Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ustuvor gravitatsion linzalangan sistemalarda kechikish vaqtlarini va gravitatsion linzalanish mexanizmlarini aniqlash

Loyiha mavzusi: Ustuvor gravitatsion linzalangan sisitemalarda kechikish vaqtlarini va gravitatsion linzalash mexanizmlarini aniqlash.
Ilmiy rahbari: Axunov Tal’at Axmatovich
Bajarilish muddati: 01.04.2022-31.03.2027
Loyiha shifri: FZ-20200929344
Loyiha turi: Fundamental

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Loyihani amalga oshirish davomida: tanlangan gravitaion linzalangan sistema (GLS)larning uzoq muddatli fotometrik kuzatuv qatorlari olinadi va bu bilan o‘rganilayotgan ob’ektlar bo‘yicha kuzatuv ma’lumotlari bazasi boyitiladi; har bir GLC tasvirlari uchun fotometrik qayta ishlash usullarini tahlil qilish amalga oshiriladi; o‘rganilayotgan GLS lardagi linzalangan komponentlarining fotometrik tahlili olib boriladi; olingan ravshanlik egri chiziqlari tahlil etiladi va interpretatsiyalanadi, ulardan manba-kvazarning o‘zgaruvchanligi va ularning linzalangan tasvirlaridagi mikrolinzalanish hodisasi haqida ma’lumotga ega bo‘lami; GLS larning karrali tasvirlari orasidagi kechikish vaqtini o‘lchash usullari tahlil qilinadi va bu parametr hali ma’lum bo‘lmagan ob’ektlarda o‘lchanadi; linzalovchi galaktikalarning modellarini ishlab chiqamiz va kattaliklarini aniqlaymiz; Time Delay Integration rejimidagi raqamli tasvirlarni qayta ishlash hamda astrometrik kalibrovkalash usullari va algoritmlari ishlab chiqiladi, o‘lchashlarning aniqligiga ta’sir etuvchi omillari va ularning ta’siri kattaligi aniqlanadi; ILMT kuzatuvlari asosida yangi nurlanish manbalarning tahlili, sinflashtirilishi va interpretatsiyasi o‘tkaziladi.
Bu loyihada asosiy e’tibor gravitatsion linzalangan sistemalarni va ular bilan bog‘liq kechikish vaqti hamda mikrolinzalanish effektlarning tadqiqotlari bugungi kunda katta ahamiyatga ega, chunki ular nafaqat o‘zlari qiziq masaladir, balki bir qator astrofizik va kosmologik muammolarni hal qilishda ham yordam beradi.
Hisobot davrida qo‘lga kiritilgan muhim natijalar:
Tanlangan gravitatsimon linzalangan kvazarlarning kuzatuvlari olib borilgan va raqamli tasvirlari hosil qilindi; SDSSJ2124+1632, SDSSJ0806+2006 va GRALJ024848.7+191331 nomli gravitatsion linzalangan kvazarlarning kuzatuv ma’lumotlari fotometrik tahlil qilindi va ravshanlik egri chiziqlari hosil qilindi; kompak astrofizik ob’ektlar atrofidagi gravitatsion linzalanish hususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Zaryadlangan zarra qora o‘ra atrofidagi Kerr-Nyumann fazosida xarakatlanishi natijasida hosil bo‘ladigan soyaning chegaralari aniqlandi. Qonuniyatlarga ko‘ra aylanish parametri, plazma va zarrachaning zaryadi kattalashishi bilan soyaning o‘lchami kamayishi hamda og‘ish parametri o‘zgarishi bilan uning markazi siljishi aniqlandi.