Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Turkiyaning Qoradengiz texnika universiteti professori O'zMUga tashrif buyurdi

Bugun 2-iyun kuni Turkiyaning Qoradengiz texnika universiteti professori Idris Oren O‘zMUga tshrif buyurdi. Uchrashuvda Qoradengiz universiteti bilan hamkorlikda loyihalarni yanada ko‘paytirish xususida gap bordi. Xususan, professori Idris Oren Qoradengiz universiteti Erasmus+ dasturi doirasida faol ekanligi va universitet rahbariyati nomidan bu borada O‘zMU bilan hamkorlik qilishda istaklari bor ekanligini bildirdi. Uchrashuv yakunida anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Qoradengiz universiteti Turkiyaning ilmiy tekshirish institutlaridan biri bo‘lib, O‘zMU Matematika fakulteti professori akademik Xojayev Djavat Xojiyevich 17 yil mobaynida mazkur universitetda faoliyat yuritgan va uning rahbarligi ostida 6 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Idris Oren ham 2007-yil akademik Xojayev Djavat Xojiyevich ilmiy rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Xalqaro aloqalar bo'limi