Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Universitet talaba-yoshlari ortasida sportning voleybol turi boyicha «Rektor kubogi» musobaqasiga start berildi

Bugun O`zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlari o`rtasida sportning voleybol turi bo`yicha "Rektor kubogi" musobaqasiga start berildi. Musobaqani universistet Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshligi Botir Mallabayev ochib, barcha fakultet terma jamoasiga omad tiladi. Shuningdek, mazkur sport musobaqalarini o'tkazishdan asosiy maqsad talaba yoshlar ortasida sportni keng targib qilish, ular o`rtasida sportni barcha turlarini ommalashtirishdan iborat, -deydi Botir Mallabayev.

Eslatib otamiz, sportning mini futol, kurash, shaxmat-shashka sport turlari boyicha ham musobaqa o`tkazish rejalashtirilgan. Mazkur musoboqalarda barcha fakultetlardan 1000 nafarga yaqin talaba-yoshlarni ishtiroki nazarda tutilgan.

O'zMU Axborot xizmati