Kimyo

Dekan Kodirova Shaxnoza Abduxalilovna
Dekan, Kimyo fanlari doktori
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00-17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-07-88
Faks
e-mail kadirova.shahnoza@mail.ru



1921 yilda Turkiston davlat universiteti qoshida Kimyo instituti tashkil etilgan va bu institut universitetning beshta fakultetiga kimyo fanidan dars olib borgan. 1926 yilga kelib ushbu institut kimyo bo`limiga, 1930 yilda esa O`rta Osiyo Davlat universiteti tarkibida kimyo fakulteti tashkil etilishiga asos bo`ldi.

Kimyo fakultetida o`quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishda, kafedralar hamda ilmiy laboratoriyalar tashkil etishda O. S. Sodiqov, X. U. Usmonov, K. S. Axmedov, Sh. T. Tolipov, I. P. Tsukervanik, A. Sh. Shamsiev, A. M. Murtazaev, A. R. Abdurasuleva, X. A. Aslanov, R. S. Tillaev, O`. N. Musaev, T. S. Sirliboev va boshqa olimlarning xizmatlari singan.

Kimyo fakultetini 1938 yildan 1985 yilgacha 47 yil davomida uzluksiz ravishda akademik Sh. T. Tolipov, 1985 yildan 1988 yilgacha Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, kimyo fanlari doktori, professor X. A. Aslonov, 1988 yildan 1995 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor T. S. Sirliboev, 1995-1996 yillarda kimyo fanlari doktori, professor A. A. Ziyaev, 1996 yildan 2001 yilgacha O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, kimyo fanlari doktori, professor T. M. Boboev, 2001 yildan 2004 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor A. O. Sodiqov, 2004 yildan 2010  yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent B. U. Sagdullaev, 2010 yildan 2013 yilgacha kimyo fanlari doktori, professor X. I. Akbarov,   2013 yildan 2015 yilgacha kimyo fanlari nomzodi, dotsent A. X. Hayitboev,  2015-2016 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent A. Holiqov,   2016-2017 yillarda f. m. f. n. dotsent O. Muxtorov, 2017-2018 yillarda kimyo fanlari doktori, professor S. Nurmonov boshqardilar. 2018 yildan boshlab fakultetga kimyo fanlari doktori, professor Sh. A. Kadirova boshchilik qilmoqda.
 


Hozirgi paytda fakultetda 1 nafar akademik, 14nafar fan doktori va 16 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqada.  

FAKULTET KAFEDRALARI FAOLIYATI:

  • Umumiy va noorganik kimyo: 1932 yilda noorganik kimyo kafedrasi sifatida tashkil topgan. Kafedrada bakalavr kimyo va nokimyoviy ta`lim yo`nalishlariga mashg`ulotlar olib boriladi. Kimyo (noorganik kimyo) va neft va gaz kimyosi va texnologiyasi magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
  • Analitik kimyo: 1933 yilda tashkil topgan. Kafedrada kimyo yo`nalishi, kimyo (analitik kimyo) magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
  • Organik kimyo: 1921 yilda tashkil topgan. Kafedrada kimyo yo`nalishi, kimyo (organik kimyo) magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
  • Fizikaviy kimyo: 1927 yilda tashkil topgan. Kafedrada kimyo yo`nalishi, kimyo (fizikaviy kimyo) va materiallar va moddalar kimyosi (nanomateriallar) magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
  • Polimerlar kimyosi: 1979 yilda tashkil topgan. Kafedrada kimyo yo`nalishi, kimyo (polimerlar kimyosi) va materiallar va moddalar kimyosi (polimer materiallar) magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.
  • Tabiiy birikmalar kimyosi: 1946 yilda tashkil topgan. Kafedrada kimyo yo`nalishi, kimyo (bioorganik kimyo) magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.


FAKULTETNING ILMIY FAOLIYATI:  



Kimyo fakulteti o`quv va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda respublikamizning hamda chet-el oliy ta`lim muasssalari va ilmiy tadqioqot institutlari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi: AQSh (Merilen shtati Universiteti), Yugoslaviya (Bershev va Belgrad Universiteti), Yaponiya (Tokio texnologiya instituti), Isroil (Tel-Aviv Universiteti), Turkiya (Stambul Universiteti), Koreya (Koreya-Grinfarm firmasi, Teydjon kimyo texnologiya ilmiy tekshirish instituti va Choybuk Universiteti), Rossiya (Ximprom ishlab-chiqarish birlashmasi, Aviatssiya materiallari instituti), Belorus (Fizika instituti) kimyogarlari bilan ilmiy aloqalarni amalga oshirmoqdalar. Kiev Milliy universiteti, Ukraina STCU fondi, Xalqaro IFAR fondi, Novosibirsk NZXK, Volgograd kimyo zavodi, Rossiya Onkologiya va radiologiya instituti, Alma-Ata texnologiya instituti va boshqa bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda ishlash va tajriba almashish yo`lga qo`yilgan. Kimyo fakultetining respublikamizdagi bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan kafedra filiallari tashkil etilgan bo`lib, ular bilan doimiy hamkorlik qilib boriladi. Hozirgi kunda fakultetimizda respublika hamda jaxon olimpiadalari g`oliblari tahsil olmoqda.  

MA`NAVIY-MA`RIFIY FAOLIYAT




Kimyo fakultetida ma`navi y va ma`rifiy ishlar tizimli yo`lga qo`yilgan bo`lib, unda professor-o`qituvchilar va talablar bevosita ishtirok etishadi. Iqtidorli talabalarimiz Xalqaro va Respublikamizdagi turli xil tanlovlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.



Milliy an`analarimizni namoyon qilish bo`yicha fakultetda xar yili Navro`z bayrami ko`tarinki ruhda nishonlanadi. Talbalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish bo`yicha turli xil shoular o`tkaziladi.

Ta`lim yo`nalishi: 

5140500 - Kimyo

Ta`lim mutaxassisliklari:

  • 5A140501 -Kimyo (fan yo`nalishlari bo`yicha)
  • 5A140502 - Materiallar va moddalar kimyosi (materiallar bo`yicha)
  • 5A140503- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi.

Tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari:

  • 02. 00. 01- Noorganik kimyo
  • 02. 00. 02- Analitik kimyo
  • 02. 00. 03- Organik kimyo
  • 02. 00. 04- Fizik kimyo
  • 02. 00. 06- Yuqori molekulyar birikmalar
  • 02. 00. 08- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
  • 02. 00. 14- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

Ilmiy kengash: DSc. 27. 06. 2017. K. 01. 03

  • 02. 00. 01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari)
  • 02. 00. 02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari)
  • 02. 00. 03 - Organik kimyo (kimyo fanlari)
  • 02. 00. 04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari)
  • 02. 00. 09 - Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash (bir martalik)



Hozirgi kunda fakultetda jami 401 nafar (1 ta bakalavr ta`lim yo`nalishlarida 312 nafar, 3 ta magistratura mutaxassisligi bo`yicha 56 nafar, sirtqi ta`lim bo`yicha 33 nafar) talaba tahsil olmoqda.


Ilmiy maktablar:

  • Tabiiy birikmalar va bioorganik kimyo (akademik O. S. Sodiqov)
  • Aromatik birikmalarni alkillash va atsetillash reaktsiyalari (akademik I. P. Tsukervanik)
  • Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi (akademik X. U. Usmonov)
  • Kolloid kimyo (akademik K. S. Axmedov)
  • Analitik kimyo (akademik Sh. T. Tolipov)
  • Koordinatsion birikmalar kimyosi (akademik N. A. Parpiev) 



Asosiy korsatkichlar
1200 -
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Talim yonalishlari