Universitet Сaʻ Foskari
2024 yil 2-mart kuni, Venetsiyada joylashgan Universitet Сaʻ Foskari (UNIVE) oliygohi pedagoglari Linda Forte va Migena Xindholli Oʻzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Ayni damda ular Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universitetida italyan tilidan dars berib kellmoqdalar.
Ularning Oʻzbekiston Milliy universiteti va u yerda yaratilgan shart-sharoitlarga boʻlgan qiziqishi ularni universitet xalqaro aloqalar boʻlimiga chorladi. Xorijlik pedagoglar oʻzlarining tashriflaridan asosiy maqsad sifatida kelgusida rus tilida qiyosiy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda Oʻzbekiston Milliy universitetida mavjud rus tilini oʻrganishga yoʻnaltirilgan toʻgaraklar bilan tanishish ekanligini aytib oʻtishdi.
Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova ularga universitetda mavjuda himoya kengashlari hamda mustaqil tadqiqotchilarga qoʻyiladigan talabalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Uchrashuv soʻnggida tomonlar mazkur ilmiy tadqiqot ishlarini birgalikda amalga oshirish uchun universitetlararo oʻzaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olishdi.