2019-YIL HISOBOTI

OʼZMU XODIMLRI V TLBLRINING

XLQRO MOBILLIGI

2019 yil davomida professor-oʼqituvchilar va xodimlarning 203 nafari, doktorantlardan 26 nafari, magistrantlardan 22 nafari, bakalavrlardan 25 nafari chet el OTMlarda malaka oshirib, konferentsiya va seminarlarda ishtirok etib, oʼqib kelganlar. Jami: 276 nafar (2018 y. 167 nafar; 60,5% oʼsish).

2019-2020 oʼquv yili mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi El-yurt umidi jamgʼarmasi doirasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida malaka oshirish, stajirovka oʼtash, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun 33 nafar universitet professor-oʼqituvchi, hodim, doktorant va magistrantlari gʼolib deb topilib, dekabr oyi holatiga 25 nafar stipendiatlar xorijiy OTMlarda malaka oshirib stajirovka oʼtash uchun yuborildi.

Universitetning 16 nafar oʼqituvchi va xodimlar Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyaning yetakchi universitetlariga doktoranturada (PhD) oʼqimoqda.

Universitet bitiruvchilaridan 38 nafari hozirgi kunda xorijning yetakchi OTMlarida (QShning Nyu York universitetida, Shveytsariyaning Qirollik texnologiya universitetida, Yaponiyaning Tokio qishloq xoʼjaligi universitetida, Polshaning Oliy iqtisod va texnologiyalar maktabida, Rossiyaning Moskva davlat universitetida hamda Germaniyaning Xoenxaym universitetida) magistraturada taʼlim olmoqda.

 

RSMIY TSHRIFLR

2019 yil 14 avgustda QShdan Nyu Xeyven universitetining professori Mark Xarvey Mexlman, 2019 yil 12 sentyabrda Ispaniyadan Nebrixa universitetining professori Xoakin Espalager Iberni, Soraya Loano va Salome Yusefian, 2019 yil 13 sentyabrda Yaponiyadan Fudjika Nuriyasu va Dmitriy Malshev, 2019 yil 16 sentyabrda Indoneziyadan irlangga universitetining professori Ni Nyoman Tri Puspaningsix, 2019 yil 27 sentyabrda Kanadadan lberta universitetining professori Den Fredrik Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

2019 yil 8 oktyabrda Turkiyadan test markazi mutaxassislari, 2019 yil 23 oktyabrda Xitoydan Ekologiya va geografiya Sindzyan institutining direktori Djang Yuangming, direktor oʼrinbosarlari Djilili bduvaili va Li Yaominglar Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

2019 yil 8 noyabrda Hindistondan Manipal universitetining xalqaro aloqalar boʼyicha direktor djay Sharma, 2019 yil 9 noyabrda Rossiyadan Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetining rektori O.N.Poluxin, 2019 yil 22 noyabrda Italiyadan Milan universitetining xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori Marina Karini, Milan universitetining xalqaro ishlarlar boʼyicha rektor oʼrinbosari Franchesko Galli, Insurbiya universitetining xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori Djiordjio Zamperetti Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

2019 yil 2 dekabrda QShdan Michigan universitetining professori Timur Kojauglu, 2019 yil 2 dekabrda Buyuk Britaniyadan Britaniya xalqaro savdo departamenti mutaxassisi Ros Land, 2019 yil 9 dekabrda Frantsiyadan Puate universitetining Erasmus loyihasi boʼyicha koordinatori Patris Naudin, professor Litsiya Bagini, professor Korrin Delbart, Frantsiya elchixonasining taʼlim boʼyicha attashesi Sofi Djudi, 19 dekabrda Rossiyadan TDU qoshidagi Iqtisod va menejment instituti direktori oʼrinbosari V.V.Makoveeva va Belgiyadan VoteWatchEurope kompaniyasining prezidenti Doru Peter Franteskui, kompaniya tadqiqotchisi David Ferrari, 20 dekabrda Vengriyadan Korvinus universiteti qoshidagi Markaziy Osiyoni oʼrganish markazi direktori Marton Krasnay, 23 dekabrda Rossiyadan TDU qoshidagi Iqtisod va menejment institutining kafedra mudiri Ye.N.Kamshanchenko va Ispaniyadan Ispan-Oʼzbek assotsiatsiyasi vakili Fernando Moragan, 24 dekabrda Pokistondan Peshavar universitet qoshidagi Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyoni oʼrganish markazi direktori Shabir xmad Xan Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

 OʼZMU XODIMLRI V TLBLRINING

XLQRO LOQLR MIQYOSIDGI YUTUQLRI

 Professor-oʼqituvchilarning 18 nafari dunyoning 1000 taligiga kirgan oliy taʼlim muassasalarida oʼquv mashgʼulotlari (maʼruza, amaliy mashgʼulot, seminar-trening) olib borgan. Jumladan, Varshava universiteti, Kel universiteti, Fudan universiteti, Milliy tadqiqot yadro universiteti MIFIda, M.vezov nomidagi Janubiy Qozogʼiston davlat universitetida.

130 nafar professor-oʼqituvchi va ilmiy xodim xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida oʼtkazilgan konferentsiya, seminar-treninglarda ishtirok etgan.

31 nafar professor-oʼqituvchi va ilmiy xodim El-yurt umidi jamgʼarmasi hamda boshqa loyihalar doirasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasasi va ilmiy markazlarda malaka oshirgan va stajirovka oʼtagan.

 TLIM EKSPORTI

2019-2020 oʼquv yilida universitetda jami 73 nafar xorijiy fuqarolar shartnoma asosida tahsil olmoqdalar.

Ular Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Saudiya rabiston Qirolligi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston, Koreya Respublikasi, Qozogʼiston Respublikasi, Turkiya, Mongoliya kabi davlatlardan kelishdi.

Universitet Qozogʼiston Respublikasining Silkway Xalqaro universiteti va Qirgʼizistonning Osh davlat universiteti bilan doimiy ravishda talabalar, magistrantlar va doktorantlar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Ushbu akademik mobilligi doirasida 2019 yil davomida 30 nafar xorijlik talabalar va magistrantlar OʼzMUda bir oy muddatdan bir semestr muddatga qadar oʼqib kelgan.


OzMUda xorijlik talabalar
Asosiy korsatkichlar
1182 Professor-oqituvchilar soni
15275 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
91 Mutaassislik magistratura