O’zbek-Qozon qo’shma ta’lim dasturi
O’zbek-Qozon qo’shma ta’lim dasturi fakulteti 2018-2019 o’quvyilidaTOP UNIVERSITIES tasnifiga ko‘ra nufuzli 500 ta oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Qozon Federal Universiteti (QFU) va O‘zbekiston Milliy Universiteti (O‘zMU) hamkorligidagi qo‘shma dasturida sifatida tashkil etilgan!
BIZNING VAZIFAMIZ
O`zbekistondagi ilmiy tadqiqot, ishlab chiqarish va oliy ta`lim muassasalari uchun geodeziya va geoinformatika, psihologiya sohalari bo`yicha yuqori malakali bakalavrlarni tayyorlash.
BIZNING QARASHIMIZ
Tabiiy resurslar jamiyat va inson hayotida markaziy o`rinlardan birini egallaydi, chunki tabiat va jamiyat munosabatlari bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Jamiyatning barqaror rivojlanishi ko`p jihatdan geoekologik muammolar bartaraf etish nuqtai nazaridan tabiiy geografik jarayonlarni boshqarishning ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqish bilan hamohangdir.
Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi prinsiplarini: determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojalanish printsipi.Determinizm printsipiga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgarishini boshqarishning ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqish bilan hamohangdir.
O’ZBEK-QOZON QO’SHMA TA’LIM DASTURI FAKULTETI-BU KLASSIK UNIVERSITET TA`LIMINING AJRALMAS QISMI
Oliy ma`lumotli geodeziya va geoinformatika, psihologiya mutaxassislarini tayyorlash 2018 yildan boshlangan bo`lsada fakultet tashkil topgan dastlabki kunlardan boshlab o`lkamizning tabiati, aholisi va xo`jaligini geografik o`rganish va psihologlarimiz psixik hodisalarning mohiyatini tushunishni, ularni boshqarishni, olingan bilimlardan amaliyotning turli sohalari samaradorligini oshirish uchun foydalanish, psihologik xizmat amaliyotining nazariy asosi bulish masalalarini o’rganish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Professor-o`qituvchilar – 30 nafar, shu jumladan:
5 – fan doktori
12- fan nomzodi
2 – PhD
Ilmiy salohiyat– 63 %
Ta`lim dasturlari:
Bakalavriat – 2
Talabalar kontingenti
Bakalavriat – 218
Fakultetda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
5313400-Geodeziya va geoinformatika
5210200-Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)
“Geodeziya va geoinformatika” yo’nalishini tugatgan talabalar quyidagi sohalarda ishlashlari mumkin:
✅ Yer kadastri, yer tuzish
✅ Ko’chmas mulkni hisobga olish
✅ Muhandislik kommunikasiyalari
✅ IIB va FVV
✅ Telekommunikasiyalar
✅ Neft va gaz
✅ Ekologiya
✅ Davlat chegara xizmati
✅ Transport
✅ O’rmon xo’jaligi
✅ Suv resurslari
✅ Masofadan zondlash
✅ Yer osti boyliklaridan foydalanish
✅ Geodeziya, kartografiya, geografiya
✅ Biznes
✅ Savdo va xizmatlar
✅ Qishloq xo’jaligi
✅ Ta’lim
“Psixologiya” yo’nalishini tugatgan talabalar quyidagi sohalarda ishlashlari mumkin:
✅Ta‘lim sohasida: o‘quv va maktabgacha ta‘lim muassasalari.
✅Sog’liqni saqlash sohasida: ruhiy shifohonalar va reabilitastiya markazlari.
✅Harbiy sohada: harbiy ruhshunos - sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun yangi va noyob kasb.
✅Huquqshunoslik: huquqiy psihologlar qamoqhonalar, yuridik tashkilotlar va davlat idoralarida ishlaydilar.
✅Sport: ushbu ihtisoslik bitiruvchilari sport-sog’lomlashtirish markazlarida, klublarda, oliy va o‘rta-maxsus bilim yurtlarida ishlashlari mumkin.
✅ Fan sohasi: oliy o‘quv yurtlari va boshqalar.
✅Biznes: aksariyat hollarda mazkur mutahassislar nufuzli tashkilotlardan ish topadilar.
✅ Tajribali va tashabbusli ruhshunoslar o‘z bizneslarini ochadilar. Ular yakka, oilaviy yoki jamoaviy
shaklda maslahat va yo‘riqnomalar berish faoliyati bilan shug’ullanadilar.
ILMIY VA O`QUV LABORATORIYALARI
1. Oliy geodeziya o`quv-ilmiy laboratoriyasi
2. Fotogrammetriya va Erni masofadan tadqiq etish o`quv-ilmiy laboratoriyasi
3. Gidravlika o`quv-ilmiy laboratoriyasi
4. “Globus” o`quv-metodika laboratoriyasi
“Chorvoq” amaliy va tajriba-eksperiment ishlari o`quv-dala kompleksi Chorvoq shaharchasida joylashgan. Bazaning maydoni 3,2 gektar bo`lib, 400 o`ringa mo`ljallangan 5 ta binodan iborat. O`quv-dala kompleksida tabiiy geografik, gidrologik, glyatsiologik, meteorologik, geodezik, kartografik, geomorfologik, tabiiy va texnogen xavfli jarayonlarni o`rganish, kuzatish, o`lchash va monitoringini olib borish imkoniyatlari mavjud.
Bazaning ekologik toza rayonda joylashganligi tabiat qo`ynida turli madaniy-ommaviy tadbirlar o`tkazish, universitet xodimlari va talabalarning salomatigini mustahkamlash imkonini beradi Talabalar birinchi, ikkinchi kurslardan keyin va uchinchi to`rtinchi kursda quyidagi fanlardan amaliyot o`tadilar: o O’quvamaliyoti: (Практика по получению первичных профессональных умений и навыков, в том числе первичных умений и навыков научно-исследовательской деятельности 1-2 kurs)o Ishlabchiqarishamaliyoti: (Практика по получению профессиональных умений и опыта профессиональной деятельности, научно-исследовательская работа 3 kurs)o Diplom oldi amaliyoti: (Geodeziya va geoinformatika 4 kurs)
Talabalar hayoti faqatgina dars mashg`ulotlari emas
Bizning talabalar darsdan bo`sh vaqtlarida turli sport va madaniy-ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Jumladan, voleybol, shaxmat bo`yicha respublika universiadalarida, olimpiadalarida doimo sovrinli o`rinlarni egallaydilar.