"Markaziy Osiyo olami"

"Markaziy Osiyo olami" Xalqora gumanitar jurnali

Volume-2, Issue-1, February-2020  

Volume-1, Issue-2, November-2019

Volume-1, Issue-1, September-2019

Jurnal o‘zbek davriy ilmiy jurnali bo‘lib, mazkur jurnal tashkilotchilari O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim Vazirligi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univesrtiteti hisoblanadi. Jurnal O‘rta Osiyo hududidagi bir nechta ilmiy-ta‘lim markazlarining filologik fanlarini qamrab oluvchi yagona ilmiy-axborot jurnalidir.

Bizning jurnal:

10.00.00 (filologiya fanlari), shuningdek adabiyotshunoslik, fol`kloristika va tilshunoslik, xususan til tadqiqotiga doir dolzarb muammolarga va O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki ijodi va adabiyotiga bag‘ishlangan  asl materiallar va maqolalarni chop etadi;

Jurnal hamdo‘stlik mamlakatlari va xorijiy kitobxonlarni o‘zbek filologlarining asosiy tadqiqotlari bilan tanishtiradi;

Jurnal bir yilda 4 marta chop etiladi.

Mazkur «The World of Central Asia» jurnali BD Scopus bazasiga, xususan Web of Sciencening markaziy ilmiy nashrlaridan biri hisoblanib, Web of Science platformasidagi Russian Science Citation Index (RSCI) da ro‘yxatga olingan.

Jurnal tahririyatiga kelib tushgan barcha maqolalarga ikki marta taqriz beriladi. Shundan so‘ng maqolalar navbati bilan chop etiladi. Nashr uchun mualliflar tomonidan pul to‘lanadi.

Qo‘lyozma uchun muallifdan to‘lov talab qilinmaydi.

Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Jurnalda Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ning ilmiy darajalari, fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasini va ilmiy unvon olish uchun yoziladigan dissertatsiyalarning natijalari e‘lon qilib boriladi.

Mazkur jurnalda ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, maqolalar, fan va texnikaga oid yangiliklar, universitet va boshqa ta‘lim muassalaridagi yangiliklar, turli anjumanlar hamda uchrashuvlar, ilmiy yangiliklar berib boriladi. Maqolalarda ilm-fandagi dolzarb masalalar, shuningdek, bugungi kunda yechimini topishi lozim bo‘lgan muhim muammolar yoritiladi.

JURNALDAGI MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

«The World of Central Asia» ilmiy jurnalidagi maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar xalqaro standartlarga, shuningdek yaqinda PhD tizimi tadqiqotlariga qo‘yilgan talablarga mos keladi.

1.       Mualliflar (yoki mualliflar guruhi) tomonidan «The World of Central Asia» jurnaliga taqdim etilgan maqolalar mavzuga mos kelishi kerak;

2.       Maqola quyida ko‘rsatilgan xalqaro standart talablariga javob berishi kerak:

Maqola mavzusi (Title)

Maqola mavzusi imkon qadar qisqa bo‘lib, unda maqola yo‘nalishi aniq berilishi lozim. Mavzu o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.

Muallif haqida ma‘lumot  (Author information)

Mazkur bo‘limda muallifning familiyasi va ismi, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili hamda telefon raqamlari beriladi.

-Maqola annotatsiyasi  (Abstract)

 Maqolaning qisqacha annotatsiyasi 10-12 qatordan oshmasligi va o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida bo‘lishi kerak. Annotatsiyada tadqiqot muammosi, dolzarbligi, muammo yechimidagi metodologiya, tadqiqot natijalari hamda muallifning maqola mohiyatiga doir ilmiy va amaliy hissasi to‘g‘risidagi qisqacha rezyume. 

-Tayanch so‘zlar (Key words)

Tayanch so‘zlar – maqolaning mazmuni va maqsadini ochib beruvchi so‘zlardir. Maqolalarni tezkor qidiruv tizimi - scholar.google.com yoki google.com ning tavsiyasiga ko‘ra, matnda kalit so‘zlarni 6 dan 8 martagacha takrorlak mumkin.

- Kirish (Introduction)

Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsadi va vazifalari yoritilgan. Mazkur bo‘limda tadqiqot mavzusi tanlovi, uning dolzarbligi hamda ilmiy yangiligi keltirilgan. (bunda Prezident nutqlari va asarlari inobatga olinishi ko‘zda tutiladi)

-Tadqiqot mavzusiga doir adabiyotlar sharhi (Literature review)

Tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi – tadqiq etilayotgan mavzu yuzasidan muallifning ilmiy salohiyatining nechog‘li darajada ekanligini ko‘rsatuvchi bo‘lim hisoblanadi. Ilmiy adabiyot tafakkurni boyitishga xizmat qiladi. Adabiyotlar manbasidan foydalana olish sohaga doir bilimlarni kengaytirishi bilan bir qatorda tadqiqi etilayotgan mavzu muammolarini ochishda qo‘l keladi. Adabiyotlar asosan jurnallarda chop etilgan maqolalar va boshqa manbalardan iborat bo‘ladi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar asosida scholar.google.com yoki google.com platformalaridan, internet sahifalaridan olish mumkin).

- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning muhim bo‘limi hisoblanadi, bunda tadqiqotning umumiy maqsadi yoritilib, tadqiqot natijasiga olib boradigan yo‘l aynan shu bo‘limda yoritiladi. Tadqiqot metodologiyasi orqali ilmiy izlanishga falsafiy qarashlarni va yo‘nalishni shakllantiradi (deduktiv yoki induktiv), ma‘lum reja asosida tadqiqot tuzilishi, muammo yechimi tomon asosiy yo‘nalish ko‘rsatuvchi qismidir; tadqiqot strategiyasini belgilash asnosida muammolar yechimini belgilaydi (kuzatish, eksperiment, tematik izlanish, so‘rovnoma, etnografiya, arxiv tadqiqot va boshqalardan foydalaniladi).

Metodologiyaning mukammalligi tadqiqot uchun tanlangan yo‘lning aniqligi va ishonchliligini ta‘minlaydi.

- Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Tadqiqotning tahliliy qismida mavjud bo‘lgan metodlar, (jumladan matematik modellardan va b.) dan foydalanilgan holda tahlil metodi asoida natijalar umumlashtiriladi. Erishilgan natijalar muhokamasi maqolaning keyingi bo‘limi vazifasi hisosblanadi.

Xulosalar/ Tavsiyalar (Conclusion/Recommendations)

Tadqiqot maqsadi va vaziflalarini tushunish va tadqiqot oldiga qo‘yga muammolar yechimini topish, umumiy xulosalar va tadiqot jarayoni, shuningdek, ilmiy ish bo‘yicha takliflar va ko‘rsatmalar taqdim etladigan maqolaning asosini tashkil etishi lozim.

- Adabiyotlar ro‘yxati

Mazkur bo‘limda tadqiqotda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati [1], [2] yoki [3] tarzida keltirilib, mualliflar ism, familiyasi, kitoblar nomlari, nashriyotlar manzili, yili, betlari keltirilishi kerak

3. Maqola shrifti - Times New Roman, 12 o‘lchovdagi kirill yoki lotin alifbosida bo‘lishi, qatorlar oralig‘i esa 1,5 intervalni tashkil qilishi ko‘zda tutiladi. O‘ng, chap,yuqori va pastdan 2 sm qoldirilishi kerak. Maqolaning hajmi 15 betdan oshmasligi, 10 betdan kam bo‘lmasligi, maqolada 10-15 manba keltirilishi lozim.

4. Maqolada jadvallar, suratlar keltirilishi mumkin. Jadval nomi yuqorida yozilishi, chizma yoki rasmlar nomi va ularning manbalari pastda berilishi kerak bo‘ladi. Jadvallar, rasmlar, chizmalarning bo‘lishi maqola sifatini oshirishga xizmat qiladi.

5. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

6. Maqola matnidagi gaplarda o‘zbek tilidagi o‘, g‘, h, q harflari  berilishi kerak. Aks holda maqolaga tahririyat tomonidan taqriz berilmaydi.

7. Taqdim etilgan maqolalarning barchasi  «Antiplagiate» tizimida tekshiriladi.

Jurnal tahririyati manzili: Toshkent shahar, 700174,  Talabalar shaharchasi -174, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, asosiy bino, 11-qavat, 120-xona.

Jurnalning elektron pochta manzili: uzmu.xabarlari@gmail.com

Telegramm kanali: https://t.me/uzmuxabarlari

 Telefon raqami: +998903232011, +998901112887

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
15275 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
91 Mutaőassislik magistratura