Universitetning tashkil topishi

Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti nafaqat Ozbekistonda,  balki Markaziy Osiyoda birinchi va etakchi bolgan bu oliy talim muassasasi hisoblanadi.  Universitet bir asrlik faoliyati davomida yuz mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab,  xalq xojaligining barcha sohalarini etuk kadrlar bilan taminlashda yuksak xizmat qildi va ilm-fanning turli sohalarida jahon etirof etgan muvaffaqiyatlarga erishdi. 

    Fan olamida ilmiy maktab yaratish ota noyob va sharafli ishdir.  Bu borada Muso Xorazmiy,  Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,  Mirzo Ulugbek kabi daholar asos solgan ananalari OzMU olimlari tomonidan munosib davom ettirildi.  Mazkur ilm maskanida faoliyat korsatayotgan 50 ga yaqin ana shunday ilmiy maktablar jahon ilm ahlining yuksak etirofiga sazovor boldi.  Akademiklar Habib Abdullaev,  Obid Sodiqov,  Sadi Sirojiddinov,  Toshmuxammad Sarimsoqov,  Jora Musaev,  Maxmud Saloxiddinov,  Chavkat Alimov,  Azimboy Sadullaevlar asos solgan ilmiy maktablar shular jumlasidandir. 

    Universitet atoqli olimlaridan 23 nafari Ozbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va vitse-prezidenti etib saylanganlar,  jami 107 nafar olimlar akademik darajasiga erishgan.  Olima ayollardan 150 ga yaqini fan doktori ilmiy darajasi va professor unvonini olganlar.  Bu maskanda talim olgan koplab bitiruvchilar xorijiy oliy talim muassasalarida muvaffaqitli faoliyat korsatib kelmoqda.  Bunga yorqin misol Isroildagi Xolon texnologiya instituti prezidenti Eduard Yakubov,  AQCh Sogliqni saqlash vazirligi masul xodimi doktor Amir Maxmudov,  Kaliforniya davlat universiteti professsori Zoir Ibragimovlardir. 

    Ushbu dorulfununda tahsil olgan ziyolilardan Abdulla Oripov,  Erkin Vohidov,  Said Axmad,  Ozod Charafiddinov,  Turgun Azlarov,  Suyuma Ganieva Ozbekiston Qahramoni oliy unvoniga,  yuzlab professor-oqituvchilar Ozbekiston Respublikasi Fan arbobi unvoniga,  Buyuk xizmatlari uchun ordeni va boshqa mukofotlarga sazovor bolganlar.  Chu kunga qadar OzMU talabalaridan 30 nafardan ortigi Prezident stipendianti,  25 nafari Mirzo Ulugbek nomidagi va 30 nafardan ziyodi Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyalari sohibi bolgan.  Onlab iqtidorli talabalar xalqaro fan olimpiadalari,  sport musobaqalari goliblari sifatida dunyoga dong taratdi. 

    Bugungi kunda Milliy universitetda 29 nafar akademik,  150 dan ortiq fan doktori va professorlar,  400 dan ziyod fan nomzodi,  falsafa doktori va dotsentlar faoliyat korsatmoqda,  200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 

    Ulkan ilmiy salohiyatga ega bolgan OzMU respublikada tayanch oliy talim muassasasi hisoblanadi.  Unda barcha universitetlar uchun Davlat talim standartlari,  oquv rejalari va dasturlari tayyorlanib,  talim jarayoniga tatbiq etilmoqda. 

    Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas boglash uchun OzMUning 3 ta dala-amaliyot maydoni,  32 ta oquv-ilmiy laboratoriya,  3 ta oquv-ilmiy-tajriba markazi,  1 ta OTMlararo ilmiy laboratoriya va 2 ta noyob obektning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda.  Chu bilan bir qatorda talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish,  grant tanlovlari va loyihalarida ishtirok etish,  boshqa oliy talim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda. 

    OzMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy talim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda.  M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,  Seul Milliy universiteti,  Kaliforniya davlat universiteti shular jumsidandir. 

    Axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va internet tizimiga ulangan bolib,  kutubxona fondi 4 millionga yaqin adabiyotga ega.  2017 yil oktyabr oyida Ozbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan Chingiz Aytmatov va Ozbekiston doimiy ekspozitsiyasi talabalarning marifiy maskaniga aylangan. 

    Turli hududlardan kelgan talabalar Yoshlik talabalar shaharchasidagi zamonaviy turar joylarda yashaydi,  intellektual saviya va jismoniy madaniyatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega boladi. 

    Bir asrlik tarixga,  boy ananalarga va innovatsion goyalarga ega bolgan Ozbekiston Milliy universiteti jamoasi ilmu marifat va talim-tarbiya sohasidagi yutuqlarni yanada kopaytirish,  Vatan ravnaqiga bundan ham munosib hissa qoshish uchun qatiyat va shijoat bilan mehnat qilmoqda.  
Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura