Axborot resurs markazi

Kislitsina Irina Livovna
Axborot resurs markazi direktori,
Qabul Seshanba-Payshanba, 10:00 - 12:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +99871246-67-71
Faks
e-mail Kislitsina_il@nuuz.uz

AXBOROT- RESURS MARKAZI TARIXI VA TARKIBI

O`zbekiston Milliy universiteti o`z faoliyatini 1918 yil 12 maydan boshladi, universitet bilan bir vaqtda kutubxona ham shakillanib bordi. 1920 yillarda kutubxonaning kitob fondi 75 ming nashr birligini, 40- yillarda kutubxonaning fondi 500 ming nashr birligini, 60-yillarda 1 million nashr birligini, 80-yillarda 2,5 million nashr birligini tashkil qildi. 1920 yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 1 ming kishi, 40-yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 4 ming kishi, 60-yillarda 7 ming kishi, 80-yillarda 21 ming kishiga ortdi.

1938 yilda Ilmiy kutubxona o`z fondi va miqyosi bo`yicha Butunittifoq Oliy maktablar ishlari komitetining buyrug`iga asosan, mamlakatdagi 30 ta yirik kutubxonalar qatoriga kiritilgan, 1969 yilda esa, Ilmiy kutubxona statusi berilgan. 1944 yilda Ilmiy kutubxona ikkinchi toifaga ko`chirildi, 1990 yilda Ilmiy kutubxona xodimlariga mehnat haqi to`lash bo`yicha birinchi toifaga ko`chirildi.

Ilmiy kutubxona 1976 yil 16 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyrug`iga asosan O`zbekiston OTMlari kutubxonalarining uslubiy markazi qilib tasdiqlandi. 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PP-381 Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan kutubxona sohasidagi ish faoliyati axborot telekommunikatsiya texnologiyasini amalga oshirishga va an`anaviy shakldan zamonaviy ish shakliga o`tishga yo`naltirilgan, 2012 yilda M. Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining Axborot-resurs markazi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 20 iyundagi 250-sonli buyrug`iga asosan KARMAT (Korporativ Axborot-Resurs Markazlarining Avtomatlashtirilgan Tizimi) dasturi bo`yicha Respublika Axborot-resurs markazlarining yig`ma elektron katalogini tuzish uchun Uslubiy markaz qilib tayinlandi. 
 Xozirgi vaqtda yagona kompleks, Axborot-resurs markazining hamma 3 funktsional bo`limlarini, 10 ta fakultet Axborot-resurs markazi xizmat ko`rsatish bo`limlari, 510 o`rinli o`quv zallari, Nodir qo`lyozmalar muzeyini o`z ichiga oladi. Axborot-resurs markazi universitet o`quv jarayoni, hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etadi. Universitet kutubxonasining asosiy vazifasi avvalo universitet professor-o`qituvchilarini va o`quv jarayonini ilmiy, badiiy, o`quv adabiyotlari bilan ta`minlashdir. Axborot-resurs markazi universitetning hamma kategoriyasidagi kitobxonlar uchun differentsial xizmat ko`rsatadi. 

  •     Bugungi kunda Axborot- resurs markazining kitobxonlar soni - 7765
  •     Yillik davomat soni - 365 ming dan ortiq
  •     Yil davomida berilgan adabiyotlar soni - 740 ming dan ortiq

Axborot-resurs markazi ishchi xodimlar soni 65 ta shundan oliy ma`lumotlilari - 30 ta, o`rta ma`lumotlilari - 23ta, o`rta maxsus ma`lumotlilari - 12 kishini tashkil qiladi. 


AXBOROT- RESURS MARKAZI FAOLIYaTI

Har yili Axborot-resurs markazi fondiga 10 ming nashr birligida adabiyotlar olinadi, vaqtli nashrlar 120 nomni tashkil qiladi. 80-90 % foizini Axborot-resurs markazi fondiga olingan yangi o`quv adabiyotlari va o`quv qo`llanmalari tashkil qiladi. Axborot-resurs markazi kitoblar olish uchun o`rta hisobda 125 million so`m, obuna uchun esa, 85 million so`mdan ortiq mablag` sarflaydi.  

                       

Axborot-resurs markazida 3 million dan ortiq nashr birligida - o`zbek, rus va chet tillarda yozilgan adabiyotlar mavjuddir. Axborot-resurs markazida universitet o`quv jarayoni va talabalarni o`quv qo`llanmalari va o`quv adabiyotlari bilan ta`minlash juda yahshi yo`lga qo`yilgan bo`lib, o`quv adabiyotlari - 1 million 200 ming nashr birligini, ilmiy adabiyotlar 650 ming nashr birligini tashkil qiladi. Chet el adabiyotlari alohida nashrlar sifatida ko`rsatilgan. Shuningdek Axborot-resurs markazi fondida juda qiziq va boy mazmunga ega bo`lgan, adabiyotlar uzoq davrlardan boshlab saqlanib kelmoqda.

Axborot-resurs markazi fondida XII-XX asrlarni o`z ichiga olgan tojik, fors, arab tillarda yozilgan 1465 nusxada nodir qo`lyozmalar va litografiyalar ham uzoq yillardan buyon saqlanmoqda. Fond o`z mazmuni bo`yicha juda xilma-xil O`rta Osiyo tarixi, geografiya, din, tibbiyot, so`fizm, falsafa fanlarining qanday rivojlanganligi haqida qiziqarli ma`lumotlar berilgan. Uzoq yillardan buyon axborot-resurs markazi fondida saqlanib kelayotgan litografiyalar va qo`lyozmalar nodir qo`lyozmalar muzeyning tashkil qilinishi uchun asos soldi.

Axborot-resurs markazining elektron o`quv zalida kitobxonlar uchun ilmiy va o`quv adabiyotlarining elektron versiyalari (27 ming)tagacha yaratilgan, hamda INTERNET tarmog`i orqali ZiyoNet axborot-ta`lim portal va jahon axborot resurslari bilan tanishish imkoniyatlari mavjud. 

Axborot-resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlar 2019 (II yarim yilligi)   

Axborot-resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlar 2019

Axborot-resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlar 2018

Axborot-resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlar 2017

 Axborot-resurs markaziga yangi kelgan adabiyotlar 2016

Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari