Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Uchinchi Renessans- Ma’rifatli jamiyat sari 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti va  Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda 

“Uchinchi Renessans- Ma’rifatli jamiyat sari” mavzuida ziyolilar forumi doirasida yurtimizning taniqli olim va ziyolilari bilan ilmiy, ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Ilmiy, ijodiy uchrashuv oʻtkazilishdan maqsad Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida amalga oshiriladigan ishlarning mazmun-mohiyatidan yurtdoshlarimizni xabardor qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini yoshlar orasida keng targ'ib etishdan iborat.

Tadbirda O’zMU barcha fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari va tyutorlari ishtirok etdi. 

Ushbu uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimidan mas’ul - Miralisher Xasanov ochib berdi. Tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti "Milliy g'oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" kafedrasi mudiri, siyosatshunoslik fanlari doktori, dotsenti Bayriyeva Almagul, Andijon Pedagogika instituti rektori, tarix fanlari doktori, professor Rasulov Baxtiyorjon, Buxoro davlat universiteti Filologiya fanlari doktori, shoira Sharipova Laylo, Andijon mashinasozlik instituti prorektori Ermatov Akmaljon ishtirok etib, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi va globallashuv jarayonlari xususida fikr almashdilar.

O’zMu Axborot xizmati