"El-yurt umidi"

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi stipendianti Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi mudiri, g.f.n., dots. Mirakmalov Mirali Turonboevichning 2019 yil 1 oktyabrdan 31 oktyabrgacha M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya va lanshaftshunoslik kafedrasi negizida malaka oshirishganligi haqida maʼlumot.

 M.T.Mirakmalov M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Geografiya fakulteti Tabiiy geografiya va lanshaftshunoslik kafedrasiga 2019 yil 1 oktyabrda yetib keldi va kafedraning 1 oktyabr kuni majlisida tinglovchining malaka oshirish dasturi va shaxsiy ish reja tasdiqlandi.Tasdiqlangan dasturga muvofiq, malaka oshirishning birinchi haftasida kafedraning oʼquv, oʼquv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan edi. Mazkur ishlar bilan kafedraning oʼquv ishlari boʼyicha masʼuli prof.À.V.Xoroshev, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan esa kafedraning yetakchi ilmiy xodimi V.À.Nizovtsev tanishtirdi. Kafedrada oʼquv jarayonining tashkil etilishi, oʼquv fanlari va ularning metodik taʼminlanganligi bilan tanishdi. 

M.T.Mirakmalov kafedraning yetakchi professor-oʼqituvchilari – akad.K.N.Düyakonov, prof. À.V.Xoroshev, I.V.Mironenko, dots. I.À.Àvessalomova, prof. À.Yu.Reteyum, dots. À.N.Ivanov,dots. V.À.Nizovtsev va boshqalarning, shu bilan birga boshqa kafedralar – landshaftlar geokimyosi va geofizikasi kafedrasi mudiri akad.N.S.Kasimov va jahon tabiiy geografiyasi va geoekologiya kafedrasi mudiri dots.N.N.Àlekseevaning darslarini kuzatdi.

Malaka oshirish dasturining ikkinchi haftasida MDU tabiiy geografiya va landshaftshunoslik kafedrasida oʼquv-dala amaliyotlarining tashkil qilinishi, oʼtkazilishi va amaliyot hisobotlarining qabul qilinishi bilan bogʼliq ishlar bilan tanishdi. Ushbu ishlar bilan amaliyot rahbarlaridan biri, kafedraning oʼquv-dala amaliyotlariga masʼul I.V.Mironenko tanishtirdi. 

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari, jumladan, mablagʼ bilan taʼminlangan mavzular yuzasidan kafedraning ilmiy ishlari boʼyicha masʼul, yetakchi ilmiy xodimi V.À.Nizovtsev tanshtirdi.

Kafedrada laboratoriya mavjud boʼlib, undagi asosb-uskunalar va jihozlar, ularning ishlash printsipi, laboratoriyadan oʼquv jarayonida foydalanish bilan kafedra professori V.V.Sisuev va muhandis B.P.Shevchenko tanishtirdi. 

Bulardan tashqari, kafedra majlislarida ishtirok etdi, binobarin, 2019 yil 15 oktyabrdagi majlisida ishtirok etib, malaka oshirishdan koʼzda tutilgan maqsad, vazifalar, malaka oshirish rejasi va olib borilayotgan ishlar, shuningdek, Milliy universitet, fakultet va kafedra haqida qisqacha maʼlumotnoma berildi. Shuningdek, kafedraning 2019 yil 8 oktyabrida oʼtkazilgan “Landshaft planlashtirish” va 15 oktyabrda oʼtkazilgan “Landshaft” ilmiy seminarida ishtirok etdi, hamda unda muhokama etilgan mavzular muhokamalarida qatnashdi.

Umuman olganda, malaka oshirish rejaga muvofiq, dastur asosida tashkil etildi va oʼtkazildi. Malaka oshirish davomida bajarilgan ishlar OʼzMUda oʼquv jarayonini takomillashtirish, MDU tabiiy geografiya va landshaftshunoslik hamda OʼzMU tabiiy geografiya kafedralarining oʼquv, oʼquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, malaka oshirish davomida rejalashtirilgan ishlar toʼliq bajarildi va oldinga qoʼyilgan maqsadga erishildi.

         

OʼzMU Xorijiy filologiya fakulüteti Ingliz filologiyasi kafedrasi

 “El-yurt umidi” jamgʼarmasi stipendiantlari

Yusupova Shoira Batirovna, Àgzamova Dildora Baxadirjanovna, Sabirova N.K. ning 

30.07.2019-28.08.2019 yil malaka oshirganligi

HISOBOTI

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʼyicha “El-yurt umidi” jamgʼarmasi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 2018 yil 25 sentyabrdagi 5545-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan xolda, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi tomonidan chet elda malaka oshirish, stajirovka oʼtash va magistratura va PhD dasturlari asosida taʼlim olishga yuborish boʼyicha oʼtkazilgan tanlovda qatnashib, 2019 yil 7 maydagi 9-son bayoni qaroriga muvofiq gʼolib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlanildi.

Shu munosabat bilan, Xorijda tegishli taʼlim dasturi boʼyicha tahsil olish uchun Buyuk Britaniyaning Norvich til oʼqitish institutida malaka oshirishga 2019 yil 30 iyuldan -28 avgustgacha 120 soatlik kursda tahsil olindi. Oʼqish davomida institutning yetakchi professorlari R. Bolizo, J. Hammer, D.Alan, M.Heron, M. Clark, T.Prinss, S.Smith, J. McMachonlar tomonidan tashkil qilingan oʼquv darslarida faol qatnashildi. Bu kurslar davomida Language Development, Content Based Teaching, English for Academic purpose, Teacher trainers, Teaching and Testing, Academic writing, Critical thinking, Principles of assessment mavzusida oʼqitildi. Misol uchun “Teaching of teachers” mavzusidagi darsida professor R.Bolizo “Androgogy vs pedagogy” yaʼni oʼsmirlar va bolalarni oʼqitish usullari ulardagi farqlar haqida tushuntirdi, 
T.Prinss “EAP” darsida Blum taksanomiyasi bilan sarlavhalar orqali talabalarga matn mazmuni tushuntirilishi oʼrgatildi. Bir qancha materiallar bilan mashqlar bajarildi.

M. Xeron talabalarning “Language Development” yaʼni lugʼat boyligini oshirish yoʼllari xaqida dars oʼtdi. Video va tarqatma materiallar orqali mavzu tushuntirildi. Har bir oʼqitilgan innovatsion metodlar sinchikovlik bilan oʼrganildi, mavzu boʼyicha qiziqtirgan savollar berildi va albatta oʼz fikrlar ham bildirildi. Qiziqarli mavzularda suhbatlar boʼldi, har bir tashkil etilgan seminar treninglarda faol ishtirok etildi. Institutning kutubxonasidan kerakli mavzudagi kitoblardan unumli foydalanildi. Institut professor oʼqituvchilari tomonidan 27 avgust kuni taqdirlash marosimi tashkil etildi va institutning tashkilotchisi professor R.Bolizo boshchiligida sertifikatlar berildi.

Har xafta soʼngida Àngliyaning diqqatga sazovar joylari, muzeylariga va mashhur shaharlari London, Sharingxem, Yaramus, Kembrij, Xromolarga ekskurtsiyalarga borildi.

  




Xorijda malaka oshirish stajirovka va hizmat safarlari
Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura