Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

UNIVERSITET VA MAKTAB HAMKORLIGI

Oʻzbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida Toshkent shahar Olmazor tumanidan universitetga biriktirilgan maktablarning bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkazildi.
Mazkur tadbirga Olmazor tumanidagi 29, 185, 233, 298, 278-maktablarning 150 nafarga yaqin bitiruvchi sinf oʻquvchilari tashrif buyurdi.


Oʻquvchilarga fakultet professor-oʻqituvchilari tomonidan kimyoviy tajribalar namoyish etilib, oʻquv va ilmiy laboratoriya xonalaridagi mavjud asbob-uskunalar tanishtirildi. Bitiruvchi sinf oʻquvchilari qiziqarli tajribalar oʻtkazishda ishtirok etdilar. Maktab oʻquvchilariga fakultet professor-o'qituvchilari universitetdagi fakultetlar, mavjud taʼlim yoʻnalishlari hamda oʻquv-ilmiy jarayonning tashkil qilinishi toʻgʻrisida maʼlumot berdilar. Oʻquvchilarning universitet tarixi hamda qabul jarayoni bilan bog'liq barcha savollariga javob berildi.