2019-YIL HISOBOTI

HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

O‘zbekiston milliy universiteti tomonidan 41 ta xorijiy davlatlarning 200 ta xorijiy oliy ta‘lim muassasa va tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatilib, hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolangan. 

Universitetda 2019-2020 o‘quv yilida 583000 AQSh dollari hajmdagi 12 ta xalqaro grantlar mavjud bo‘lib, shulardan 3 nafari 2019 yilda qo‘lga kiritilgan.

2019 yilda 10 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, o‘quv-kurs va tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, xalqaro simpozium va konferensiyalar doirasida O‘zbekiston milliy universitetida 180 nafarga yaqin AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Pol‘sha, Turkiya, Mongoliya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan tashrif buyurgan oliy toifadagi xalqaro mutaxassislar ishtirokida master klass hamda seminar-treninglar  tashkil etildi.

Xorijiy oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan 30 ta kelishinuv memorandumi hamda hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Ularga muvofiq, talaba hamda doktorantlarning 23 nafari xorijda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan, 26 nafari konferensiya, seminar-trening, o‘quv kurslarida ishtirok etgan, 16 nafari xorijda o‘qish va amaliyot o‘tashi uchun hamda 1 nafar talaba Yaponiyaning STEP@TUAT dasturi doirasida Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti magistraturasida o‘qishga yuborilgan. Shuningdek, 30 ta xorijlik talaba va magistrant (Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) O‘zbekiston Milliy universitetida stajirovka o‘tagan. 

41 nafar xorijiy mutaxassis universitet o‘quv jarayoniga jalb qilingan, shundan 11 nafari (full position) doimiy faoliyat olib borgan.

15 ta xorijiy grantlardan 5 tasi 2019 yilda qo‘lga kiritilgan.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 15 ta grant loyihasi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda tayyorlanib, Erasmus+ Komissiyasiga taqdim etilgan. 

33 nafar xorijlik (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya, Mongoliya) fuqaro universitetga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. 


ChET ELLIK MUTAXASSISLAR

2019 yil mobaynida 60 nafar yetakchi xorijiy oliy ta‘lim va ilmiy muassasalarining professor-o‘qituvchilari universitet o‘quv jarayoniga jalb qilindi.  

Hozirgi kunda universitetda 12 nafar xorijlik professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. 

Shulardan:

Xorijiy filologiya fakul‘tetida: 

1.Simon Krechmer – Germaniya fuqarosi, Germaniyaning DAAD lektori;

2.Jabert Anne Xelene Dolli – Fransiya fuqarosi, Fransiyaning Mans universiteti o‘qituvchisi;

3.Frans Veorli – Fransiya fuqarosi, Fransiyaning Sorbonna professori;

4.Seol Von Tai – Koreya Respublikasi fuqarosi, professor;

5.Mina Gavel‘ –AQSh fuqarosi, Konkordia universiteti professori;

6.Lidvin Marie Torteru – Fransiya fuqarosi, Anje universiteti o‘qituvchisi;

7.Rafael‘ Luve –Fransiya fuqarosi, Lion-2 Lumier universiteti o‘qituvchisi;

Tarix fakul‘tetida

1.Velsford Tomas Alan Mills – Buyuk Britaniya fuqarosi, Oksford universiteti Ol Souls Kolledj tadqiqotchisi, o‘qituvchi;

Fizika fakul‘tetida: 

1.Nakamuro Katsuhiro – Yaponiya fuqarosi, Yaponiyaning Osaka universiteti professori;

2.Letfullin Renat – AQSh fuqarosi, Rouz Xolman Texnologiya instituti o‘qituvchisi;

Taekvando va sport faoliyati fakul‘tetida

2.Bek Mun Jon – Koreya Respublikasi fuqarosi, professor;

O‘zbek-Isroil qo‘shma "Yuqori texnologiyalar va muhandislik matematikasi" fakul‘tetida: 

1. Yuldashev Tursun Kamaldinovich – Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, dosent;

o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.

ҲČŃÎÁÎŇ_Őŕëқŕđî_ŕëîқŕëŕđ_á˘ëčěč_02_03_2020_ßÍĂČ (2).pdf


Xalqaro hamkorlar
Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaőassislik magistratura