UI GREENMETRIC JAHON UNIVERSITETLARI REYTINGINING VIII XALQARO (VIRTUAL) SEMINARI

Bugun, 2022-yil 28-sentabr kuni UI GREENMETRIC jahon universitetlari reytingi vakillari boshchiligida, “Pandemiyadan keyingi davrda barqaror universitetlar transformatsiyasi bo‘yicha kollektiv harakatlar” mavzusida virtual onlayn-seminari Xitoyning Milliy Pingtung fan va texnologiya universitetida tashkil etildi.
Seminarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, shuningdek universitetning Xalqaro reytingni rivojlantirish bo‘limi vakillari ishtirok etishdi. Reyting vakillaridan professor Chin Lung Chang - Pintung Milliy fan va texnologiya universiteti prezidenti; UI GreenMetric jahon universitetlari reytingi raisi professor Riri Fitri Sari ishtirok etdilar.

Onlayn seminar davomida, UI GREENMETRIC reytingida universitetlarni ishtirok etishdagi asosiy mezonlari masalasi muhokama qilindi, shuningdek, Jahonning yetakchi universitetlarining ko‘rsatkichilari ko‘rib chiqildi, hamda O‘zMUning reytinglardagi o‘rnini yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Professor Chang Syen Tai, NPUSTning reyting yuzasidan qilingan ishlarning taqdimotini namoyish qildi va unda BMT tomonidan qabul qilingan “Barqaror rivojlanish strategiyasi”ni universitetlar qanday joriy qilish yuzasidan o‘z universiteti misolida maslahatlar berib o‘tdi.
Ushbu seminar, 28-29-sentabr kunlari Xitoyning Milliy Pingtung fan va texnologiya universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Milliy universiteti UI Greenmetric (jahonning yashil universitetlar reytingi)da 2020-yilda 912 ta jahon universitetlari orasidan 353-o‘rinni egallagan.


Xalqaro aloqalar bo'limi