Milliy universitet faxriylari bitiruvchilari

Milliy universitet faxriylari bitiruvchilari

1. Abduvahobov Abduvali Abdusamadovich (11.07.194) - ToshDUni bitirgan (1965), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zR FA bioorganik kimyo instituti direktori (1987-1993), O‘zR FA kimyo texnologiyasi va Er haqidagi bo‘limining raisi (1992-1994), O‘zR FA vitse-prezident (1994-1997).

Ilmiy ishlari fiziologik faol moddalarning nozik organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar ta’sir mexanizmning kimyoviy mohiyati, hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi.

2. Abdukarimov Abdusattor (04.04.1942) - O‘ODUni bitirgan (1966). Biolog va genetik olim, biologiya fanlari doktori (1979), professor (1990), O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992).

A.Abdukarimov oqsil molekulasi va uning funktsiyasi hamda fizik-kimyoviy xossalarini o‘rgandi. Qator genlar va vektor molekulalar konstruktsiyasini yaratib, yakka hujayradan sun’iy sharoitda o‘simlik etishtirish bilan bog‘liq ilmiy ishlar dasturiga rahbar.

3. Abdullaev Abdumavlon Abdullaevich (13.07.1930) - O‘ODUni bitirgan (1952). Biolog-botanik olim. O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor (1980). O‘zR FA O‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida direktor (1972-1982, 1985-1989), O‘zR FA Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘limi raisi (1997-1998).

Ilmiy ishlari selektsiyada g‘o‘zaning yaqin qarindosh va geografik uzoq yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, g‘o‘zaning filogenetik sistematikasi muammolariga bag‘ishlangan. G‘o‘za yovvoyi turlarining kornologiya evolyutsiyasi nazariyasini asoslab berdi.

4. Abdurazzaqov Abdujabbor (1932-1994) - O‘ODUni bitirgan (1956). Fizik olim, fizika-matemetika fanlari doktori (1972), professor (1973), O‘zR FA muxbir a’zosi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotining laureati (1978). (vafot etgan)

Ilmiy ishlari asosan eksperimental yadro fizikasiga oid.

5. Abutaliev Faradey Basirovich (25.03.1932) - O‘ODUni bitirgan (1952). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag‘ishlangan.

6. Azimov Sodiq Azimovich (1914-1988) - O‘ODUni bitirgan (1940). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958). O‘zR FA akademigi (1962), O‘zR fan arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974). O‘zR FA fizika-matematika institutida (1958-1962, 1966-1988), O‘zR FA Yadro fizikasi institutida direktor (1962-1966), Fizika-quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1986-1988) bo‘lgan. (vafot etgan)

S.Azimov - yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali gelio materialshunoslik ilmiy maktablarining asoschisi.

7. Azlarov Tursun Abdurahimovich (1938) - O‘ODUni bitirgan (1960). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974). O‘zR FAakademigi (2000), Abu Rayhon Beruniy iomidagi O‘zR Davlat mukofoti laureati (1973).

Ilmiy ishlari limit teoremalari, ommaviy xizmat ko‘rsatishning matematik nazariyasi va uzluksiz funktsiyalarni chiziqli musbat operatorlar yordamida yaqinlashtirish muammolariga bag‘ishlangan.

8. Aminova Rahima Hodisvna (1925-2001) - O‘ODUni bitirgan (1948). Tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), O‘zR FA akademigi (2004), O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi (1985), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Ilmiy ishlari ishchilar sinfining tarixiga, respublika agrar masalalariga bag‘ishlangan. 250 bosma toboq hajmidagi ilmiy asarlar muallifi. (vafot etgan)

9. Alimov Shavkat Orifjonovich (2.03.1945) - MDUni bitirg‘an (1967). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974), O‘zR FAakademigi (2000). SamDU rektori (1985-1987), ToshDU rektori (1987-1990), Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgan (1990-1992). XXRda O‘zbekistonning muxtor va favqulodda vakili (1995-1998).

Ilmiy ishlari differentsial va integral tenglamalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.

10. Arjanix Ivan Semenovich (1914-1980) - O‘ODUda o‘qigan (1931-1934). Matematik olim, matematika fanlari doktori (1954), professor (1987), O‘zR FA muxbir a’zosi (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964).

Ilmiy ishlari differentsial va integral tenglamalar nazariyasiga, variatsion hisob, maydonlar nazariyasiga, analitik mexanika, kvant mexanika, elastiklik nazariyaga oid. (vafot etgan)

11. Asqarov Akbar Asqarovich (25.10.1902 - 1978) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Terapevt, O‘zR FA muxbir a’zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1946), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956). U birinchi o‘zbek shifokorlaridan.

«O‘rta Osiyo kana isitmasi», «Bezgak, uning tarqalishi, klinikasi va unga qarshi kurash» nomli monografiyalar, «Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati», ikki tomli «Ruscha - o‘zbekcha tibbiyot lug‘ati» kabi 100 dan ortiq asarlar muallifi. (vafot etgan)

12. Ayupov Shavkat Abdullaevich (14.09. 1952) - ToshDUni bitirgan (1974). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985), O‘zR FA akademigi (1995).

O‘zR FA Matematika instituti direktori (1992-1997), Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi (1997-2001), 2004 yildan O‘zR FA Matematika instituti direktori.

Ilmiy ishlari operator algebralari, yordan algebralari, LI va Leybnits algebralarining strukturalari, nokommunikativ integrallar nazariyasi, kvant ehtimollik nazariyasiga oiddir.

13. Ahmedov Bo‘riboy Ahmedovich (1924-2002) - O‘rta Osiyo Davlat uiiversitetini bitirgan (1953). Sharqshunos olim, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, tarix fanlari doktori (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), O‘zR FA akademigi (1995). Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi (1995).

Ilmiy ishlari O‘zbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbaashunoslik, O‘rta Osiyo xalqlariniig X-XIX asrlardagi ijtimoiy, siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi masalalarga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

14. Ahmedov Karim Sodiqovich (19.02. 1914-2003) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1958), professor (1960), O‘zR FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1968), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). O‘zR FA kimyo institutining direktori (1965 yildan), ToshPI rektori (1972-1988).

Ilmiy ishlari kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid bo‘lib, suvda eruvchan polimerlar sirt-aktiv moddalarning sintez qilish va ularni o‘rganish hamda amalda tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

15. Baratov Mubinjon Baratovich (9.12.1933-2003) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Faylasuf olim, falsafa fanlari doktori (1972), professor (1981),O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA falsafa va huquq instituti direktori (1970-1975). O‘zR FA Sharqshunoslik iistituti direktori (1976-1980).

Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga oid. (vafot etgan)

16. Bekjonov Rahim Bskjonovich (5.03.1930-23.02.2000) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1968), O‘zR FA akademigi (1989), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Ilmiy ishlari yadro fizikasiga oid. (vafot etgan)

17. Bedrintsev Kirill Nikolaevich (1907-7.04.1995) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1929). Iqtisod fanlari doktori (1951), professor (1964), O‘zR FA muxbir a’zosi (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1967). Ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirishga oid. (vafot etgan)

18. Bondarenko Boris Anisimovich (1923) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kibernetik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1970), professor (1974). O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983).

Ilmiy ishlari uzlukli matematik kombinotomik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar bilan echish, arifmetik fraktal tuzulmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining uch o‘lchovli statik masalalariga bag‘ishlangan.

19. Borovkov Aleksandr Konstantinovich (29.03.1904-25.11.1962) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Ittifoq Fanlar akademiyasi (1958) va O‘zR FA muxbir a’zosi (1943), professor (1953) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1945).

Ilmiy ishlari: O‘zbek alifbosi, imlosini ishlab chiqishda, darslik va qo‘llanmalar tuzishda bevosita qatnashgan (1943-1969). Turkiy xalqlarning tarixi, etnografiyasi, folüklorlik ustida ilmiy ishlar olib bordi. O‘zbek tili shevasini o‘rgandi. Turkiy xalqlarning tillari tarixini va grammatikasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. (vafot etgan)

20. Buzin Evgeniy Ivanovich (1916 - 1969) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Texiika fanlari doktori (1957), O‘zR FA muxbir a’zosi (1962).

Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyasiga doir. (vafot etgan)

21. Bo‘riev Tojiboy (1938) - ToshDUni bitirgan (1961). Mexanik va matematik olim. Texnika fanlari doktori (1974), professor (1976), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga doir hodisalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk ta’siridagi bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli konstruktsiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga oid.

22. Buryakov Yuriy Fedorovich (15.03.1934) - O‘rta Osiyo Davlat universigetini bitirgan (1956). Arxeolog, tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1984), O‘zR FA akademigi (1996). Shosh-Iloq arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari (1978-2003).

23. Vlasova Nina Aleksandrovna (05.05.1930) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Tsitoembriolog, biologiya fanlari doktori (1975), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari selektsiya maqsadlarida turli genomli g‘o‘za navlarini embriologik, tsitologik va anatomik tadqiq etishga, chigitda tola va tuklarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan.

24. Valiev Abdulhay Qosimovich (1929-2003) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969), O‘zR FA akademigi (2000). Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati.

Ilmiy ishlari Turkiston ziyolilarining o‘tmishi, ularning jahon ilmi, madaniyati va ma’naviyatiga qo‘shgan buyuk hissalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

25. Glushenkova Anna Ivanovna (1.08.1926) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1938). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1972), professor (1982), O‘zR FAakdemigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1996). O‘zR FA o‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1984-1989).

Ilmiy ishlari tabiiy birikmalar kimyosiga, xususan, chigit va undan olinadigan mahsulotlarni kompleks qayta ishlash masalalariga oid.

26. Granitov Ippolit Ivanovich (12.02.1900 - 31.10.1981.) O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Geobotanik, professor (1960), biologiya fanlari doktori (1961), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgai fan arbobi (1965), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968).

Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo o‘tlokdaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish, o‘tloklar hosildorligini oshirish, ayniqsa, O‘zbekiston gul o‘simliklari va turlarining genezesi masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

27. Gubin Viktor Ivanovich (24.11.1917-22.04.1975) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1941). Geofizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1958), professor (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967), O‘zR FA muxbir a’zosi (1962).

Ilmiy ishlarida frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, temperatura va bosimning ob’ektiv o‘zgarishlarini oldindan hisoblash va bosim bo‘yicha shamol tezligini anikdash usulini ta’riflab bergan, qisqa muddatga ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan. (vafot etgan)

28. Dadabaev Akrom Dadabaevich (1908-12.08.1988) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner olim, biologiya fanlari doktori (1954). O‘zR FA muxbir a’zosi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968). O‘zbekiston Qishloq xo‘jalik akademiyasi vitse-prezidenti (1957-1961).

Ilmiy ishlari: qurg‘okchilik va kasalliklarga chidamli, erta pishar va bargi tez to‘kiladigan, 42 foizigacha tola beradigan g‘o‘za navlarini yaratgan. (vafot etgan)

29. Dolimov To‘rabek No‘’monovich (18.08.1936) - ToshDUni bitirgan (1960). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1981), professor (1985), O‘zR FA akademigi (1995) O‘zMU rektori bulgan.

Ilmiy ishlari burmalangan o‘lkalardagi vulqon jinslarining petrologiyasi va Tyanü Shanning geodinamikasiga bag‘ishlangan.

30. Jalilov Ostan (17.09.1937) - ToshDUni bitirgan (1961). Selektsioner-genetik olim, O‘zR FAakademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (1981), professor (1991). O‘zR FA «Biolog» IIB bosh direktori (1991-1997) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari radiatsion nurlanishning g‘o‘za genetik apparatiga ta’sirini va shu yo‘l bilan olinadigan foydali yo‘nalishdagi mutatsiyalarning nasldan-naslga o‘tishini o‘rganishga bag‘ishlangan.

31. Jo‘raev To‘xtamurod Jo‘raevich (25.10. 1934) - O‘ODUni bitirgan (1958). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O‘zR FAakademigi (1989), ToshDU rektori (1992-1996), O‘zR FA Prezidenti (1995-2000). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974).

Ilmiy ishlari - xususiy hosilali differentsial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga tegishli.

32. Zohidov Tesha Zohidovich (10.05.1906-1981) - O‘ODUni bitirgan (1931). Zoolog olim, biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949), O‘zR FA akademigi (1952-1956), O‘zR FA prezidenti (1952), O‘ODU rektori (1950-1952), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1947), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1971).

Ilmiy ishlari umurtqali hayvonlarni o‘rganishga, zoologiya fanini targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan. U «Qizilqum sahrosining biotsenozi», ikki jildlik «O‘rta Osiyo tabiati va hayvonlar olami» nomli asarlari bilan biologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. (vafot etgan)

33. Ibrohimov Ne’mat (1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Sharqshunos olim, manbashunos, jamoat arbobi, O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1985). Sharqshunoslik instituti rektori (1991-2005). O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy ma’rifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001-2008). Xalqaro Islom Akademiyasining rektori (2018 yildan).

Ilmiy ishlari arab manbalari bo‘yicha O‘rta Osiyo tarixini o‘rganib, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishiga oiddir.

34. Ismoilov Nosir Ismoilovich (27.05.1901-1971) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1929). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), O‘zR FAmuxbir a’zosi (1952), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1951). Ilmiy ishlari me’da-ichak, yurak-tomir va qon kasalliklariga oid. (vafot etgan)

35. Yo‘ldoshev Behzod Sodiqovich (9.05.1945) - ToshDUni bitirgan. (1968). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987), O‘zR FAakademigi (2000). O‘zR FA Prezidenti (2000-2005). O‘zR FA Yadro fizikasi institutining direktori (2005 yil dekabridan).

Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasi institutda jahon standartlariga mos keluvchi radio izotoplarini keng ko‘lamda ishlab chikarish va chetga sotish, mahalliy tog‘-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo‘shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasiga bag‘ishlangan.

36. Yo‘ldashev Toymas Sattievich (30.07.1931) - MDUni bitirgan (1954). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983). O‘zR FAakademigi (1994), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991). O‘zR FA astronomiya instituti direktori (1983-1995).

37. Yo‘ldoshev Sadriddin Xodjaevich (22.02. 1917-24.04.1996) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Biolog olim, biologiya fanlari doktori (1966), professor (1979), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968). 1972 yildan Butun ittifoq Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI) direktori bo‘lgan.

Ilmiy ishlari - g‘o‘za biologiyasi, ayniqsa, uning yotib qolish sabablari, vilt kasalligaga qarshi kurash masalasiga oid. (vafot etgan)

38. Komilov Mirzoyan Mirzaahmedovich (17.10.1936) - N.E.Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtini bitirgan (1960). Informatika va kibernetika sohasi olimi, O‘zR FA akademigi (1994), texnika fanlari nomzodi (1974), professor (1977). "Kibernetika" IIChB qoshidagi Tizimli tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti direktori (1992-1994), O‘zR FA vitse-prezidenti (1994-2000).

Ilmiy ishlari asosan informatika, kibernetika, inson-mashina xamda sun’iy intellekt tizimlarini qurish, echim qabul qilish, tasvirlarni aniqlash nazariyasi va amaliyotiga oid.

39. Kanash Sergey Stepanovich (23.09.1896 - 1975) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925). Selektsioner olim. O‘zR FA haqiqiy a’zosi (1952). Butunittifoq g‘o‘za selektsiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish instituti direktori (1960-1964).

Ilmiy ishlari g‘o‘za biologiyasi selektsiyasi va urug‘chiligi, har xil xromosomali g‘o‘za turlarini o‘rganish usullari masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

40. Karimov Ubaydulla Israilovich (1.04.1920-11.10.1997) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). Sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori (1972), O‘zR FA akademigi (1995). Abu Rayhon Beruniy asarlariga oid tsikl ilmiy tadqiqotlar va uning tarjimasining ilmiy sharhi uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi (1971).

Ilmiy ishlari sharq kimyosi, dorishunosligi, tabobat tarixi kabi sohalarni o‘rganishga oid. (vafot etgan)

41. Lapkin Kuzüma Ivanovich (31.10.1904-19.07.1989) - O‘rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakulütetini bitirgan (1930). Iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori (1966), professor (1968), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964), O‘zR FA akademigi (1979). O‘zR FA vitse-prezidenti (1981-1987). (vafot etgan)

Ilmiy ishlari qishloq xo‘jaligini rejalashtirish va boshqarish, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, qishloq xo‘jaligini rivojigantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga oid.

42. Malütsev Abram Maiseevich (20.04.1897-25.07.1963) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA muxbir a’zosi (1943). Butun ittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida direktor (1942—1955).

Ilmiy ishlari g‘o‘za selektsiyasi va urug‘chiligi genetikasi, bioximiya va geografiyasiga oid. (vafot etgan)

43. Mamadolimov Abdug‘afur Teshaboevich (1947) - ToshDUni bitirgan (1969). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1985), professor (1989), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari chuqur sathli yarim o‘tkazgichlar va elektr o‘tkazuvchan polimerlar fizikasiga oid.

44. Muborakov Ermuhammad Nurupovich (22.04.1944-18.11.1999) - ToshDUni bitirgan (1970). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1989), professor (1991), O‘zR FA akademigi (1994).

Ilmiy ishlari er osti fazoviy inshootlarning seysmik kuchlar ta’sirida deformatsiyalanish, zo‘riqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid. (vafot etgan)

45. Musaev Jo‘ra Azimboevich (5.12.1928) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1948). Genetik olim, biologiya fanlari doktori (1973), professor (1975), O‘zR FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). O‘zR FA o‘simliklar eksperimental biologiya instituti direktori (1982-1984). G‘o‘zaning irsiy toza genetik kollektsiyasini yaratgan. Birinchi bo‘lib allotetraploid g‘o‘zalar belgi va xususiyaglarini o‘rganib, genlarning kombinativ ta’sirida irsiylanishi to‘g‘risidagi genetik nazariyaga asos solgan, g‘o‘zaning "Gulbahor", "Navbahor", "Armug‘on" navlarini yaratishda qatnashgan.

46. Muqimov Komil Muqimovich (14.02.1940) - O‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘qigan (1957 - 1961). Fizik olim, fizika - matematika fanlari doktori (1988), professor (1989), O‘zR FA akademigi (2000). Buxoro universiteti rektori bo‘lgan (1992—2005).

Ilmiy ishlari magnitooptika, yadro, ferrimagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalarga oid. K.Muqimov izlanishlari tufayli magnit hodisalari fizikasi sohasida yangi "kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnito optikasi" ilmiy yo‘nalishi shakllandi.

47. Musaxonov Mirzayusup Mirzamahmudovich (1.09.1943) - MDUni bitirgan (1967). Fizik olim, O‘zR FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1982).

Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan kvant yadrodinamikasiga oid.

48. Muhammadjonov Abdulahad Rahimjonovich (26.12. 1928) -O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1951). Sharqshunos va arxeolog olim, tarix fanlari doktori, O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA tarix va arxeologiya instituti direktori (1980-1983), O‘zR FA vitse-prezidenti (1996-1998), O‘zbekiston tarixi instituti direktori (1996-1998) bo‘lgan. "O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar" jurnalining bosh muharriri (1997 -yildan).

Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo sug‘orma dehqonchilik, irrigatsiya, gidrotexnika hamda dehqonchilik sohalarining vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixiga oid.

49. Mo‘minov Ramzilla Abdullaevich (24.10.1941) - ToshDU ni bitirgan (1963). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1990), O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA fizika-texnika institutida maxsus konstruktorlik buyrosi direktori (1984-1988), O‘zR FA fan va texnika davlat qo‘mitasining Davlat ilmiy-texnika axborot bo‘limi direktori (1996—2002) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob uskunalar yaratishga oid.

50. Mo‘minov Tolib Musaevich (1.11.1943) - SamDUni bitirgan (1965). Fizik olim, O‘zR FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1981). Abu Rayhoi Beruniy nomidagi O‘zbekistoi Davlat mukofoti laureati (1977), Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1981-1987), SamDU rektori (1992-1995), ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1995 yildai).

Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid.

51. Nazarov Baxtiyor Aminovich (17.09.1945) -ToshDUni bitirgan (1966). Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA Til va adabiyot iistituti direktori (1986-1990), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990-1992), ayni vaqtda "O‘zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1986-1994) bo‘lgan. Ilmiy ishlari o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar masalalariga bag‘ishlangan.

52. Oybek Muso Toshmuhammedov (10.01.1905-1.07.1968) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Yozuvchi, shoir, olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zR FA akademigi (1943). «Sharq yulduzi» jurnalining muharriri (1945 - 1957), O‘zbekiston yozuvchilar soyuzi pravleniyasi raisi (1945 - 1950), "O‘zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1958 - 1968).

Oybekning badiiy asarlari chet tillariga tarjima qilindi. "Navoiy" romani Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ilmiy asarlari o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur o‘rganishda, adabiy merosga to‘g‘ri yondashishda katta ahamiyat kasb etdi. (vafot etgan)

53. Olimjonov Rahim Olimjonovich (10.07.1913 - 17.02.1985) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Eitomolog, biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950), O‘zR FA muxbir a’zosi (1952), O‘zR FA Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1958-1961).

Ilmiy ishlari g‘o‘za, beda va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralariga oid. (vafot etgan)

54. Oripov Tohir Fotihovich (7.09.1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Biofizika, ekologiya sohasi olim. Biologiya fanlari doktori (1988), professor (1998), O‘zR FA akademigi (1994 - 95). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (1997), O‘zR FA vitse-prezidenti (1997 yildan) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari oqsil moddalarning bioembranalar bilan ta’sirlanish biospektroskopiyasiga oid.

55. Parpiev Nusrat Agzamovich (14.09.1931) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1976), professor (1981), O‘zR FA akademigi (1995). Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti rektori (1977-1989), Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori (1994—2001).

Ilmiy ishlari kordinatsion birikmalar kimyosiga oid.

56. Popov Vladimir Ivanovich (23.02.1907 - 25.11.1991) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1927). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1939), professor (1940), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1957). O‘zR FA akademigi (1968).

Ilmiy ishlari asosan cho‘kindi jinslarning fatsial komplekslarini aniqlash va fatsial-poleogeografik kartaga tushirish metodikasi va geologik formatsiyalar tasnifiga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

57. Rashidova Sayyora Sharafovna (2.08.1943) - MDUni bitirgan (1965). Kimyogar olima, kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981 yildan), O‘zbekiston Oliy majlisi deputati, Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (1995 yildan). O‘zMU kafedra mudiri (2006 yildan).

Ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi - polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaktsiyalarga oid.

58. Rashidov Tursunboy (1934) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Mexanika sohasi olimi, O‘zR FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1977), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). O‘zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1966-1974), Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat iistituti rektori (1974 - 1979), O‘zR
FA vitse-prezidenti (1985-1992), O‘zR FA Prezidiumi mexanika boshqaruv jarayonlari va informatika bo‘limi raisi (1992 - 1994).

Ilmiy ishlari konstruktsiyalar va inshootlarning seysmodinamikasiga oid.

59. Rasulov O‘tkir Hasanovich (11.07.1939) - O‘rga Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1992), O‘zRFA akademigi (1995). O‘zR FA Elektronika instituti direktori (1985 yildan).

Ilmiy ishlari fizika elektronika va qattiq jism sirti, fizik kimyosi masalalariga oid.

60. Risqiev To‘xtapo‘lat Tursunovich (3.11.1944) - ToshDUni bitirgan (1970). Fizik olim, texnika fanlari doktori (1993), O‘zR FA akademigi (1995). O‘zbekiston Resnublikasi Prezidentining fan, taülim va ijtimoiy muammolar masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi (1993-1994, 1997-2003), O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi (2003 yildan).

Ilmiy ishlari yuqori kontentratlashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan holda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish biologiyasiga oid.

61. Rtveladae Edvard Vasilüsvich (14.05.1942) - ToshDUii bitirgan (1967). Arxeolog, tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (1989), professor (1992), O‘zR FAakademigi (1995), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1985).

Ilmiy ishlari O‘rta Osiyoiing qadimgi va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi, san’ati, madaniyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.

62. Rustamov Husni Rustamovich (21.03.1910) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1932). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1967), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari kislota asos katolitik jarayonlar reaktsiyalariniig genetikasi va mexanizmi hamda adsorbtsiya jarayoni kuchini o‘rganishga bagishlangan.

63. Rustamov Alibek (15.05.1931) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Manbaashunos, tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O‘zRFA akademigi (1995).

Ilmiy ishlari turkshunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga oid.

64. Salihov Shavkat Ismailovich (12.12.1944) - ToshDUni bitirgan (1967). Kimyogar olim, biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1998). 2005 yil mart oyidan O‘zR FA prezidenti.

Ilmiy ishlari oqsillar va peptsidlar tuzilishi hamda xossalarini o‘rganish masalalariga oid.

65. Salohitdinov Mahmud Salohitdinovich (1933-2018) - O‘ODUni bitirgan (1955). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1969). O‘zR FA akademigi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1984). O‘zR FA vitse prezidenti (1984-1985), O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1985-1989), O‘zR FA prezidenti (1988-1994) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari - chiziqli bo‘lmagan xususiy hosilali differentsial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasini hal qilishga bag‘ishlangan.

66. Sarimsoqov Toshmuhammad Alievich (10.09.1915-1995) - O‘ODUni bitirgan (1936). Matematik olim, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942). O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960), Davlat mukofoti laureati (1967), Mehnat qahramoni (1990). O‘ODU (1943-44, 1952-1958), ToshDU rektori (1971-1983) bulgan.

O‘zR FA prezidenti (1947-1952). O‘zbekiston Ministrlar soveti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Davlat Komitetining raisi (1959-1960), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri (1960-1971).

T.ASarimsoqov O‘zbekistonda oliy ta’limning, matematika fanining rivojlanganiga katta hissa qo‘shgan, ko‘plab fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlab etishtirgan. U 1971 yildan Osiyo va Afrika hamkorlik jamiyati O‘zbekiston komitetining raisi edi. (vafot etgan)

67. Satimov Nu’mon Yunusovich (15.12.1939-2006) - MDUni bitirgan (1962). Matematika olim, fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1978). O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, optimal boshqaruv va ziddiyatli jarayonlar nazariyasiga oid. (vafot etgan)

68. Sattorov Jo‘raqul Sattorovich (1938) - ToshDUni bitirgan (1962). A1 kimyogar, tuproqshunos olim. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori (1980), professor (1982), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi (1990), O‘zR FA akademigi (1994). O‘zR FA tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish instituti direktori (1987-1995), SamDU rektori (1995-1999).

Ilmiy ishlari tuproq melioratsiyasi, tuproqshunoslik, agrokimyo va ekologiya, cho‘llashish jarayonining tuproq qatlamiga ta’siri, suv omborlariniig cho‘kindi loyhalaridan o‘g‘it sifatida foydalanish masalalariga bag‘ishlangan.

69. Sa’dullaev Azimbay (9.01.1947) - MDUni bitirgan (1969). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985), O‘zR FAakademigi (1995). Urganch Davlat universiteti rektori (1992—2007), Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi (1997- 2002).

Ilmiy ishlari ko‘p argumentli funktsiyalar nazariyasiga, Kompleks potentsiallar nazariyasiga oid.

70. Sirojiddinov Sa’di Hasanovich (10.05.1920-04.1988) - O‘ODUni bitirgan (1942). Matematik olim va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1953), professor (1956), O‘zR FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1970), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). ToshDU rektori (1966-1970), O‘zR FA vitse-prezidenti (1970-1983), ToshDU rektori (1983-1987) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari ko‘p o‘zgaruvchanli klassik ro‘ihadlarning muhim xossalariga bag‘ishlangan, Markov zanjiri uchun limit teoremalarii umumlashtirish va assimnotik yoyilmalar sohasidagi tadqiqotlardir. (vafot etgan)

71. Sodiqov Obid Sodiqovich (5.11.1913-1987) - O‘ODUni bitirgan (1937). Kimyogar olim, davlat va jamoat arbobi, kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). O‘zR FA akademigi (1947), Itgifoq Fanlar Akademiyasining akademigi (1972), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960), Mehnat qahramoni (1973). ToshDU rektori (1958-1966). O‘zR FA Prezidenti (1966-1984).

O.S.Sodiqov rahbarligida va qo‘l ostida 30ga yaqin nomzodlik, bir necha doktorlik dissertatsiyalari tayyorlangan va himoya qilingan. (vafot etgan)

72. Starodubtsev Sergey Vasilüevich (24.10.1914-19.03.1967) - O‘ODUda o‘qigan (1931), MDUni bitirgan (1935), fizik olim, texnika fanlari doktori (1946), professor (1947), O‘zR FA akademigi (1956), vitse-prezidenti (1956-1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964). O‘zR FA yadro fizikasi instituti direktori (1966—1967).

Ilmiy ishlari fizik elektronika atom yadrosi fizikasi, yadro va radiatsiya fizikasi, radioaktiv izotoplar va nurlardan texnikada foydalanish, sof materiallar texnologiyasiga oid. (vafot etgan)

73. Sultanov Abdulla Sultanovich (13.03.1913—26.10.1983) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1964), professor (1966), O‘zR FA muxbir a’zosi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1973).

Ilmiy ishlari neftni qayta ishlash va neftü kimyosi sanoati organik katalizi muammolariga oid. (vafot etgan)

74. Sultanov Muhammad Alievich (02.02.1915-12.07.1980) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Gelümintolog, biologiya fanlari doktori (1963), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968).

Ilmiy ishlari O‘zbekistonning uy va ov xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan parrandalar gelümintlari, ot oshqozon bo‘qasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar paraziti faupasini o‘rganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagishlangan. (vafot etgan)

75. Sultonov Izzat Otaxonovich (1910) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Adabiyotshunos, dramaturg. Filologiya fanlari doktori (1955), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).O‘zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1948-1953).

Ilmiy ishlari o‘zbek adabiyoti tarixini va Navoiy hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan.

76. Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich (27.01.1935) - MDUni bitirgan (1958). Biolog-biofizik olim. Biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973), O‘zR FA akademigi (1987), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1985). O‘zR FA fiziologiya instituti direktori (1985-1992).

Ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil bo‘lishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, garmonlar, iestinidlar, feromanlar va boshqa biologik aktiv moddalarning membranaga ta’sir qilish mexanizmini o‘rganishga oid.

77. Tashpo‘latov Yunus Tashpo‘latovich (15.08.1932) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim, professor (1980), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari doktori (1978), O‘zR FA akademigi (2000). Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta tsellyulozasi texnologiyasi ilmiy tekshirish instituti direktori bo‘lgan (1974-1983).

Ilmiy ishlari paxta tsellyulozasi va uning modifikatsiyalangan xillarini rentgenozatik va IK spektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilishga mahalliy xom ashyolardan pishiq materiallar olishga oid.

78. Tursunmuhamedov Sattor Fazilhaqovich (11.01.1929) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972), O‘zR FA akademigi (2000). Toshkent Davlat pedagogika instituti rektori (1980-1983).

Ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo‘jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining farqlanishi, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik sohalariga bag‘ishlangan.

79. Tolipov Shukur Tolipovich (5.01.1908-1980) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1948), profsssor (1949), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1950), Qozog‘iston FA akademigi (1967 y.).

Ilmiy ishlari nodir va tarqoq elementlarni turli tog‘ jinslari va ishlab chiqarish mahsulotlarida aniqlashning yangi metodlariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

80. Troitskiy Vitaliy Ivanovich (13.07.1932) - O‘rta Osiyo Politexnika Institutini bitirgan (1956). Geolog injener. Geologiya fanlari doktori (1967) professor (1968). O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995), Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi (2008).

81. Umarov G‘iyos Yoqubovich (25.12.1921 - 21.12.1988) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1943). Fizik olim. Texnika fanlari doktori (1967), professor (1968), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968). Ilmiy ishlari yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. (vafot etgan)

82. Usmanov Hamdam Usmanovich (16.10.1916 -5.07. 1994) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O‘zR FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1966). O‘zR FA kimyo instituti direktori (1952—1956), O‘zR FA o‘simliklar kimyosi instituti direktori (1956-1959), O‘zR FA Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959-1962).

Ilmiy ishlari tsellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, paxta qoldiqlari, ftor polimerlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

83. Usmanov Fayzulla Asadullaevich (30.04.1935) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1969). Geolog olim. Geologiya va minerologiya fanlari doktori (1979), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1998). O‘zR FA geologiya va geofizikasi instituti direktori (1992-2000) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari geologik tadqiqotlarni matematik almashtirish va kompüyuterlashtirishga bag‘ishlangan.

84. Umidova Zulfiya Ibrohimovna (1.07.1897-17.04.1980) - Turkiston Davlat Universitetini bitirgan (1922). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining muxbir a’zosi (1948), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1949).

Ilmiy ishlari o‘pka patologiyasiga va issiq iqlim sharoitida yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashga, shuningdek, sog‘lom odamning yurak-tomir sistemasi va miokard-infarktiniig klinik xususiyati hamda tonus tomirlar kamchiligining boshqa shakllarini yoritishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

85. Fayzullaev Jorulla Fayzullaevich (11.02.1924-24.10.1992) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1948). Gidromexanik olim, texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). O‘zR FA muxbir a’zosi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1992).

Ilmiy ishlari suyuqlik va ko‘p fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sug‘orish gidrodinamikasiga oid. (vafot etgan)

86. Farmonov Shokir Qosimovich (20.02.1941) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1963). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari Markov zanjiri bo‘yicha boshlang‘ich tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun ilmiy teoremalar yaratishga oid. (vafot etgan)

87. Filatov Alsksandr Nikolaevich (1.10.1930) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1953). Matematik va mexanik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1969), professor (1970), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari asosan differentsial va integro-differentsial tenglamalar nazariyasiga asiptotik usullarni qo‘llashga oid.

88. Xayrullaev Muzaffar Muxitdinovich (17.11.1931-26.03. 2004) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Filosof olim. Falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967), O‘zR FA akademigi (1989).

O‘zR FA filosofiya va huquq instituti direktori (1961-1970, 1975-1980) bo‘lgan. So‘ng O‘zR FA Sharq qo‘lyozmalar instituti direktori (1980-1987, 1993-2004) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo xalqlari falsafiy tafakkuri tarixi, madaniyat va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

89. Shermuhammedov Said (12.05. 1930) - SamDUni bitirgan (1953). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992), O‘zR FA akademigi (2000).

O‘zbekiston KP Markaziy komitetida Fan va madaniyat bo‘limi mudiri o‘rinbosari (1964-1965), madaniyat bo‘limi mudiri (1965-1970). O‘zbekiston maorif vaziri (1970-1984), O‘zbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984-1985), O‘zbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990 yildan).

Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqa muammolarga bag‘ishlangan.

90. Tsuksrvanik Isak Platonovich (23.05.1901-21.04.1968) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1940), professor (1940), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1942), O‘zR FA akademigi (1966).

Mendeleev nomli Bugunittifoq kimyogarlar jamiyati Respublika boshqaruvining raisi bo‘lgan (1942-1957).

Ilmiy ishlari aromatik birikmalarni aniqlash va atsillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida aniqlash usullarini ishlab chiqqan. (vafot etgan)

91. Yudaxin Konstantin Kuzmich (31.05.1890 - 22.02. 1975) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925). Tilshunos, sharqshunos olim. Professor (1940), O‘zR FA muxbir a’zosi (1952), Qirg‘iziston FA akademigi (1955). «Qirg‘izcha-ruscha lug‘at» uchun 1967 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ilmiy ishlari lug‘atchilikka, turkiy tillar dialektologiyasiga oid. (vafot etgan)

92. Yunusov Sobir Yunusovich (18.03.1909 - 29.11.1995) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), O‘zR FA akademigi (1952), Ittifoq FA muxbir a’zosi (1958), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1959), Leopolüdin nomli nemis tabiatshunoslari akademiyasining akademigi (1962), Mehnat Qahramoni (1969).

O‘zR FA vitse-prezidenti (1952-1962), O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1958-1983) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari yangi alkoloidli o‘simliklarni izlash, yangi topilgan alkoloidlarning tuzilishini aniqlash va ularni amaliyotga joriy qilishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

93. Yunusov Muhammadjon Sobirovich (5.01.1932 - 15.10. 2002) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955).Fizik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1983), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boyitilgan yarim o‘gkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli ko‘rinishdagi energiyalar va chuqur yurib boruvchi nurlar ta’sir etganda yuz beradigan elektr jarayonlarini tekshirishga oid. (vafot etgan)

94. Yusupov Erkin (1929-2003) - O‘ODUni bitirgan (1951). Faylasuf olim va jamoat arbobi. Falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966), O‘zR FA akademigi (1979), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1979). O‘zR FA vitse-prezidenti (1979-1989), ToshDU rektori (1990-1992) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq tarix, siyosatshunoslik, ma’naviyat, mafkura masalalariga oid. (vafot etgan)

95. O‘razbaev Muhammad Toshevich (20.05.1906-9.05.1971) - O‘ODUning ishchi fakulütetini bitirgan (1928). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1947), professor (1938).

O‘zR FA akademigi (1956), Ittifoq qurilish va arxitektura akademiyasining haqiqiy a’zosi (1957), Davlat mukofoti laureati (1959), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1967) laureati. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960).

O‘zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1947-1957). Toshkent Politexnika instituti rektori (1963-1971).

Ilmiy ishlari asosan mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga oid. (vafot etgan)

96. Qori Niyoziy - Toshmuhammad Niyozovich (2.09. 1897-18.03.1970). O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1921). Matematik olim, pedagog, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1930), professor (1931), O‘zR FAakademigi (1943), O‘zR FA birinchi prezidenti (1943-1947), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939), Mehnat qahramoni (1967). Ikki marta Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ilmiy ishlari o‘zbek matematika atamashunosligi va oliy matematika darsligi (o‘zbek tilida), O‘zbekiston xalqlarining madaniyati tarixi masalalariga bagishlangan. (vafot etgan)

97. Qayumov Azizxon Po‘latovich (1926-2018) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). O‘zbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1961), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1986).

O‘zR FA til va adabiyot instiguti direktori (1958-1961) bo‘lgan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1974-1979), Hamid Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar instituti direktori (1979).

Ilmiy shshlari Navoiy hayoti va ijodini, o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o‘rganishga oid.

98. Qosimov Akmaljon (1937 - 2004) - ToshDUni bitirgan (1961). Bioximik olim. Biologiya fanlari doktori (1978), professor (1978), O‘zR FAning akademigi (2000). Andijon pedagogika instituti rektori (1976).

Ilmiy ishlari biologik membranalarga radioaktiv nurlar va boshqa fiziologik aktiv moddalarning ta’sir mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

99. Qo‘shjonov Matyoqub (5.05.1918-16.08.2005) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1950). Adabiyotshunos olim, tanqidchi. Filologiya fanlari doktori (1972), professor (1975), O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978). O‘zR FA til va adabiyot instituti direktori (1975-1987) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari hozirgi o‘zbek adabiyotining nazariy muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

100. Qo‘chqortoev Iristoy (5.07.1936-2002) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1958). O‘zbek tilshunosi, pedagog. Filologiya fanlari doktori (1979), professor (1983), O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari hozirgi adabiy o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

101. Katsepolüskiy Iosif Samuilovich (10.10.1903 - 2.10. 1976) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1960), professor (1967), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968).

Ilmiy ishlari mahalliy tsementlarning qotish va emirilish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan, mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida gurland-tsementining yangi turlarini olish va sanoatda qo‘llashga oid. (vafot etgan)

102. G‘ulomov Ulug‘ G‘ofurovich (1933-1990) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Fizik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O‘zR FA muxbir a’zosi (1974). O‘zR FA Yadro fizikasi iistituti direktori bo‘lgan (1969-1978).

Ilmiy ishlari Yadro fizikasiga oid. Yadro moddalarining favquloddagi holatlari uchun yadro-yadro to‘qnashuvlarini o‘rganishning yangi metodlarini ishlab chiqqan. (vafot etgan)

103. Hamrabaev Ibrohim Hamrabaevich (5.05.1920-24.06.2002) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1942). Geolog olim. Geologiya fanlari doktori (1957), professor (1958). O‘zR FA akademigi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1970).

O‘zR FA H.M.Abdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti direktori (1960 yildan) bo‘lgan.

Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo magmatizm, ayrim kompleks formatsiyalarning geoximik va metallogenik xossalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)

104. Hojisv Azim (18.12.1933) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1975), O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (2000).

Ilmiy ishlari O‘zbek tilshunosligining grammatika, orfografiya, leksikologiya, leksikografiya kabi sohalarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

105. Hojiev Javdat (4.07.1938) - MDUni bitirgan (1962). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1977), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990). O‘zR FA akademigi (2000).

Ilmiy ishlari invariantlar nazariyasi va tasvirlar nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan.

106. Habibullaev Po‘lat Qirg‘izboevich (14.10. 1938) - O‘ODUni bitirgan (1960). Fizik olim, jamoat va davlat arbobi. Fizika matematika fanlari doktori (1971), profeesor (1972), O‘zR FA akademigi (1984, Rossiya Texnologiya FA akademigi (1992).

O‘zR FA vitse-prezidenti (1979-1984), Prezidenti (1984-1988) bo‘lgan. Abu Rayhon Beruiiy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). Ilmiy ishlari akustika, optika, radiatsion va lazer fizikasi, yadro va issiqlik fizikasi masalalariga oid.
Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ďđîôĺńńîđ-˘ęčňóâ÷čëŕđ ńîíč
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaőassislik magistratura