Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida”

Respublika tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 13 dekabrdagi 77-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2021-yil 29-dekabrdagi №01-491-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi-pedagoglar va magistrantlar o‘rtasida “Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida” Respublika tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.  
Tanlovning universitet bosqichiga 6 ta nominatsiya bo‘yicha 30 dan ortiq amaliy loyiha va ilmiy ishlanmalar kelib tushgan.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.