O‘zbekiston Milliy universiteti - 100 yil

Vatanimiz milliy mustaqilligi davrida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida asrlarga tatigulik islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati bilan hamkorligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, tibbiyot, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarimizni jahon e’tirof etmoqda. Ayniqsa, yurtimiz buguni va kelajagining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumki, universitetimiz nafaqat respublikamizda, balki mintaqamizda ilk tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet olimlari va o‘qituvchilari jamoasining ilm-fan, ta’lim, ma’rifat sohasidagi, ilmiy tadqiqot, ta’lim tizimini shakllantirishdagi alohida o‘rni va xalqaro nufuzini e’tiborga olib, 2000 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mazkur ilm maskaniga “Milliy universitet” maqomi berildi.

Bugungi kunda mazkur oliy dargohda 12 fakulütet mavjud bo‘lib, 45 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 100 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanib, yo‘nalishlar uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqishda hamda respublika oliy o‘quv yurtlariga tatbiq qilishda doimo tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va fanning ustuvor sohalari belgilab olingan. Jumladan, keyingi yillarda universitetimizda “San’atshunoslik”, “Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya”, “Politologiya”, “Ekologiya va tabiatdan foydalanish”, “Nutq madaniyati va notiqlik”, “Ijtimoiy ish” kabi yangi yo‘nalishlar ochildi.

Istiqlol yillarida universitetimizni turli sohalar bo‘yicha 40 mingdan ortiq mutaxassislar tamomlab, mamlakatimizning ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarini kadrlar bilan ta’minlash ishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Hozirgi paytda universitet qoshida 91 kafedra, Oliy pedagogika instituti, Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti, Oliy jurnalistika kursi va 3 ta akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitetda optimallashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 2004 yilda 129 ta kafedra faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunda optimallashtirish natijasida 91 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 1180 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib,           ularning 21 nafari akademik, 200 nafarga yaqini fan doktori-professorlar, 550 nafarga yaqini fan nomzodi-dotsentlar, 400 nafardan ortig‘i katta o‘qituvchi hamda o‘qituvchi-assistentlardan iborat. Bu ilmiy jamoaning butun salohiyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Universitetda so‘nggi besh yil davomida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 56 foizdan 63 foizga oshdi. Professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 56 yoshdan 51 yoshga tushirildi. Kafedra mudirlarining o‘rtacha yoshi 60 yoshdan 54 yoshga tushirildi.

Hozirgi kunda universitetda jami 10000 dan ortiq talabalar va magistrlar ta’lim olmoqda. “O‘zbekiston Milliy universiteti” va “Jurnalist” o‘quv gazetalari, “O‘zMU xabarlari” ilmiy jurnali nashr qilinadi. Internet tizimida www.nuu.uz web sayti, nashriyot, bosmaxona, Axborot xizmati, “Jurnalistika masalalari” teleradiostudiyasi va fotostudiya faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitetda xalqaro talablarga mos fundamental tadqiqotlar olib borish, xorijiy mamlakatlardagi nufuzli fan va ta’lim markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘tgan yillar davomida Yaponiya, Avstriya, Gretsiya, Xitoy, Polüsha, Janubiy Koreya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Turkiya, Isroil, Angliya, Malayziya, Shvetsiya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston kabi mamlakatlardagi ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Universitetdagi kafedralar qoshida faoliyat yuritayotgan 18 ta ilmiy laboratoriyada keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Natijada har yili 1500ga yaqin ilmiy maqola (shundan 500 dan ziyodi xorijda), 50 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 200 dan ortiq qo‘llanma va ilmiy-uslubiy ishlar, xalqaro anjumanlar materiallari, to‘plamlar chop etilmoqda.

1995-2010 yillar davomida xalqaro grantlar doirasida 100 ga yaqin professor-o‘qituvchilar xorijdagi nufuzli ilmiy markazlar va universitetlarda malaka oshirib qaytdilar.

O‘zR FAning Polimerlar kimyosi va fizika instituti bilan ishlab chiqarish korxonalarida “Navoiyazot” OAJ, Farg‘ona neftni qayta ishlash  zavodi, “Farg‘onaazot” va Jizzax plastmassa zavodi va boshqa bir qator korxonalar bilan atsetilen va uning hosilalari asosida sintezlar, Fan va texnalogiyalarning rivojlantirish muvofiqlashtirish qo‘mitasining grantlari bo‘yicha ish olib borilmoqda. Ushbu grantlar bo‘yicha olingan natijalar O‘zMU o‘quv jarayonida tatbiq  qilinmoqda hamda Geologiya va mineral resurslar kommiteti  ekspeditsiya va institutlarga (MXI instituti tomonidan olib borilayotgan ishlarda) va O‘zFA Geologiya va geofizika institutida qo‘llanib kelinmoqda.

Universitetda tahsil olgan ziyolilardan Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni sohibidir. Shuningdek, ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. Iqtidorli talaba qizlarimizdan 36 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindoridir. O‘tgan davr mobaynida iste’dodli talabalardan 19 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 22 nafari Alisher Navoiy, 19 nafari Mirzo Ulug‘bek, 2 nafari Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan. Bundan tashqari, 2009 yili Vengriyada o‘tkazilgan XVI Xalqaro fan olimpiadasida matematika bo‘yicha qatnashgan Mexanika-matematika fakulüteti talabasi Turdiev Rustam faxrli  2-o‘rinni egalladi.

So‘nggi yillar davomida universitetimizda tahsil olayotgan aspirant va doktorantlar Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya, Xitoy, Gollandiya, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya va Yaponiya kabi davlatlarda malaka oshirib qaytdilar. 100 dan ortiq nomzodlik, 60 dan ortiq doktorlik ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Yurtboshimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari asosida universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimli ravishda olib boriladi. Asarning mohiyatini, mazmunini talabalar ongiga singdirish maqsadida rejali ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi, maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Ta’lim va tarbiyani uyg‘unlashtirishga, ayniqsa, alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ijobiy samara bermoqda.

Universitetda zamonaviy jihozlangan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, 13 fakulütet va 8 ta Talabalar turar joylarida ma’naviyat va ma’rifat xonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi va fakulütetlar, jamoat tashkilotlari va kafedralarda yillik rejalar asosida har o‘quv yilida turli yo‘nalishlarda 600 dan ortiq tadbir o‘tkaziladi.

Kafedralardagi etakchi professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatidan foydalanish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirishda ijobiy samara bermoqda. Jumladan, professor-o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida “Mustaqillik bayrami –barchamizniki, butun xalqimizniki”, “Mustaqillik – eng oliy ne’mat”, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Inson huquqlari, burchlari va vazifalari”, “Inson huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyatdir” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Universitetda joriy etilgan “Ustoz-shogird” tizimi talabalarni ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirishda muhim natijalar bermoqda.

Fakulütetlarda talaba-yoshlarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqib, turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, an’anaviy “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” tadbiri doirasida fakulütetlarda bitiruvchilar bog‘lari barpo etildi. “Notiqlar”, “Munozara-debat” klublari, sport sektsiyalari, badiiy havaskorlik va fan to‘garaklari faoliyati, ayniqsa, samarali bo‘lmoqda. Yoshlarda san’atga mehr uyg‘otish, shu orqali vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Talabalar bahori”, Respublika Oliy o‘quv yurtlari talabalari teatr-studiyalarining “Nihol” festivali, milliy an’analarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, go‘zal urf-odatlarimizni tiklashga qaratilgan “Xazina” o‘zbek folüklor san’ati festivallari bevosita O‘zbekiston Milliy universiteti nomi bilan bog‘liq. Bu singari tadbirlar yoshlarning badiiy-ijodiy mahoratlarini namoyon etishga ko‘maklashishi bilan birga, ularda kelajagi buyuk davlat vorislariga xos istiqbolga ishonch, ilm-ma’rifat cho‘qqilariga intilish, shijoat singari fazilatlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda.

Prezidentimiz I.A.Karimovning “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasini tashkil etish hamda joylarda sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi  Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar asosida universitet Jismoniy tarbiya kafedrasiga malakali sport ustalari jalb etildi. Sport majmuasi zamon talablari asosida to‘liq ta’mirlandi va yangi sport inshootlari, ochiq sport arenalari tashkil qilindi. 20 dan ortiq sport sektsiyalari va to‘garaklarida talabalar sport bilan muntazam shug‘ullanib kelishmoqda. Buning natijasida Namangan viloyatida o‘tkazilgan “Universiada-2000” talaba-yoshlar sport o‘yinlarida O‘zMU sportchilari bitta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medallariga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, 2007 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada 35 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Ulardan 32 tasi oltin va 3 tasi kumush medallardir. Andijon viloyatida o‘tkazilgan “Universiada-2010” sport musobaqalarida esa universitetimiz talabalari jami 6 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallari sohibi bo‘ldilar.

2010 yili Kiprda o‘tkazilgan sportning karate turi bo‘yicha jahon chempionatida Iqtisodiyot fakulüteti talabasi Doniyor Usmonov faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2010 yil 12-27 noyabrü kunlari Xitoyda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida Mexanika-matematika fakulüteti talabasi Nodira Nodirjonova sportning shaxmat turi bo‘yicha kumush medal sohibi, Xorijiy filologiya fakulüteti talabasi Sakina Mamedova miltiqdan o‘q otish (pulevaya strelüba) bo‘yicha bronza medali sohibi bo‘ldi.

Talabalarning ijtimoiy turmush tarzi, yashash sharoiti hamda darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidlash kerak. Bu borada Talabalar turar joylarida sharoit tubdan yaxshilandi, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, kutubxonalar, kompüyuter, sport hamda maishiy xizmat uchun alohida xonalar tashkil etildi.

Umuman, mustaqillik davrida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar intellektual salohiyatini oshirish, etuk mutaxassislar tayyorlash borasida ulkan natijalarga erishildi va erishilmoqda. Biroq istiqbolda qilinadigan ishlar hali ko‘p ekanini ham ta’kidlash kerak. Yakdillik, hamjihatlik, bag‘rikenglik va yuksak ilmiy salohiyat asosiy mezon bo‘layotgani universitet jamoasi har doim mamlakatimiz ravnaqiga, ona-Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi mavqei bundan ham yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi, deyish uchun to‘la asos beradi.
Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura