O‘zbekiston Milliy universiteti – 90 yoshda

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston bilim darajasi jihatidan dunyodagi etakchi mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egalladi. Bunga, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘ini kengaytirish, ta’lim tizimini isloh qilish hisobiga erishildi.

Mamlakatimizni yuqori darajada taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishida, ilm-fan, ishlab chiqarish sohalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashda, infratuzilmani rivojlantirishda yangidan-yangi kashfiyotlar bilan ilgarilab ketishida mamlakat oliy o‘quv maskanlarining tom ma’nodagi bayroqdori O‘zMUning salmoqli o‘rni bor. Aynan istiqlol yillarida O‘zMUning nafaqat respublika, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yirik o‘quv va ilmiy markaz maqomiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar muhayyo qilindi.

Bugungi kunda O‘zMU o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot uchun kerakli bo‘lgan salohiyatli professor-o‘qituvchilarga, zamonaviy moddiy-texnik asos va jahon miqyosida e’tirof etilgan ilmiy maktablarga ega.

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakat intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, har jihatdan barkamol avlodni voyaga etkazish bo‘yicha olib borilayotgan siyosatni amalga oshirish, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasgurida belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda ko‘p ming kishilik universitet jamoasi 1991-2008 yillar davomida sezilarli muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Ushbu jihat, ayniqsa, o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yaqqol ko‘zga tashlandi.

O‘zMUda ta’lim jarayoni Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq to‘la uzluksizlik va uzviylik asosida olib borshshoqda. Bu vazifalarning akademik litsey—bakalavriat-magistragura—aspirantura—doktorantura tizimi orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi. Yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish kompleksini barpo etish maqsadida universitet qoshida ikkita akademik litsey faoliyat ko‘rsatdi.

Universitetning barcha fakulütetlarida ilmiy-o‘quv kutubxonalari mavjud bo‘lib, 1991-2008 yillar ichida ular uchun ko‘plab o‘quv adabiyoti, chet el va respublikada chop etiladigan davriy-ilmiy jurnallar sotib olindi. Universitet markaziy kutubxonasida o‘quv adabiyotlaridan «Buyurtmasiz erkin foydalanish» tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Kutubxona zamonaviy texnika vositalari bshxan jihozlangan resurs markaziga ega bo‘lib, Internetga ulangan kompüyuterlar xizmati yo‘lga qo‘yshnan. Kutubxona fondi yil sayin ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida nashr kilingan o‘quv adabiyotlarining elektron nusxalari tayyorlanib, universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq tizimiga ulangan. O‘quv dargohida kompüyuterlashtirishni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot texnologiyalari sohasida zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, universitetda 2008 yilga kelib 850 dan ortiq zamonaviy kompüyuter mavjud bo‘lib, shulardan 75 foizi bevosita o‘quv jarayonida, 15 foizi ilmiy-tadqiqot ishlarida va 10 foizi ma’muriy va boshqaruv jarayonlarida ishlatildi. Universitetda mavjud kompüyuterlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda kompüyuter zaxiralaridan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etish maqsadida fakulütetlarda 17 ta resurs markazlari va 2 ta yirik, har biri 60 o‘ringa mo‘ljallangan kompüyuter zali tashkil etilgan. Ushbu resurs markazlari, sinflar va fakulütet miqyosidagi tarmoqlar universitetdagi korporativ tarmoq orqali xalqaro Internet tizimiga ulangan.

Universitet jamoasi bir qator chet el ilmiy grantlariga ham erishgan. «Tarix», «Psixologiya», «SPRAYT», «Evroaziya», «O‘zbekinfo» va boshqa loyihalar bo‘yicha talaba, tadqiqotchi va doktorantlar Evropa, Yaponiya, AQShning etakchi univer-sitetlarida o‘qidilar. Professor-o‘qituvchilar dunyoning etakchi ta’lim va fan maskanlarida malaka oshirdilar.

Ma’lumki, zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil qilishdagi asosiy tamoyillardan biri - bu fan bilan ta’limning uzviy bog‘liqligi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, universitetda fanning rivojlanishi katga ahamiyatga ega. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur o‘quv dargohi olimlari tomonidan 2003-2008 yillar davomida 150 dan ortiq ilmiy to‘plam nashr qilindi, yiliga mingga yaqin ilmiy maqola chop etilmoqda. 30 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari patentlashtirildi, yiliga 500 ming AQSh dollariga yaqin miqdorda chet el grantlari asosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu ilmiy izlanishlar natijalari ishlab chiqarishga ham faol tatbiq etildi. Bularga qon to‘xtatishda, kuyganda, teri almashtirishda qo‘llaniladigan «Poshmetakrilin», oshqozon-ichak kasalliklari davolashda malham «Politetranem», qoramollarning infazion kasalliklarini bartaraf etishdagi «Poliamidin», gipertonik kasalliklarga qarshi «Plateks», diatez va allergik holatlarda «Inebrin», gepatitga qarnsh «Savrats» preparatlari ishlab chiqildi. Ular xususida mutaxassislarning ijobiy xulosalari bor.

Bundan tashqari sut, go‘sht, parfyumeriya, kosmetika, yog‘-moy ishlab chiqarishda, farmatsevtikada qo‘llaniladigai «Pepsin», konditerlik sanoatida qand o‘rnini bosadigan modda sifatida ishlatiladigan steviya o‘simligining yangi navini keltirish mumkin. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan anabazis, saforo, ammotamus, ammodendron, termoksis avlodiga mansub o‘simliklarning o‘ndan ortiq turlari o‘rganildi va ulardan 50 ga yaqin alkoloidlar ajratib olindi. Ularning 24 tasi yangi, ilk marta kashf etilgan.

2007 yilda universitet olimlari Fan va texnologiyalari markazi tomonidan e’lon qilingan mavzular tanlovida ishtirok etib, 98 ilmiy mavzu, 7 innovatsiya bo‘yicha grant egasi bo‘ldilar. 61 million so‘m miqdoridagi xalq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari, 425 ming AQSh dollari miqtsoridagi chet el garantlari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Qayd etilgan davrga kelib universitetda mamlakat xalq xo‘jaligi taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassislik sohalari yo‘lga qo‘yildi. Xususan, keyingi yillarda san’atshunoslik, Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, kartografiya va kadastr, kompüyuter lingvistikasi singari yangi yo‘nalishlar ish boshladi.

1999-2000 yildan ta’lim jarayoniga modul tizimi joriy etildi. Bu tizimning pirovard maqsadi talabansh^g o‘z ustida mustaqil ishlashshsh ta’minlaipa qaratilgan. O‘zMUda material-texnika hamda axborot bazasi me’yorlarini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1997-2007 yillarda universitet tomonidan 600 dan ziyod kompüyuter va zamonaviy o‘quv uskunalari sotib olindi. 2002 yilda universitet bo‘yicha tolali-optik kabelü o‘tkazildi. Barcha bo‘lim va dekanatlar jahon axborot tarmog‘iga chiquvchi umumiy lokal tarmoqqa ulandi. 512 k/8 tezlikda ishlaydigan Interietga ulangan kompüyuterlar soni 323 taga etdi.

2008 yilga kelib Axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlaninsh uchun universitet 584 mln. so‘m miqdorda mablag‘ ajratdi. Informatsion texnologiyalar bo‘yicha 284 bakalavr va 72 magistr tayyorlandi. O‘zMUda «TALAVA S», «Kontrakt S», «Kadrlar S», «Elektron kutubxona», «SAMMEK», «Test», «O‘zMU rasmiy sayti» kabi korporativ axborot tizimlari tashkil qilingan.

Informatsion texnologiyalar yo‘nalishida universitet professor-o‘kituvchilari, xodimlari malakasini oshirish yo‘lga qo‘iildi. Informatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha 3 ta xalqaro grant hamda umumiy miqdori 362 mln. so‘mlik O‘zR Fan va texnologiyalar markazining 2 grantini olishga erishildi. 8 mln. so‘m hajmdagi 19 litsenziyali dastur qo‘lga kiritildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida universitetda masofali o‘qitish markazlari qaror topmoqda. Informatsioi texgyulogiyalar ixtisosligi bo‘yicha abiturientlar va talabalar uchun 19 ta masofali kurslar tashkillashtilidi. Maxsus sirtqi, ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich masofali o‘qitishga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasiga erishish maqsadida 1997-2001 yillarda universitet ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat byudjetidan 72,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2002-2007 yillarda ham davlat byudjeti, ham grant asosida mablag bilan ta’minlashga 440.0 mln. so‘m ajratildi. 1991-2001 yillar davomida xo‘jalik shartnomalari bilan 30 dan ortiq mavzu bo‘yicha 302 mln. 450 ming so‘mlik ish qilinib, yiliga o‘rtacha 30 mli. 245 ming so‘mlik ish bajarilgai bo‘lsa, 2002-2008 yillarda 30 ga yaqin mavzu doirasida 699 mli. 253 ming so‘mlik, ya’ni yiliga o‘rtacha 116 mln. 542 ming so‘mlik ish amalga oshirildi. 1994-2007 yillar davomida 4 mln. 408 ming AQSh dollari hajmida xalqaro grantlar bajarildi.

2004-2008 yillarda 68 mavzu bo‘yicha O‘zR Fanlar akademiyasi institutlari va tarmoq institutlari bilan hamkorlik qilindi. 2004-2008 yillarda O‘zR FA ilmiy tekshirish institutlari bilan 33 shartnoma tuzildi, O‘zMU kafedralarining 15 filiali ochshgdi. Ushbu hamkorlik O‘zR FA instshutlari intellektual salohiyagi va material-texiik bazasidan foydalanish hamda magistr tayyorlash imkoniyatini yanada kengaytirdi. So‘nggi yillarda xorijlik hamkorlar ishtirokida 5 ta grant bajarildi.

Mustaqillik yillarida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tele va radiokanallarda yiliga 1000 ga yaqin chiqishlar qilindi. Shu yillar davomida yiliga o‘nlab xalqaro va 30 dan ortiq resiublika miqyosida konferentsiya va simpoziumlar o‘tkazildi.

O‘zMU ilmiy grantlariga 277 professor-o‘qituvchi, 36 aspirant, 5 doktorant, 163 talaba jalb qilindi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida 2003-2008 yillarda universitet professor-o‘qituvchilaridan 973 kishi (79,8 foizi) qatnashdi. Shulardan 140 nafari fan doktori (62,2 foizi), 425 nafari esa fan nomzodidir (47,4 foizi).

Ilmiy-tadqiqot ishlarida ippirok etayotgan iqtidorli talabalar tomonidan xorijiy nashrlarda 215 maqola, 995 ilmiy tezis e’lon qilingan. Universitet fakulütetlarida Yosh olimlar kengaish rahbarligida 40 dan ortiq ilmiy to‘garaklar ish olib bormoqtsa. 2004-2007 yillarda iste’dodli talabalar hamda yosh olimlar tadqiq etayotgan izlanishlar natijasi o‘laroq, 7 ta maqolalar to‘plami nashrdan chiqdi.

2008 yilga kelib 23 iafar talaba Prezident stipendianti, 24 talaba Mirzo Ulug‘bek stipendianti, 27 talaba Alisher Navoiy stipendianti bo‘ldi.

Istiqlol yillarida Markaziy Osiyoda o‘sadigan 20 dan ortiq o‘simlik turi o‘rganilib, alkoloid, diterpenoid, flavanoid kabi yuzdan ortiq modda ajratib olindi. 40 tasining kimyoviy tuzilishi anikdandi va ular asosida 100 dan ortiq fiziologik faol modda sintez qilindi. Keng tarqalgan anabazis, safora, ammotamus, ammodendron, termopsis avlodiga munosib o‘simliklardan 10 dan ortiq turlari kimyoviy jihatdan o‘rganildi va ulardan 50 ga yaqin alkaloiddar ajratib olindi, shundan 24 tasi yangi kashf etildi.

Ishlab chiqarishga 50 dan ortiq mavzu taklif etildi, masalan, atsetilen, ammiak va atseton asosida po‘lat korroziyassha qarpsh ingibitor, piridin asoslari siitezi uchun katalizatorlar, MVP, antimikrob preparatlari, polifosfatlar va polielektroliglar-metallarni korroziyadan himoyalovchi effektiv ingibitorlar, karbokaz qishloq xo‘jaligi hayvoilari ginekologik kasashshklarini davolash uchun polimerli dori preparati, polibazin-polimerli nafas analeptigi, qon to‘xtatuvchi «Inebrin» vositasi, konvaren, fentsetat, savrats, polimetakrilin, politetranem, benzobek, plateks, poliflan, lagoden kabi dorilar, NS1, 802, N,8, >Yu2, NG‘, SN3SOON, va h.k. sorbentlar, ularni metall ionlarini (oltin, shgatina, palladiy, reniy, molibden, mis, xrom) ajratib olishda ham qo‘llash mumkin, yong‘indan ogohlantiruvchi «Kompozit» kzfilmasi, issiqlik ko‘rsatgichlari shlefi (TU Uz 78 001-95) bilan jihozlangan va yongan yuz berganda yorug‘lik va tovush signallarini berishga mo‘ljallangai qurilmalar kashf kilindi. Kartoshkaning yuqori elita nav urug‘ligi yarataldi. Bir, uch va olta kanalli «Najot» elektrokardiografi, modifikatsiyalangan kraxmal, O‘zbekiston er usti suvlari atlasi ishlab chiqildi. Fizikadan amaliyot o‘tash uchun 12 qurilma loyihasi taklif etildi.

Fan va ta’limdagi so‘nggi yutukdar negizida shartnomaviy malaka oshiriishi tashkillashtirish bo‘yicha muttasil ish olib borilmoqda. 2005 yildan buyon O‘zMU qoshida innovatsion pedagogik texnologiyalar markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda nafaqat universitet, balki respublikaning boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining ham malakasini opshrish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zMUda respublikaning ilg‘or korxonalari, O‘zR FA laboratoriyalari hamda chet elda kasbiy stajirovka va malaka oshirishning rang-barang turlari amal qilmoqda. Malaka oshirishda Moskva davlat universiteti, Sietl universiteti (AQSh), Ekseter universiteti (Buyuk Britaniya), DAAD (Germaniya) bilan tuzilgan o‘zaro shartnomalardan ham foydalanilyapti. Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishda xalqaro grantlardan foydalanish ham yo‘lga qo‘yilgan. 2007 yilda O‘zMUning 120 professor-o‘qituvchi va xodimlari xalqaro grantlarda hamda xalqaro anjumanlarda qatnashib, malaka oshirdi.

Hozir universitet O‘zR FA Ilmiy-tadqiqot instituglari laboratoriyalari bilan tuzilgan 35 shartiomaga ega. «Gidrologiya» kafedrasi xodimlari O‘zR FA Suv muammolari instituti, Gidrometeorologiya instituti, SANIIRI ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida «O‘zan jarayonlari va oqimi dinamikasi» o‘quv qo‘llanmasini chop etdilar.

«Kukunli polimer materiallar» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi Kimyo-texnologiya instituti, «Toshto‘qimachi» aktsionerlik jamiyati bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. «Petrografiya va foydali qazilmalar» kafedrasi olimlari Geologiya va geofizika instituti hamkorligidagi «Turkiston paleokeanik havzasi shimoliy qismi evonotsiyasi» mavzusida tadqiqot olib bordilar. «Regionalgeologiya» birlashmasi hamkorligida 1:200000 masshtabli «Geologik xarita» tayyorlanmoqtsa. «O‘ztekgeofizika» aktsionerlik birlashmasi (OAO), O‘zR FA Geologiya va geofizika, Kimyo va gyulimerlar fizikasi, GIDROINGEO, Bioorganik kimyo, Yadro fizikasi, Umumiy va noorganik kimyo kabi institutlarda O‘zMU kafedralarining filiallari faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda, bitiruv ishlarini yozishda, aspirantlar va doktorantlar ilmiy izlanishlarini ro‘yobga chiqarishda, shuningdek, talabalarning o‘quv amaliyotini o‘tashida hamkorlik shartaomalariga binoan O‘zR FA shgstitutlarida mavjud asbob-uskunalardan foydalanilmoqtsa. O‘zMU talabalarining o‘quv va diplom-oldi amaliyotlarini O‘zR FA institutlari hamda tarmoq institutlarda o‘tkazish tajribasi shakllantirilgan.

1997-2001 yshsharda chet el investitsiyalarini uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashga jalb qilish bo‘yicha Tempus-TASIS, DAAD, INTAS kabi 8 dastur amalga oshiriltsi va 8 markaz ishladi. 2001-2005 yillarda dastur va markazlar soni 9 taga etdi. Hozirgi kunda 6 xalqaro dastur bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Chet el investitsiyalari miqdori oldingi yillarga nisbatan ancha oshdi. Asosiy diqqat O‘zbekiston hukumatining Rossiya federatsiyasi, Xitoy Xalq respublikasi, Koreya, Yaponiya markazlari bilan birgalikda e’lon qilgan dasturlariga qaratilmoqda. 2005 yili fizika fakulüteti «Universitet sifat boshqaruvi tizimining tatbiqi» (UNIKUM) loyihasining amalga ongishi uchun 150.000 evro qimmatiga ega TEMPUS/TASIS grantiga sazovor bo‘ldi. NATOning 17.000 evro hajmidagi «Orol negizida sodir bo‘layotgan kimyoviy va fizik jarayonlar» loyihasi davom etgirilmoqda. Rossiya Fanlar akademiyasi Okeanshunoslik shtstituti va Potsdam universiteti ham xorijiy hamkorlar hisoblanadi.

DAADniig 20.000 evro miqdoridagi «Germanistika institutlari hamkorligi» dasturi Xorijiy filologiya fakulüteti nemis filologiyasi kafedrasi tomonidan ishlab chiqildi.

Geografiya fakulüteti demografiya kafedrasi muhim loyihani amalga oshirish uchun 9000 AQSh dollari hajmidagi grant olingga muvaffaq bo‘ldi.

Iqtisod fakul’teti 2006 yilda 7.500 AQSh dollari hajmidagi YuSAID loyihasi ochiq tashyuvida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Universitetning xalqaro aloqalari yil sayigg kengayib bormoqda. Xususai, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Millatlar markaziy universiteti (XXR), Loda universiteti (Polüsha), Istanbul universiteti (Turkiya) bilan tuzilgan shartnomalar o‘z samarasini berdi. O‘zbekiston Prezitsenti Islom Karimov va O‘zbekiston hukumati tselegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan tsavlat tashrifi chog‘itsa Pekintsagi Millatlar Markazi universiteti va O‘zMU o‘rtasitsa o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘gfisitsa shartnoma imzolantsi. Shartnoma asosida Mshglatlar Markaziy universitetida o‘zbek tili bo‘limi ochiltsi.

Xalqaro munosabatlarni mustahkamlash, ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, Chexiya, Ukraina, Gretsiya, Yaponiya, Germaniya, Koreya, XXR, Eron, Falastin, Avstriya, Pokiston, Belügiya kabi mamlakatlarning siyosiy arboblari, yirik olimlari bshgan ko‘pdan-ko‘p uchrashuvlar o‘tkazildi. Bunday uchrashuvlar natijasi o‘laroq, O‘zbek filologiyasi fakulütetida Eron matsaniyati markazi va Xorijiy filologiya fakulütetitsa Grek madaniyati markazi ochildi.

1997-2006 yillarda XXR, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya kabi mamlakatlararo kadrlar almashinuvi amalga oshirildi. 65 nafardan ortiq chet elliklar o‘qish va stajirovkaga qabul qilindi. Ayni paytda O‘zMUning 110 xodimi o‘qish, stajirovka o‘tash, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida chet ellardagi etakchi oliy o‘quv yurtlariga jo‘natildi. Yaqin istiqbolda xorijda malaka oshiruvchilar miqdorini 200 nafardan oshirish rejalashtirilgan.

Etakchi xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lida hozirgi kunda 26 xalqaro ilmiy-ta’lim markazlari bilan tuzilgan shartnomalar ishlab turibdi. 1997-2008 yillarda etakchi universitetlar va xorijiy ilmiy markazlar bilan tuzilgan shartnomalar soni 30 dan oshdi. Bunday shartnomalar sonini 50dan oshirish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi «Toshkent Davlat universitetiga «O‘zbekiston Milliy universiteti» maqomini berish to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash, uning ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashdagi rolini oshirish hamda Milliy universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari faoliyatini rag‘batlangirish tizimini takomillashtirish maqsadida «Rivojlanish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni moddiy rag‘batlantirish» jamg‘armasi tashkil qilindi. 2000-2008 yillarda jamg‘arma faoliyati madaniyat, ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashni rag‘batlantirishga yo‘naltirildi. Jamg‘arma mablag‘lari o‘qish va dars berishda yutuqlarga erishgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, kam ta’minlangan talaba va o‘qituvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash, sport musobaqalari o‘tkazish, o‘qituvchilar va talabalarni sog‘lomlashtirish, universitet kutubxona fondini yangilash, kengaytirish, o‘quv bo‘limlari material-texnik bazasini yaxshilashga sarf qilinmoqda. 2008 yilga kelib 30 dan ortiq davlat, jamoat, ilmiy, ijodiy tashkilot va aktsionerlik jamiyatlari ushbu jamg‘armaga vasiylik qilmoqda. Homiylik kengashi faoliyat olib bormoqda.

Universitetda zamonaviy asbob-anjom, zarur adabiyot, ko‘rgazmali qurollar, audio va videomateriallar bilan ta’minlangan «Ma’naviyat va ma’rifat markazi» faoliyat olib bormoqda. Markaz tomonidan Respublikaning ko‘zga ko‘ringan olimlari, davlat va jamoat arboblari ishtirokida turfa uchrashuvlar, ijodiy seminarlar o‘tkaziladi. Markaz huzurida «Yosh siyosatchilar klubi», «Notiqlik san’ati», «Yosh sotsiologlar Yu1ubi» ishlab turibdi. Bundan tashqari, fakulütetlar va talabalar uylarida zamonaviy talablar darajasida jihozlangan «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalari mavjud bo‘lib, ularda tez-tez keksa avlod vakillari, jamoat arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar uyushtiriladi.

Universitetda ilm-fan va ta’limning ertangi kuni to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qilinmoqda. 78 ixtisoslik bo‘yicha aspirantura, 25 soha bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatdi. 1991-2008 yillarda 1160 aspirant va 127 doktorant o‘qishni tugatdi. Shu davrda 760 ta nomzodlik, 156 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi, shundan 624 tasi aspiranturani va 50 tasi doktoranturani tugatganlarni tashkil qiladi.

Milliy universitet qoshidagi amaliy fizika ilmiy-tadqiqot instituti, botanika bog‘i, 16 ilmiy laboratoriya, ijtimoiy tadqiqotlar markazi, tabiatdan unumli foydalanish ilmiy-tadqiqot bo‘limi, 95 kafedra, 7 innovatsion grant, 11 xo‘jalik shartnomasi, 98 ilmiy mavzu, 9 yoshlar granti, 400 kompüyuter, 3 mln. kitob fondiga ega fundamental ilmiy kutubxona yuqori darajadagi intellektual salohiyatni ta’minlovchi ilmiy-texnik baza hisoblanadi.

2008 yilga kelib universitetda nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha 5, doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha 9 Ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatdi. 1997-2001 yillar mobaynida univereitetning 26 aspiranti va 11 doktoranti xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etdi. TASIS yo‘nalishi bo‘yicha 9 aspirant va 2 doktorant Angliya, Frantsiya, Ispaniyada stajirovkada bo‘ldi. DAAD yo‘nalishi bo‘yicha 3 aspirant va 1 doktorant Germaniyada stajirovka o‘tadi. Bir aspirant YuNESKO yo‘nalishi bo‘yicha Koreyada bo‘lib qaytdi. 2001-2005 yillarda DAAD yo‘nalishi bo‘yicha 5 aspirant va 2 dokgorant Germaniyada tahsil oldi. Ikki doktorant AQShda ilmiy safarda bo‘ldi.

2001-2008 yillarda 73 aspirant va 25 doktorant O‘zMUning maxsus stipendiya-siga sazovor bo‘ldi. 98 aspirant va 9 doktorant Respublika va chet el graitlarida ishtirok etdi.

Milliy universitet doktorant va aspirantlari respublikamizda ta’sis etijan nufuzli sttshendiya va davlat mukofotlarini qo‘lga kirshtan. Mustaqillik yillarida 10 nafar aspirant O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Universitet aspirant va doktorantlaridan Muhayyo Isoqova «Shuhrat medali», Zafar Jabborov va Dildora Rashidovalar «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, Mohiniso Hidirova «Oltin qalam» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

O‘zMU qoshida 15 yildan beri Oliy pedagogika instituti faoliyat yurgizmokda. Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar pedagoglari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bilan mashg‘ul OPIda o‘tgan vaqt mobaynida mamlakat o‘quv yurtlarining 10 mingdai ziyod professor-o‘qituvchilari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglari malaka ongirish va qayta tayyorlash kurslarini o‘tishdi.

Birinchi Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan «Yoshlik» talabalar shaharchasi to‘la qayta qurildi. Universitetga tegishli 8 ta talabalar turarjoyi kapital ta’mirdan chiqarildi. Shaharchada zamonaviy talablarga to‘la javob beruvchi yopiq suv havzasi talabalar hamda professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Universitet va talabalar uylari hududini obodonlashtirish maqsadida uyushtirilayottan hasharlarda talabalar va professor-o‘qituvchilar faol qatnashmoqda. «Kamolot» yoshlar ijgimoiy harakati huzurida shaharchani obodonlashtirishga jalb qiluvchi operativ shtab mavjud. Talabalar uylarida yashovchi yoshlar tomonidan o‘z-o‘zini boshqaruvga doir me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Universitet rahbariyati talabalarning hordiq chiqarishiga doimiy gamxo‘rlik qiladi. Madaniyat saroyida faoliyat olib borayotgan 10 to‘garakda 500 dan ziyod talaba qatnashadi. 1000 dan ortiq talabalar o‘qishdan bo‘sh paytlarda universitet sport majmuasining 20 sektsiyasida turli sport turlari bilan shugullanadi.

Universitet tuman hokimligi, mahallalar vakillari, Talabalar shaharchasi «Yoshlik» hokimiyati bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Talabalar uylarida, o‘quv guruhlarida axloq-odob, ma’naviyat-ma’rifat masalalariga bagishlaigan qator tadbirlar birgaliqtsa uyushtirilmokda. O‘zMU «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy yo‘nalishlarda o‘tayotgan deyarli barcha tadbirlarda faollik ko‘rsatdi. Jumladan, «Universitet go‘zali», «O‘zMU malika-lari» kabi tadbirlar, milliy va ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlarda o‘tkazilayotgan «Quvnoqlar va zukkolar» musobaqalari aynan ushbu tashkilot tashabbusi samarasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy universitetida jismoniy tarbiya va sport rivojiga alohida e’tibor qaratilgan. Talabalar sportning 18 sho‘’basida o‘ndan ortiq tur bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishga mo‘ljallangan sport majmuasiga ega. Milliy universitet talabalari orasidan jahon va Osiyo chempionlari etishib chiqqan. R. Qosimjonov shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, S. Qayumov shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni, V. Pereteyko kurash bo‘yicha Osiyo chempioni, S. To‘ychiev paulifting bo‘yicha Osiyo chempioni va boshqalar.


Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
15275 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
91 Mutaõassislik magistratura