O’zMU talabasi Ulug‘bek Rashitov – Osiyo chempioni!

Bugun Janubiy Koreyada taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.
68kg vazn toifasida Ulug‘bek Rashitov finalda Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g‘alabaga erishib Osiyo chempioniga aylandi!


Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshladi va falastinlik Fahid Abdulrazoqni 2:0 hisobida taslim qildi. Chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Engbold Buyanshagai 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Yarim finalda Rashitov eronlik Bozorgishob Darialni taslim qildi - 2:0.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan g'olib bo'lgan talabamizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
OʻzMU Axborot xizmati