UNICAC loyihasi hamkorlari bilan uchrashuv

Bugun, 21 sentyabrь kuni Oʼzbekiston milliy universitetiga Erasmus+ dasturi doirasida UNICAC (“University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Centrai Asia and China”) loyihasi hamkorlari tashrif buyurdi. Uchrashuvda Italiya, Ispaniya, Finlyandiya va Tojikiston universitetlaridan 17 nafar vakillar kelishdi. Ular Ispaniyaning Sevilьya universiteti, Finlandiya Lauriya universiteti, Italiya Turin universiteti, Tojikiston davlat Xorog universitetlaridan. Mazkur tadbirda tomonlar loyiha doirasida olib borilgan ishlar, istiqbolda amalga oshiradigan rejalar xamda universitetni xalqarolashtirish masalalarida fikr almashdilar.
Shuningdek, tashrif davomida loyiha davomida bajarilgan ishlar va taklif-mulohaoʼalar muhokama etildi. Mazkur loyiha doirasida hamkor universitetlar kelajakda talabalar, professor-oʼqituvchilar hamda loyiha ishtirokchilari almashinuvini koʼpaytirish yuzasidan kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo'limi