Axborot Texnologiyalari Markazi

Oxundadaev Ulugbek Raximjon ogli
Axborot texnologiyalar markazi rahbari,
Qabul Juma, 14:00-17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon 227-18-96
Faks
e-mail

Axborot texnologiyalari markazi faoliyati  

Axborot texnologiyalar markazi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi 230-sonli 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida qaroriga muvofiq, universitet Ilmiy kengashi qarori hamda universitet rektorining 2001 yil 22 sentyabrdagi 01-475 buyrug`i asosida Hisoblash markazi negizida tashkil etilgan.

    Axborot texnologiyalar markazining (ATM) tasarrufida Axborot texnik ta`minot, Axborot tizimlarini joriy etish, Tarmoqlarni boshqarish, Texnik qo`llab quvvatlash, Axborot havfsizligini ta`minlash bo`limlari va 28 ta kompyuter sinflari faoliyat olib boradi. Markazning asosiy vazifasi universitet o`quv va ma`muriy boshqaruv jarayoniga axborotkommunikatsion texnologiyalarni tadbiq etish va ulardan foydalanish bo`yicha boshqaruv-nazorat ishlarini olib borishdan iborat.

Markaz faoliyati haqida ma`lumot

   Markaz o`zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko`rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo`yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Ko`rsatiladigan xizmat va ish turlari bo`yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni etkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

Markaz xo`jalik subektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O`zbekiston Respublikasi qonunlarida va O`ZMU Nizomida ko`rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo`jalik faoliyati barcha sohalar bo`yicha shartnoma asosidagi o`zaro munosabatlar yordamida o`rnatiladi. Markaz O`zbekiston Respublikasi qonuniga va O`ZMU Nizomiga zid bo`lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo`jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko`rsatadi:

Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish.

Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta`lim va fani sohalariga tadbiq qilish.

Masofaviy ta`lim va o`qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta`minotini tashkil etish.

Horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o`quv yurtlari bilan o`zaro axborot aloqalarni ta`minlash.

Internet tarmog`i va elektron pochta xizmatlarini ko`rsatish.

Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta`mirlash va modernizatsiyalash.

Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash.

Ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash bo`yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish.

Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o`tkazish.

Masofaviy video o`qitish kurslarini, Video konferentsiyalar tashkil qilish va o`tkazish. 
Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta`kidlab o`tilgan masalalarni echish uchun, O`ZMU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish.

O`quv jarayonini axborotlashtirish, ta`lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o`quv jarayoniga tadbiq qilish.

O`zbekiston Respublikasining yagona axborot ta`lim fazosini qo`llab quvvatlash, iqtisodiy va ma`naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo`yicha bilimlar, g`oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash.
Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari