UNIVERSITET VA LITSEY HAMKORLIGIDA TANLOV O’TKAZILDI

Joriy yilning 23-aprel kuni O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq talimi" kaferdasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi hamkorligida litsey o'quvchilari o'rtasida "Men diniy ekstremizm va terrorizmga qarshiman" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda litsey o'quvchilaridan 18 nafari ishtirok etdi va 80 minut vaqt davomida mavzu yuzasidan insho yozishdi. Tanlov g'oliblari 29-aprelgacha aniqlanadi hamda g'oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan, faol ishtirok etganlar maqtov yorliq va kitoblar bilan taqdirlanadilar.
Ma
'lumot o'rnida, O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi" va TTA akademik litseyi "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kaferdasi o'rtasida 2022-yil 5-fevral kuni 2022-2024 yillarga mo'ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.


OʻzMU Axborot xizmati