Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Universitet Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi Universitet Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, jumladan, prorektorlar, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Universitet Kengashi majlisi davomida kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ilmiy unvonlarga taqdim etish masalasi doirasida universitet Kengash kotibi Qayum Baymirov professor, dotsent unvoni uchun talabgorlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’lim sohasiga doir O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari, vazirlik buyruq va xatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi yuzasidan Jismoniy va yurdik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Abdug‘affor Insopov axboroti tinglandi.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligi va ularning oliy malakali fiziklar tayyorlashda foydalanish imkoniyatlari xususida mazkur institut direktori Sharifa O‘tamurodova hamda universitet huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining ilmiy faoliyati tahlili bo‘yicha Komiljon Muqimov taqdimot qildi.

Komiljon Muqimov taqdimoti davomida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi xodimlarining ilmiy-pedagogik faoliyati, xalqaro aloqalar yo‘nalishida erishilgan yutuqlar, Markazdagi “Funksional nanomateriallar”,  “Nanotermoelektriklar” ”Kvant fotonikasi” va ”Murakkab tuzilmalar nanofizikasi”  laboratoriyalari xamda nanotexnologiyalar va materialshunoslik sohalarida noyob asbob uskunalardan jamoaviy foydalanish bo‘limi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Matematika fakultetida nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida o‘quv jarayonining tashkil etilish holati tahlili bo‘yicha fakultet dekani Obidjon Zikirov axboroti tinglandi.

Obidjon Zikirov Matematika fakulteti tarkibi, kafedralar bo‘yicha  professor-o‘qituvchilar tarkibi, fakultetdagi ilmiy maktablar faoliyati, bitiruvchilarni ishga joylashtirish samaradorligi, xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari va Fondlarining grantlar bo‘yicha erishilgan natijalar, 2023-2026-yillarda rivojlantiriladigan  ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Universitet Kengashi majlisi davomida ilmiy unvonlar uchun talabgorlarga ovoz berish natijalari bo‘yicha sanoq komissiyasi axboroti taqdim etildi. 

Kengash yakunida Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor Vali Yodgarov universitet huzuridagi S.X.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyiga moddiy yordam ajratish masalasi bo‘yicha, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashovning universitetga mustaqil izlanuvchilarning 2023-yil II choragi uchun qabuli natijalari haqidagi axborot va ma’lumotlari tinglandi.

O‘zMU Axborot xizmati