Tabiiy geografiya kafedrasi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti tabiiy geografiya kafedrasiga 1920 yili asos solingan,  shu yili O`rta Osiyo davlat universitetning harbiy fakultetida Turkiston geografiyasi kafedrasi tashkil etilgan. 

1935 yildan boshlab mustaqil ravishda tabiiy geografiya (kafedra mudiri N.L.Korjenevskiy) kafedrasi faoliyat ko`rsata boshladi. O`sha davrlarda tabiiy geografiya kafedrasi a`zolari O`rta Osiyoning ayrim rayonlarini tabiiy geografik tavsiflash, geomorfologik tadqiqotlar olib borishgan.

 

N.L.Korjenevskiy

1943 yili kafedra a`zosi - birinchi o`zbek geografi N.D. Dolimov “Nurota tog`larining kompleks tabiiy geografik xarakteristikasi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. N.D.Dolimovning geografiya fanini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlari katta. Ushbu xizmatlar uchun 1970 yili N.D.Dolimovga “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi” unvoni berildi.
 


N.D. Dolimov

1940-yillarning o`rtalarida kafedraga taniqli olimlar - O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arboblari, geomorfolog Yu.A.Skvortsov, iqlimshunos L.N.Babushkinlarning ishga o`tishi va chuqur ilmiy izlanishlar olib borishi, “To`rtlamchi davr geologiyasi va geomorfologiyasi” ilmiy maktabining yaratilishiga asos bo`ldi.
1950-1960 yillari kafedra a`zosi H.H.Hasanov geografiya tarixi, toponimika va terminologiya, O`rta Osiyolik sayyohatchilarning geografik merosini o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlar olib bordi. 

                                       


1960-yillardan boshlab, O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi bilan R.U.Rahimbekov shug`ullana boshladi. 1970 yili uning shu mavzuga oid yirik monografiyasi bosilib chiqdi. Shuningdek, R.U.Rahimbekov Kashkarov-Korovinning O`rta Osiyo ekologiya-geografiya ilmiy maktabini asoslab berdi.

 


Fakultet 1970-yillarga qadar kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bilan L.N.Babushkin va N.A.Kogay, geomorfologiya va to`rtlamchi davr geologiyasiga oid tadqiqotlar bilan Yu.A.Skvortsov va O.Yu.Poslavskayalar shug`ullanishgan.
Kafedra olimlari N.D.Dolimov, H.H.Hasanov, P.N.G`ulomov va R.U.Rahimbekovlarni ilmiy-ommabop va o`quv adabiyotlarini rus tilidan o`zbek tiliga o`girgan mohir tarjimon sifatida yaxshi bo`lishgan.
1990-yillarning boshiga qadar kafedrada ilgaridan rivojlanib kelgan asosiy ilmiy yo`nalishlar bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilishning geografik asoslari, geografiya tarixi va metodlogiyasi, paleogeografiya, shuningdek, Orol dengizi  muammolari (A.A.Rafikov) bilan bog`liq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. 

 


A.A.Rafiqov

Kafedra professori H.H.Hasanov tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1986 yil 24 fevraldagi 94-son buyrug`i asosida 01.04.1986 yilda geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani tashkil  etishdan maqsad mamlakatimizda o`rta va oliy geografiya ta`limi metodikasini rivojlantirish, bu sohadagi ilmiy izlanishlarni kengaytirish, pedogogik kadrlar tayyorlashni yaxshilash bo`lgan. 
Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi 2005 yili tabiiy geografiya kafedrasi bilan qo`shilib, tabiiy geografiya va geografiya ta`limi metodikasi kafedrasi deb nomlandi.
O`zbekiston Milliy entsiklopediyasining nashr etilishida ham kafedra professor-o`qituvchilari faol ishtirok etishdi. Jumladan, P.N.G`ulomov va Sh.S.Zokirovlar Milliy entsiklopediyaning geografiya bo`limi tahririyat a`zosi hisoblanadi. Shuningdek, M.Mamatqulov, I.A.Hasanov, O`.Q.Abdunazarov, M.T.Mirakmalovlarning maqolalari deyarli har bir jilddan o`rin olgan.
Kafedra a`zolari fakultetda O`zbekiston Geografiya jamiyati bilan hamkorlikda qator xalqaro va respublika miqyosidagi bir qancha ilmiy-amaliy konferentsiyalarda faol ishtirok etishdi. 
Keyingi yillarda kafedrada qator mablag` bilan ta`minlangan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalar bajarildi. Bu ilmiy mavzularga professor-o`qituvchilar bilan bir qatorda yosh o`qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ham jalb etilgan. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarga alohida e`tibor berilmoqda.
Kafedrada keyingi - Mustaqillik yillarida tabiiy geograflarning o`rta avlod vakillari Sh.S.Zokirov, P.N.G`ulomov, M.Mamatqulov va boshqalarning yangi ilmiy asarlari nashr etildi. Jumladan, dotsent Sh.S.Zokirovning “Landshaftshunoslik asoslari” (1994, 2010), “Antropogen va amaliy landshaftshunoslik” (1998), “Kichik hududlar tabiiy geografiyasi” (1999) asarlari tabiiy geografiyaning muhim tarmog`i bo`lgan landshaftshunoslik bo`yicha O`zbekiston tarixidagi ilk adabiyotlar safidan joy oldi. Natijada, dotsent Sh.S.Zokirov o`zbek landshaftshunosligining “otasi” darajasiga erishdi. U juda katta ilmiy va o`quv adabiyotlarni tahlil qilish asosida landshaft (tabiat) komponentlari va landshaft hosil qiluvchi omillarni; landshaftning morfologik tuzilishi, dinamikasi va rivojlanishini; geografik qobiq taraqqiyoti, u bilan bog`liq ilmiy qarashlarni chuqur o`rgandi, bir qator yangi ilmiy qarashlarni olg`a surdi. Keyinchalik, B.Yu.Egamov bilan hammualliflikda “Geografiya tarixi: Eratosfendan Koshg`ariygacha” (2012), X.R.Toshev bilan hamkorlikda “Geografiya tarixi” (2015) asarlari chop etildi. Uning kamtarona ilmiy merosi mustaqillik yillaridagi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim va boy manba sifatida foydalanib kelinmoqda.
Dotsent P.N.G`ulomov mustaqillik yillarida inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni ilmiy tahlil etish, tabiatdan foydalanishning geografik asoslarini yaratish, tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, inson xo`jalik faoliyatini tabiat qonuniyatlari asosida tashkil etish masalalariga bag`ishlangan tadqiqotlarini davom ettirgan holda, geografiya tarixi, toponimika va geografik atamashunoslik yo`nalishida, yangi avlod o`quv adabiyotlarini yaratishda ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Uning 2000 yilda “Toponimika va geografik atamashunoslik”, 2009 yilda “Inson va tabiat”, “O`rta Osiyo tabiiiy geografiyasi” (2002) asarlari dunyo yuzini ko`rdi. 

 



P.N.G`ulomov muallifligida va hammuallifligida umumta`lim maktablarining geografiya fani uchun 6 ta darslik, o`qituvchilari uchun 3 ta metodik qo`llanma, oliy geografiya ta`limi talabalari uchun 10 ga yaqin o`quv qo`llanma, talaba va professor-o`qituvchilar uchun 8 ta metodik qo`llanmalar yaratdi. Uning umumta`lim maktablari uchun yaratgan darsliklari “Eng yaxshi darslik” tanlovlarida bir necha bor, professor T.Mirzaliev va bir qator mualliflar bilan chop etgan “O`zbekiston geografik atlasi” 2000 yilning “Eng yaxshi darsliklar va o`quv qo`llanmalari muallifi” ko`rik tanlovlarida g`olib deb topildi. Uning yakka mualliflikda maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan “Maktab jo`g`rofiya atamalari va tushunchalari” izohli lug`ati (1994) bugungi kunda ham eng keng foydalaniladigan lug`atdir. 
P.N.G`ulomovning samarali mehnatlari munosib topilib, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
 


M.Mamatqulov

M.Mamatqulov chuqur ilmiy tadqiqotlarni, sharafli pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, geografiya fanidan umumta`lim va o`rta maxsus ta`lim muassasalari o`quvchilari, oliy ta`lim muassasalari talabalari uchun 3 ta darslik, geografiya yo`nalishi talabalari uchun 4 ta o`quv qo`llanma, 4 ta monografiya muallifidir. Uning 2009 yilda chop etilgan “Tabiat mo`jizalari” ilmiy-ommabop asari keng omma tomonidan iliq kutib olindi.
O`ktam Qobiljonovich Abdunazarov (1942) O`rta Osiyo hududida keng tarqalgan, juda muhim paleogeografik, stratigrafiya va muhandislik geologiyasi nuqtai-nazaridan ahamiyatga ega bo`lgan qadimgi tuproq qatlamlarini birinchi bor har tomonlama tizimli o`rgandi. 
U ustozi prof. I.N.Stepanov bilan birgalikda O`rta Osiyoda tarqalgan lyossimon tog` jinslarining tarkibidagi ko`milib ketgan qadimgi tuproqlarning paleogeografik va stratigrafik ahamiyatini ilmiy asoslab berdi. Sibir daryolari suvining bir qismini Orol havzasiga keltirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ham faol ishtirok etdi. Uning muallifligi va hammuallifligida O`rta Osiyo va O`zbekiston tabiatini tahlil etuvchi 20 dan ortiq o`rta masshtabli xaritalar yaratildi. 
Qizilqum, Qoraqum cho`llari, Chirchiq-Ohangaron vodiysi, Turkiston tog`larida o`tkazilgan uzoq yillik ilmiy ekspeditsiyalarda samarali mehnat qilgan, o`ziga xos ilmiy natijalarga erishgan Asamutdin Zaynutdinov (1940-2015) universitet tabiiy geograflari safiga mustaqillik yillarida kelib qo`shildi. U mustaqillikning ilk yillarida Chorbog` suv ombori janubidagi bir necha dam olish manzilgohlari, Hojimushkent suv ombori to`g`on atrofi, Beldorsoydagi dam olish, chang`i uchish, pansionatlar o`rni, Qashqadaryodagi Tallimarjon IES o`rnini geologik-geomorfologik jihatdan o`rganib, asoslab berishda faol qatnashdi. 2005 yilda A.Zaynutdinovning hammualliflikdagi “Umumiy Er bilimi” darsligi nashr etildi.
Geografiya fanlari nomzodi, dotsent I.A.Hasanov (1940)  universitet professor-o`qituvchilari va talabalari orasida tabiiy geografik tadqiqot va ekspeditsiyalarning faol ishtirokchisi sifatida tanilgan. Uning asosiy ilmiy ijodi tabiiy geografiya, tabiiy komplekslarni maqsadli baholash, meliorativ va rekreatsion geografiya yo`nalishlariga bag`ishlangan. 2007 va 2010 yillarda I.A.Hasanovning hammualliflikda “O`zbekiston tabiiy geografiyasi” darsligining 1 va 2-qismlari nashr etildi.

 



Ilmiy tadqiqot va izlanishlari ildizi XX asrning 70 yilariga borib taqalsada, asosiy ilmiy ijodi mustaqillik yillarida keng quloch yozgan olim, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Abdurasul Alimovich Sagatov (1943-2005)ning ishlari alohida ahamiyatga ega. U 1993 yili O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, geografiya fanlari doktori, professor N.A.Kogay rahbarligida “Analiz fiziko-geograficheskix usloviy Uzbekistana dlya tseley gradostroitelstva” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dotsent A.A.Sagatov mashaqqatli pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, O`zbekiston hududini shaharsozlik maqsadida tabiiy geografik rayonlashtirish, relefni turli inshootlar qurilishi nuqtai nazaridan baholash, tabiiy geografik tadqiqot metodlarini tasniflash masalalariga bag`ishlangan tadqiqotlarni olib bordi. Oliy ta`lim muassasalarining talabalari uchun “Geografiyadan test topshiriqlari” (1993), “Geomorfologiyadan test topshiriqlari” (1995, hammualliflikda), “Geologiya asoslari” (2000, hammualliflikda), “Tabiiy geografik tadqiqot metodlari” (2001) o`quv adabiyotlarini nashr qildirdi. Uning umumta`lim maktablarining 6-sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan “Geografiya” (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)” darsligi olti marta nashr qilindi, o`qituvchilar uchun “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” metodik qo`llanmasi hozirgi kunda mamlakatimiz ta`lim tizimida qo`llanib kelinmoqda.
Milliy mustaqillikning ilk yillaridanoq tabiiy geograflar tarkibiga yosh mutaxassislar jalb etildi. Ular tarkibi yangi avlod, ya`ni mustaqillik davri professor-o`qituvchilari N.I.Sabitova, Z.S.Saidkarimova, R.Yusupov, M.T.Mirakmalov, keyinchalik Sh.M.Sharipov, H.B.Nikadambaeva, N.T.Shamuratova, B.Yu.Egamov, R.A.Ibragimovalar bilan yangilandi. Ular universitetda pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, o`z ustozlari kabi tabiiy geografiyaning turli yo`nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni muvvafaqiyatli davom ettirmoqda.

 

N.I.Sabitova

 Geografiya fanlari doktori, professor Naila Ismailovna Sabitova (1954) ijodining katta qismi atrof-muhitni  muhofaza  qilish, tuproqlar unumdorligini oshirishning ilmiy  asoslarini ishlab chiqish, tabiiy komplekslarining meliorativ holatini o`rganish, suv resurslaridan foydalanish hamda ekologiya masalalarining echimiga yo`naltirilgan bilan ajralib turadi. U ayni paytda, pedagogik faoliyatni muvofaqqiyatli olib borish bildan birga, bir qator ilmiy ishlanmalar, shuningdek fundamental va amaliy loyihalarda faol qatnashib kelmoqda.
Tabiiy geograflarning yangi avlod, ya`ni milliy mustaqillik davri tadqiqotchi, professor-o`qituvchilari endi tavsifiy yoki tasviriy geografik tadqiqotlar emas, balki alohida geotizim, tabiiy geografik komplekslar va kichik hududlar doirasida, tabiiy geografiyaning yangi yo`nalishlari, tor va quyi tarmoqlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun manfaatli jihatlari bo`yicha o`z tadqiqotlarini olib bormoqda. 
 

 
Z.S.Saidkarimova



M.T.Mirakmalov

 M.T.Mirakmalov tabiiy geografik terminologiya, toponimika va geografik lingvistika, Z.S.Saidkarimova foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida landshaftlar o`zgarishini baholash va bashorat qilish, R.Yusupov tabiiy geografik komplekslarning rivojlanishida ekzogen jarayonlarning roli, Sh.M.Sharipov geoekologiya, landshaftlar xilma-xilligini saqlash, H.B.Nikadambaeva geografiya ta`limi metodikasi, innovatsion ta`lim metodlari, N.T.Shamuratova turizm, ekoturizmning tabiiy geografik jihatlari, R.A.Ibragimova tabiiy geografik rayonlashtirish, B.Yu.Egamov tabiiy geografik g`oyalar tarixi, geomorfologiya, geografiya ta`limi metodikasi, muammo va masalalariga bag`ishlangan o`z tadqiqotlarini olib bormoqda. 
Tabiiy geograf professor-o`qituvchilarning bu ilmiy izlanishlari o`z samarasini berib kelmoqda. Jumladan, g.f.n., dotsent M.T.Mirakmalovning P.N.G`ulomov bilan hammualliflikda “Toponimika va geografik terminshunoslik” (2005), “Geografiyada toponimika” (2008) o`quv qo`llanmalari, “Er bilimi asoslari”(2017), “Xalq tabiiy geografik terminlari” (2009), “Vobkent tumani toponimlari” (2017) monografiyalari, umumta`lim maktablarining 6-sinflar uchun hammualliflikdagi “Geografiya” (2013, 2017) darsligi, hammualliflikdagi “Tabiiy geografiyadan amaliy mashg’ulotlar” (2015), umumta`lim maktablari o`quvchilari uchun mo`ljallangan yakka mualliflikdagi “Yulduzlar, Quyosh, Oy” qo`shimcha o`quv qo`llanmasi nashr qilindi. M.T.Mirakmalov qonun ijodkorligida ham o`z mehnatini ayamadi. U 2011 yili O`zbekiston Respublikasining “Geografik ob`ektlarning nomlari to`g`risida”gi Qonunini qabul qilinishida maslahatchi-ekspert sifatida qatnashdi. 
 


Sh.M.Sharipov


Geografiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.M.Sharipov o`z tadqiqotlarini geoekologiya, landshaftshunoslik, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo`nalishlarida olib bormoqda. Uning Toshkent viloyati landshaftlari va geoekologik muammolarini o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlarida landshaftlarga antropogen ta`sirning asosiy shakllari va ularning o`zgarganligi, aholi joylashuvini o`rganishda landshaft yondashuvi, landshaftlarning barqarorlik imkoniyatlarini baholash, geoekologik rayonlashtirish, geoekologik vaziyatni baholash va optimallashtirish masalalari bo`yicha bir qancha ilmiy yangilik va yondoshuvlarni olg`a surdi. Sh.M.Sharipovning 1:200000 masshtabda bo`lgan Toshkent viloyatining landshaftlari kartasi (2011), 1:100000 masshtabli Ugom-Chotqol Davlat Milliy tabiat bog`ining landshaftlari kartasi (2017), 1:100000 masshtabli Toshkent viloyatining landshaftlari xilma-xillligini saqlash va ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari kartasi (2017), shuningdek A.A.Rafiqov bilan hammualliflikda “Geoekologiya” (2014) o`quv qo`llanmasi, “Tabiatni muhofaza qilish va geoeokologiya” (2016) monografiyasi chop etildi. Uning talabalar uchun “Geoekologiya” (2018) darsligi hamda hammualliflikda umumta`lim maktablarining 3 va 4-sinflari uchun “Tabiatshunoslik” (2016, 2017), 10-sinflar uchun “Amaliy geografiya” (2017) darsliklari chop etildi.
Dotsent H.B.Nikadambaeva tabiiy geografiyani o`qitishda ilg`or ta`lim metodlari va texnologiyalaridan foydalanish, tabiiy geografiya ta`limiga interfaol ta`lim metodlarini joriy qilish yo`llari, O`zbekiston tabiiy geografiyasini o`qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish muammolari bilan shug`ullanadi. U ushbu yo`nalishda bir qator o`quv va metodik qo`llanmalarni nashr ettirdi. “O`zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o`qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi” (monografiya, 2015), “Fizicheskaya geografiya Uzbekistana” (o`quv qo`llanma, 2017) shular jumlasidandir. Bundan tashqari H.B.Nikadambaevaning 2011 yilda O`zbekiston tabiiy geografiyasi fanining  elektron o`quv-metodik ta`minoti kompyuter dasturi uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat Patent idorasining ¹ DGU02171 raqamli guvohnoma, 2012 yilda “O`zbekiston tabiiy geografiyasi” fanidan elektron darsligi uchun O`zbekiston Respublikasi itellektual mulk agentligining ¹ DGU 02532 raqamli guvohnomasi berilgan.
N.T.Shamuratova ilm-fan, iqtisodiyotda yangi yo`nalish va tarmoq sifatida shakllanib kelayotgan turizm, aynan ekoturizm masalasida tadqiqot olib bormoqda. U O`zbekistonda birinchi bo`lib ekoturizmning tabiiy geografik jihatlarini ilmiy isbotlab berdi, ekoturistik rayonlashtirish tamoyillarini ishlab chiqdi. Uning ilmiy tadqiqotlari hammualliflikdagi “Ekoturizm asoslari” (2007, 2013) o`quv qo`llanmasida o`z aksini topdi. N.T.Shamuratovaning hammualliflikda O`zbekistonda ilk marta 1:1000000 masshtabli O`zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari va marshrutlari kartasi yaratildi.
R.A.Ibragimova O`zbekiston tabiiy geografik rayonlashtirilishida Orol tabiiy geografik okrugini ajratishning ilmiy-metodologik jihatlarini asoslab berdi. U 1960-1980 yillarda suv resurslaridan noratsional foydalanish oqibatida Orol dengizi qurib, uning o`rnida Markaziy Qozog`iston tabiiy geografik provintsiyasida yangi Orol tabiiy geografik okrugi yuzaga kelganligini birinchi bo`lib isbotlab berdi.

 


B.Yu.Egamov H.H.Hasanovning “Geografiya tarixi, toponimika va geografik atamashunoslik” ilmiy maktabining davomchisi sifatida, O`rta Osiyo jadidchlik harakatida olg`a surilgan g`oya, qarashlar mazmuni va ahamiyatini hammualliflikda chop etilgan “Turkiston jadidchiligi – milliy uyg`onish davrida geografiya fani va ta`limi” (2010) ilmiy risolasi va “Turkiston jadidchiligi – milliy uyg`onish davri tarixi” (2012) monografiyasida ochib berdi. Yosh tadqiqotchi B.Yu.Egamovning professor M.Mamatqulov bilan birgalikda 5311500 - Geodeziya, kartografiya, kadastr ta`lim yo`nalishi uchun “Geologiya va geomorfologiya”, 5141100 - Gidrologiya (quruqlik gidrologiyasi) ta`lim yo`nalishi uchun “Geomorfologiya, geologiya asoslari bilan” darsliklari nashrga tayyorlandi. 
O`tgan yuz yillik davr mobaynida universitetda faoliyat olib borgan tabiiy geograflarning 5 nafari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, 1 nafari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
 

Hozirgi kunda kafedra a`zolari: 
Geografiya yo`nalishida: 
• Umumiy tabiiy geografiya;
• O`zbekiston tabiiy geografiyasi;
• Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi;
• O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi;
• Toponimika;
• Biogeografiya;
• Tuproqlar geografiyasi;
• Geografiya o`qitish metodikasi;
• Geologiya asoslari va geomorfologiya;
• Landshaftshunoslik;
• Tabiiy geografik tadqiqot usullari;
• Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari;
• Geoekologiya;
• Tabiiy geografiyaning asosiy muammolari;
• Amaliy geografiya;
Gidrometeorologiya yo`nalishida:
• O`zbekiston tabiiy geografiyasi
Gidrologiya yo`nalishida:
O`zbekiston tabiiy geografiyasi;
Geomorfologiya, geologiya asoslari bilan
Geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishida:
• O`zbekiston tabiiy geografiyasi;
Geologiya va geomorfologiya asoslari kabi fanlardan dars berishadi. 
Shuningdek, umumiy tabiiy geografik o`quv-dala, kompleks, ishlab chiqarish va pedagigok amaliyotlariga rahbarlik qilishadi.

         

O`quv-dala amaliyoti


                 








“Ustoz-shogird” tizimida ishlash





Kafedra a`zolari:

Inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslari;
O`zbekiston landshaftlarini tadqiq etish, ularni xaritalashtirish va tabiiy geografik rayonlashtirish; 
O`zbekiston hududining geoekologik vaziyatini tadqiq etish;
Neotektonik harakatlarni tabiat komplekslariga ta`sirini o`rganish; 
Toponimika va geografik terminshunoslik; 
Umumiy va o`rta ta`lim, oliy o`quv yurtlari, akademik litseylar hamda kollejlar uchun o`quv qo`llanmalari, darsliklar, dasturlar va metodik ishlanmalar yaratish kabi ilmiy yo`nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. 

• Kafedrada H.H.Hasanov nomidagi “Globus” o`quv-metodika xonasi mavjud. O`quv-metodika xonasida ulkan relefli-landshaftli globus o`rnatilgan. Uning og`irligi 490 kg., gorizontal masshtabi 1 sm da 70 km, vertikal masshtabi 1 sm da 2 km. Globus xonasida o`quv mashg`ulotlari o`tkazilishi bilan birga turli uchrashuvlar, suhbatlar uyushtiriladi. 



H.H.Hasanov nomidagi “Globus” o`quv-metodika
xonasiga o`rnatilgan ulkan noyob globus 






Keyingi yillarda kafedra a`zolari quyidagi mablag` bilan ta`minlangan mavzularda ish olib borishdi:
1) OT-F6-062 – Orol havzasida kechayotgan gidrologik va tabiiy geografik jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini tadqiq etish;
 2) OT-F6-063- Evolyutsiya geologicheskoy istorii razvitiya chetverttichnogo perioda Uzbekistana; 
 3) 5-013 «Vûyavlenie stratigraficheskix kriteriev pogrebennûx pochv lessovûx pleystotsenovûx otlojeniy orogennoy zonû Uzbekistana dlya geologo-s`emochnûx rabot»;
4) 8-2 sonli “O`zbekiston ekoturistik rayonlari va marshrutlari kartasini yaratish” mavzuidagi amaliy tadqiqotlar;
5) ¹ 1/2010 raqamli “Morfostrukturnûy i morfometricheskiy analiz rayona raspolojeniya zolotorudnûx gornodobûvayuùix predpriyatiy(Chadakskaya i Angrenskaya ZIF)” mavzuidagi xo`jalik shartnomasi (GIDROINGEO instituti bilan hamkorlikda); 
6) ¹ OT-ID/11-8-2 “Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish kartasini yaratish va chop etish”;
7) «Monitoring prigranichnûx rayonov Uzbekistana v mestax vozdeystviya dobûchi, pererabotki i skladirovaniya otxodov gornopromûshlennûx i metallurgicheskix predpriyatiy Kirgizii i Tadjikistana» (GIDROINGEO instituti bilan hamkorlikda).
8) OT-ATab-2018-63 “O`zbekiston Respublikasining faol mintaqalaridagi ko`chki jarayonlarining Er masofaviy zondlash mateiallari va geoinformatsion texnologiyalar asosida kompleks o`rganish (Chirchiq daryo havzasi misolida)”.
9) ¹ 9063- “O`zbekiston Respublikasi hududini qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida geografik rayonlashtirish”.


 Hozirgi kunda kafedra professor-o`qituvchilari tarkibi quyidagicha:

1. Mirakmalov M.T. – g.f.n., dotsent, kafedra mudiri.
2. Sabitova N.I. – g.f.d., professor.
3. Abdunazarov O`.Q. – g.f.n., dotsent.
4. Nikadambaeva H.B. – p.f.n., dotsent.
5. Ibragimova R.A. - g.f.n., dotsent.
6. Hakimov K.A. – o`qituvchi.
7. Boymurodov D.O`. – o`qituvchi.
8. Ergasheva Yu.X. – o`qituvchi.
9. Shamuratova N.T. – g.f.n., dotsent (tashqi o`rindosh).
10. Sharipov Sh.M. – g.f.n., dotsent (ichki o`rindosh).

Kafedrada turli yillari mehnat qilib etishib chiqqan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arboblari:
Yu.A. Skvortsov-g.f.d., professor
L.N. Babushkin-g.f.d., professor
N.D. Dolimov-g.f.n., dotsent
H.H. Hasanov-g.f.d., professor
N.A. Kogay-g.f.d., professor.

Kafedraning hozirgi kundagi shtat birligi 8,25 ni tashkil etdi, bulardan asosiy shtatdagilar 7,25, jumladan fan doktorlar soni 1 ta (1,0 sht.b.),   fan nomzodlari soni 4 ta (3,5 sht.b.), ilmiy salohiyat 70 % (asosiy shtat bo`yicha 62,5 %) ga teng bo`ldi. Asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilarning o`rtacha yoshi 52,4 ni tashkil etdi.


Tabiiy geografiya kafedrasi mudirlari

Korjenevskiy N.L. (1935-1959 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi.
Babushkin L.N. (1959-1975 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi.
Kogay N.A. (1975-1983 y.y.) –  geografiya fanlari doktori, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi.
Hasanov H.H. (1983-1985 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi.
Mamatqulov M. (1986-1987 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor.
Mamedov E.D. (1987-1993 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor.
Zokirov Sh.S. (1993-1997 y.y.) – geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Rafikov A.A. (1998-2000 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor. 
Zokirov Sh.S. (2001-2004 y.y.) – geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Nigmatov A.N. (2004-2005 y.y.) – geografiya fanlari doktori, professor.
Mirakmalov M.T. (2005-2013 y.y.) – geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Shamuratova N.T. (2013-2014 y.y.) – geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Mirakmalov M.T. (2018 yildan) – geografiya fanlari nomzodi, dotsent.


Kafedra a`zolari tomonidan chop etilgan ishlardan namunalar




  
Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Professor-o‘qituvchilar soni
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura