Toshkent Davlat universiteti

Ikkinchi jahon urushidan keyingi birinchi o‘n yillik (1945—1955) davomida universitetning o‘quv bazasi yanada kengaydi, ilmiy-tadqiqot ishlari rivoj topdi. O‘zbekistonda erli kadrlarning o‘quv va ilmiy ishlarga faol jalb qilinishi natijasida reevakuatsiya (urush paytida evakuatsiya qilingan olimlarning o‘z yurtlariga qaytishi) sharoitiga qaramay, universitet nafaqat o‘zining avvalgi salohiyatini saqlab qololdi, balki yangi zafarlarga ham erishdi. 1947 yili huquqshunoslik fakulüteti ish boshladi va 1951 yildan alohida institut sifatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, 1955 yilga kelib yana O‘ODU tarkibiga kiritildi. O‘tgan o‘n yillik davomida o‘qituvchilar jamoasi 485 kishiga ko‘paydi, ngundan 38 nafari professor va 152 tasi dotsent edi.

1956 yildan keyin universitet faoliyatida bir qadar ko‘tarilish yillari bo‘ldi. Nohaq qatag‘on qilingan ziyolilarning igsha qaytishi, mamlakatda yuz bergan «eruvgarchilik» sharoiti ilm-fan taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay ko‘ymadi.

1960 yilning aprelidan O‘rta Osiyo davlat universiteti Toshkent davlat universiteti deb ataldi.

1961-1969 yillarda Toshkent davlat universiteti ittifoqning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biriga aylandi. Uning shuhrati nafaqat sobiq shtifoq hududi, balki xorijiy mamlakatlarga ham yoyildi. Endi bu oliy o‘quv yurti O‘zbekiston yoki O‘rta Osiyo uchun emas, balki barcha rivojlanayotgan Sharq mamlakatlari uchun ham ziyoli kadrlar etishtirib beruvchi maskanga aylandi. Bu yo‘ialishda universitetda xorijiy talabalar uchui tayyorlov fakulüteti int boshladi. Tayyorlov fakulüteti xorijiy talabalarga o‘zbek va rus tillarini o‘rgatish bo‘yicha muayyan yutuqlarga erishdi. Ayni yillarda tayyorlov fakulütetini 20 dan ortiq Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridan kelgan mingdan ortiq talaba tamomlab, universitet fakulütetlariga va boshqa oliy o‘quv yurtlariga yo‘l oldilar.

Mamlakatda urush tufayli kadrlar tanqisligi kelib chiqqai, gortimiz ilmiy salohiyatini opgarish uchun esa birgina kunduzgi bo‘lim faoliyati etarli emas edi. Shuning uchun ham universitetda 1956 yildai sirtqi bo‘lim va 1959 yildan kechki bo‘lim ish boshladi. Universitet rektori akademik T.A.Sarimsoqov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlangandan so‘ng uning o‘rnida akademik O.S.Sodiqov faoliyat yuritdi.

XX asrning 60-yillaridan e’tiboran nafaqat poytaxt yoshlari, balki butun respublikada fan va ta’lim bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlapshi kengaytirish uchun qabul jarayonida viloyatlardan kelgan talabalarga alohida imtiyozlar yaratila boshladi. Har bir mugaxassislik bo‘yicha viloyat talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda talabgorlarni muayyan reja asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

1965-69 yillar davomida universitetdagi dissertatsiyalar himoyalari bo‘yicha ixtisoslapggan ilmiy kengashlarda 35 doktorlik va 410 nomzodlik dissertatsiya-lari yoqlandi. 1967 yili ToshDU olimlaridan bir qanchasi mamlakatning eig nufuzli mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlandi.

1970 yillardan universitetda ko‘plab fan sohalari bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlar rivojlandi, avvaldan mavjud bo‘lgan ilmiy maktablar faoliyati kengaydi, ularning safi zamonaviy olimlar hisobiga yangilandi. 1966-1970 yillar davomida ToshDU olimlari 10 problematik va 14 ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha Fanlar akademiyasiiiig ishlarini rivojlantirishga yordam berdi. 1967 yildan ToshDU sobiq ittifoqdagi 25 etakchi oliy o‘quv yurtining biriga aylandi. 1970 yili universitetning 25 olimiga respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi ilmiy unvoni berildi.

Talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish uchun studentlar ilmiy jamiyatlari (SNO) ishi yo‘lga qo‘yildi. ToshDU talabalari sobiq ittifoqning markaziy shaharlarida ham ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etadigan bo‘ldilar. Agar 1958 yili O‘ODUda mintaqa bo‘yicha birinchi studentlar ilmiy konferentsiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, bu jarayon 70-yillarga kelib doimiy harakat kiluvchi ilmiy jamiyaggga aylandi. Universitetning sobiq talabalari hozirgi kunda ilm-fanning etuk darg‘alariga aylangan.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda universitet fakulütetlari hamda tarmoq institutlari rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi. Ayrim fakulütetlarning taraqqiyoti bevosita universitet ilmiy salohiyatining kengayishiga va mamlakat ilm hamda ziyo o‘chog‘iga aylanishiga sabab bo‘ldi.

Kimyo fanining rivojlanishi natijasida ushbu fakulütetda qator ilmiy yangiliklar qo‘lga kiritildi. Kimyoning yangi sohalari o‘z faoliyatini kengaytira boshladi. 1979 yilda Polimerlar kimyosi kafedrasi, 1982 yilda Umumiy kimyo kafedralari tashkil qilindi. Fakulütetda kimyo fanining dolzarb sohalari bo‘yicha kafedralar qoshida muammoli laboratoriyalar tashkil etildi.

Respublikada biologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan biologiya fakulütetida ham bu yillar qator ilmiy yutuqlarga erishildi. Bu davrga kelib ijtimoiy-gumanitar fakulütetlarning rivoji alohida ahamiyat kasb etdi. Mamlakat ziyolilariniig asosiy maskani bo‘lgan Toshkent davlat universiteti falsafa va iqtisodiyot, huquq va tarix, filologiya ilmining turli sohalari bo‘yicha qator yangiliklarni qo‘lga kiritdilar. Bu jihatdan Tarix va Falsafa fakulütetlarining olimlari erishgan yutuqlari ayniqsa e’tiborlidir.

Tarix fakulüteti tashkil topgandan buyon yurtimiz uchun zarur bo‘lgan ko‘plab mutaxassis kadrlarni voyaga etkazdi. Yaqin o‘tmishda kechgan turli siyosiy voqealar fakulütet hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Biroq har qanday davrda ham Tarix fakulüteti o‘z an’analarini yo‘qotmadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi fakulütet va uning irofessor-o‘qituvchilari hayotida tub burilish yasadi. Tarixni xolisona o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Falsafa fakulüteti 1963 yildan Tarix fakulüteti tarkibida bo‘lim sifatida, 1979 yilda Falsafa-iqtisod fakulüteti tarkibida falsafa, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya bo‘limlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan Falsafa fakul’teti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi.

1979 yilda Tarix fakulüteti tarkibidan falsafa, iqtisod va psixologiya bo‘limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi Falsafa-iqtisod fakulüteti tashkil qilindi va «Jamiyat ijtimoiy tuzilishini o‘zgartirishning siyosiy jihatlari» ilmiy maktabiga asos solindi. Bu esa falsafa faniiing yanada chuqur va keng o‘rganilishi yo‘lidagi yangi dadil qadam bo‘ldi. Yangi kafedralar tashkil qilinib, falsafani o‘qitishga differentsial yondashuv shakllandi.

1972 yilda O‘rta Osiyo va Qozogiston hududida birinchi marta keng tarmoqli psixolog kadrlar tayyorlash uchun universitetning tarix fakulüteti qoshida psixologiya bo‘limi ochildi. Shu yillar oralig‘ida 1800 dan ortiq psixolog mugaxassislar tayyorlandi. Ularning 150 nafaridan ortiqrog‘i Afg‘oniston, Vüetnam, Kambodja, Kuba, Laos, Mo‘g‘uliston, Yaman kabi xorijiy mamlakatlarning fuqarolari hisoblanadi. Sobiq bitiruvchilar ichidan 20 ga yaqin fan doktori, 200 ga yaqin fan nomzodi etipgib chiqdi. Ular respublika hamda Rossiya, Ukraina, Moldaviya va Markaziy Osiyo davlatlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Universitet filologiya ilmining taraqqiyotida asosiy ilmiy maskan hisoblanadi. Dorilfunun tangkil topgan dastlabki yillardanoq uning faoliyatida Munavvarqori, Abdurauf Fitrat, Shokirjon Rahimiy singari olimlar dastlabki milliy darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratgan edilar. 60-70 yillarda filologiya fakulüteti nafaqat pedagog o‘qituvchilarni, balki yuzlab shoir va adiblarni etishtirib chiqargan ma’rifat maskaniga aylandi. Bu yillarda fshyulogiya ilmining til, adabiyot, folüklorgaunoslik, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar yo‘nalishlarida qator ishlar qilindi. Ayniqsa, professor G‘.Karimov tomonidan tashkil etilgan adabiy merosni o‘rganish ilmiy maktabi bu sohadagi eng etuk ilmiy markazlardan sanaladi. Tarixan 1918 yilda tashkil etilgan Adabiyot sho‘’basi bag‘rida O‘zbek adabiyoti tarixi, Hozirgi o‘zbek adabiyoti, Jahon adabiyoti va nazariyasi, O‘zbek tilshunosligi va Umumiy tilshunoslik kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. Ularda M.Ko‘ngjonov, S.Mamajonov kabi taniqli akademiklar ishladilar. Ayni 70-80 yillari mamlakat filologiya shshi taraqqiyotga erishuvida Subutoy Dolimov, Ozod Sharafiddinov, Laziz Qayumov, Umarali Normatov, Abdug‘afur Rasulov singari olimlar sidqidildan mehnat qildilar.

Ijodkorlar maskaniga aylangan fakulütetda ilm olgan Oybek, Muxtor Avezov, Asqad Muxtor, O.Yoqubov. P.Qodirov, Sh.Xolmirzaev, O‘.Hoshimov kabi xalq yozuvchilari o‘z ijodi bilan badiiyat xazinasini boyitishga munosib hissa qo‘shdilar. Ayni shu fakulütetdan O.Sharafiddinov, E.Vohidov, AOripov kabi O‘zbekiston qahramonlari etishib chiqdi.

Universitet tarkibidagi rus va xorijiy filologiya fakulütetlari nafaqat yurtimiz yoki mintaqa uchun, balki jahon filologiyasining shu sohasi uchun ham etuk kadrlar tayyorlashda alohida rolü o‘ynadi. Bu jihatdan G.Vladimirov, L.L.Kim, T.Solihov, AAbduazizov kabi olimlarning ilmiy faoliyati e’tiborlidir.

Toshkent davlat universiteti 1945-1990 yillar davomida erishgan ilmiy va ma’rifiy yutuqlarni bir nuqtaga jamlash qiyin. Ayniqsa, ushbu yillar ilm-fanning ham, ma’rifat va adabiyotning ham taraqqiyot davri bo‘lgani uchun bu davrda yaratilgan minglab ilmiy va badiiy asarlar universitet olimlari va u etishgirgan ijodkor ziyolilar faoliyatining mahsulidir.

1970 yillardan universitetda ko‘plab fan sohalari bo‘yicha ilmiy yo‘nalinshar taraqqiy etdi, avvaldan mavjud bo‘lgan ilmiy maktablar faoliyati kengaydi, ularning safi zamonaviy olimlar hisobiga yangilandi.
Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura