Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

UNIVERSITET VА MАHALLA HАMKORLIGI

Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini M.Sobirjonov va Gidrometeorologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini J.Isoqovlar O'zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafiy mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida mahalla raisi R.Kutepetdinova, mahalla yoshlar yetakchisi N.Mirzayev hamrohligida mahallada istiqomat qiluvchi kam taminlagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

O`zMU Axborot xizmati