgarishlar zamirida shu muqaddas Vatanimizning buyuk va mustahkam kelajagini qurish va uni yanada mustahkamlashga qaratilgan. Yutimizda istoqomat qiladigan barcha fuqarolar va 130 dan ortiq millat va elat vakillari buni anglagan holda , bir yoqadan bosh chiqarib “O‘zbekiston umumiy uyimiz”, “Shu aziz Vatan barchamizniki”, “Vatan yagonadir – Vatan bittadir”, “Qudratimiz birlik va hamjihatlikda” g‘oyalari asosida ahil va inoq yashab kelmoqdalar. Tarixdan ma’lumki, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizni vatan etgan koreys, nemis, turk, polyak, grek, qrim-tatar va boshqa millat vakillari hozirgi kunga qadar ahil va inoq yashab kelmoqdalar, yurtimiz ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilmoqdalar.
Tarixdan ma’lumki, har bir xalqing tinch va osuda hayot tarzi ba’zi bir respublkamizda sodir bo‘layotgan keng islohatlar, tinch osuda hayot g‘araz niyatli ba’zi kimsalarga yoqmasligi hammaga ma’lum. Biroq, bunday niyatli insonlarning “nayrangiga” quloq solib tinch va guzal hayotimizni tahlikaga aylantirishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.
Kuni kecha Nukusda ruy bergan noxush voqealar har bir yurtdoshimizni chuqur qayg‘uga soldi. Ayrim yovuz niyatli kimsalar tomonidan uyushtirilgan namoyishlar yurtimizning tinchligini buzish, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari orasiga sovuqchilik tushirishga urinish ekanligi barchamizga ayon. Buni har bir ongli shaxs anglab turibdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavr va magistr ta’lim bosqichlarida 732 nafar qoraqalpoq talabalar tahsil olmoqdalar. Ular orasida o‘qishni muvaffaqiyat bilan tamomlab, universitet rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan talabalar ham bor. Xususan, shunday talabalardan biri universitet Xalqaro aloqalar bo‘limida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Ko‘p millatli respublikamizda amalga oshirilayotgan diniy bag‘rikenglik va birodarlik siyosati haqidagi yurtimizda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtirok etayotgan xorijiy ekspertlar, sayyohlar va xizmat safari bilan tashrif buyurayotgan barcha-barchadan iliq fikrlarni eshitish mumkin. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘slik va ahillikka oliy maqsad deb qarash, ushbu birodarlik aloqalari mamlakatimiz uchun ulkan xazina va uni asrab-avaylashimiz kerakligini bot-bot takrorlaydi.
Tarixdan ma’lumki, biror xalqning tinch va osuda hayot tarzi, rivojlanish yo‘lida amalga oshirilgan keng islohotlar g‘araz niyatli kimsalarga yoqmasligi tayin. Biroq, bunday niyatli insonlarning “nayrang”lariga uchib, tinch va go‘zal hayotimizni tahlikaga solish rivojlangan jamiyatda istiqomat qilayotgan komil shaxslarning hatti-harakatlariga muvofiq kelmaydi. Bugungi davr bo‘lib o‘tgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, tahlikali zamonda yurtdoshlarimizni xushyorlikka undash, atrofimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikni talab qiladi. Zero tinch va xotirjam o‘lkadagina yoshlar kelajakka mustahkam ishonch bilan qaraydi, olimlar yangi kashfiyotlarni amalga oshiradi, tinch elning bog‘i gullaydi.

Raima Shirinova
O‘zbekiston Milliy universiteti,
xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor