Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori O‘zMU talabalariga ma’ruza qildi

Bugun 25-aprel kuni O'zbek tili tarixi bo'yicha yetuk mutaxassislardan biri, taniqli tilshunos olim, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakultetiga tashrif buyurib, fakultet talabalari uchun ma'ruza o'tib berdilar. Ma'ruza mavzusi qadimgi bitiglar, xususan, qadimgi uyg'ur yozuvlari haqida bo'lib unda arab yozuvigacha bolgan davrdagi uyg'ur yozuvi xususiyatlari va ushbu yozuvda yozilgan manbalar haqida ma'lumotlar berildi. Talabalar O'zbek tili tarixi bo'yicha juda ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'ldilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, professor Qosimjon Sodiqov O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun foydali bo'lgan kitoblarni sovg'a qildilar.

Kelajakda ham Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Mumtoz filologiya kafedrasi va O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti o'rtasidagi o'zaro hamkorlik ishlari olib borilishiga kelishib olindi.

O‘zMU Axborot xizmati