Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Turkiyaning Marmara universiteti vakillari bilan uchrashuv

Bugun, 27 iyun kuni Oʼzbekiston Milliy universitetiga Turkiyaning Marmara universiteti prorektori Dr. Mustafa Çelen, xalqaro aloqalar va akademik almashinuvi boʼyicha bosh direktor Dr. Nuri Tinaz, universitet bosh kotibi Dr. Murat Arisal, professor va Dr. Hasan Korkut boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad ikki universitet orasida memorandum imzolash bo'lib, hamkorlmkni yoʼlga qoʼyish va hamkorlik doirasida akademik almashinuv, professor−oʼqituvchilar aloqalarini yaxshilash boʼyicha qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, Marmara universiteti prorektori Dr. Mustafa Çelen Erasmus boʼyicha xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Turkiya hukumatining Tubitak fondi hamda Yevro Ittifoq fondlariga loyihalar topshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Uchrashuv davomida Marmara universiteti bilan xamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi