Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

UNICAC doirasida hamkorlik

Bugun, 8 iyul kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Erasmus+ dasturi UNICAC (“University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China”) loyihasi doirasida Tojikistonning Savdo va Iqtisodiyot instituti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Saidqosim Muxtorov tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuvda xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Xikmatjon Saburov, Tarjima nazariyasi va qiyosiy til kafedrasi mudiri, UNICAC granti kordinatori Nilufar Azimovna hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi. Hamkorlar ikki universitet o‘rtasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish, universitetni xalqarolashtirishda tajriba almashish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro aloqalar bo'limi