Me’yoriy hujjatlar

Me’yoriy hujjatlar

2021/2022 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHNING DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 22-iyunidan 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;
Samarqand viloyati Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ta’lim tizimida kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish maqsadida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan mazkur tuman uchun qo‘shimcha 100 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;
- abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
- abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi

2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga — 113 530 nafar etib 1-ilovaga muvofiq;
sirtqi ta’lim shakliga — 37 675 nafar etib 1a-ilovaga muvofiq;
kechki ta’lim shakliga — 6 550 nafar etib 1b-ilovaga muvofiq;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 12 900 nafar etib 2-ilovaga muvofiq;
v) filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 500 nafar etib 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2021/2022 o‘quv yili qabulida:
- davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi;
- magistratura (klinik ordinaturaga) o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
- magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
- abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaõassislik magistratura