Universitetga xorijiy professorlarni jalb qilish

Bugun Fransiyaning Fransua Rable nomidagi Tours univeristeti professori Baptiste Ducey va O'zbekiston Milliy universiteti prorektori o'rtasida masofaviy muloqot bo'lib o'tdi. Muloqotda Tours univeristeti professorining O'zbekistonga tashrifi, kelajakda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan reja va loyihalar muhokama qilindi. Baptiste Ducey Tours univeristetida masofaviy ta'limda axborot texnologiyalardan samarali foydalanishga oid yirik loyiha muallifi bo'lib, ta'lim platformalarida ishlash bo'yicha katta tajribaga ega. Uning bugungi kunda amalga oshirayotgan loyihalari O'zbekiston uchun ham muhim masalalardan biri ekanligi inobatga olinib, kelajakda hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo'limi