Quruqlik gidrologiyasi

Kafedra 1945 yilda “Quruqlik gidrologiyasi” nomida professorlar N.L.Korjenevsiy, V.M.Chetirkin, V.L.Shultslar tashabussi bilan tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedraga geografiya fanlari doktori, professor F.Hikmatov rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada taniqli gidrolog olimlar – professorlar V.L.Shults, O.P.Sheglova, G.E.Glazirin, G.N.Trofimov, dotsentlar Z.V.Djorjio, R.Mashrapov, P.M.Mashukov, N.K.Lukina, L.I.Shalatova, I.R.Alimuxamedov, A.R.Rasulov, M.A.Nosirov, E.M.Videneeva, Z.S.Sirliboeva kabilar faoliyat ko`rsatganlar.
Hozirgi kunda kafedrada 5140700–Gidrometeorologiya, 5141100–Gidrologiya ta`lim yo`nalishlari hamda 5A140702–Gidrometeorologiya, 5A141102–Gidrogeologiya magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi. Shuningdek, kafedrada 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo`yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) faoliyati yo`lga qo`yilgan.
O`quv jarayonida kafedraning 1 fan doktori – professori hamda 5 ta fan nomzodi – dotsentlari bilan bir qatorda, GMITI dan t.f.d., prof. B.K. Tsarev, g.f.d., prof. A.K.Abdullaev, t.f.n. T.A.Axmedovalar, ISMI dan g.f.d., prof. E.I.Chembarisov, t.f.d., prof. M.A.Yakubov kabilar faol ishtirok etmoqdalar.
O`tgan davr mobaynida kafedrada 1200 dan ortiq muhandis–gidrolog, gidrometeorologiya va gidrologiya bakalavrlari, shuningdek, 80 dan ortiq magistrlar tayyorlandi. Hozirgi kunda ulardan 40 dan ortig`i fan doktori, 300 ga yaqini fan nomzodlari ( yoki PhD ) ilmiy darajalariga ega.
Kafedra O`zR FVV huzuridagi O`zgidromet, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Irrigatsiya va drenaj Milliy qo`mitasi, M.V.Lomonosov nomidagi MDU, Al-Farobiy nomidagi Qozog`iston Milliy universiteti, Turkmaniston FA Cho`llar instituti, TIQXMMI qoshidagi ISMI, O`zR FA Seysmologiya instituti, Geologiya va geofizika instituti, O`zR Geodeziya va kartografiya milliy markazi, O`zbekiston Milliy entsiklopediyasi kabi korxonalar va muassasalar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Mustaqillik yillarida kafedrada 1 ta fundamental, 7 ta amaliy va 2 ta innovatsion loyihalar doirasida tadqiqotlar olib borildi. Kafedra professor–o`qituvchilari 5 ta xalqaro loyihalarda ishtirok etdilar. Natijada, ilk bor “O`zbekiston er usti suvlari” devoriy kartasi, “O`zbekiston er usti suvlari atlasi” (o`zbek, ingliz va rus tillarida), “Geograficheskiy atlas Uzbekistana” (Toshkent, 2012, 34 b.t.), “O`zbekiston geografik Atlasi” (Toshkent, 2016, 34 b.t.), 7 ta monografiya, 3 ta ilmiy risolalar tayyorlandi va chop etildi.
Kafedrada shu yillarda 3 ta darslik, 12 ta o`quv qo`llanma hamda 20 dan ortiq o`quv–uslubiy ko`rsatmalar yaratildi va chop etildi. Ulardan O`zbekiston va qo`shni mamlakatlar OTMlarida ham keng foydalanilmoqda.
Kafedrada oxirgi 2017–2018 yillarda 2 nafar DSc va 1 nafar PhD tayyorlandi, shuningdek, kafedraning sobiq bitiruvchilaridan 2 nafari DSc va 1 nafari PhD ilmiy darajasini egalladilar.
Kafedra a`zolarining asosiy maqsadi – O`zbekistonda gidrologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini va shu soha bo`yicha yukori malakali kadrlar tayyorlashni uzviy va hamoxang olib borishdan iboratdir. Bu borada kafedrada rivojlangan xorijiy davlatlar ilmiy tadqiqot institutlari va oliy ta`lim muassalari bilan manfaatli aloqalar yo`lga qo`yilgan.

Kadrlar tayyorlash. Hozirgi kunda kafedrada:

5140700–Gidrometeorologiya;
5141100–Gidrologiya;
5A140702–Gidrometeorologiya (faoliyati turi bo`yicha) magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, kafedrada 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo`yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) faoliyati yo`lga qo`yilgan.


ILMIY SALOHIYaT



Hozirgi kunda kafedrada 2 fan doktori – professor, 7 fan nomzodi – dotsentlar, 1 ta katta o`qituvchi va 1 ta o`qituvchi talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars bermoqda. Kafedraning aksariyat a`zolari universitetning geografiya fakultetini tugatgan.  

ILMIY-TADQIQOT YO`NALIShLARI

Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi “Iqlim o`zgarishi sharoitida O`zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar gidrologik rejimi va suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish” deb nomlangan bo`lib, u respublikada hududiy rivojlanishning ilmiy–nazariy va amaliy masalalariga bag`ishlagan.

Ilmiy maktabning hozirgi kunda shakllangan tadqiqot yo`nalishlari:

  • glyatsiologiya va qor qoplami monitoringi; 
  • ko`llar va suv omborlari gidrologiyasi; 
  • muhandislik gidrologiyasi – gidrologik hisoblashlar va prognozlar;
  • gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish; 
  • sel toshqinlari gidrologiyasi; 
  • daryolar oqiziqlari haqida ta`limot;
  • sug`oriladigan erlar gidrologiyasi;
  • suv havzalari gidrokimyosi;
  • suv resurslari muhofazasi va ulardan samarali foydalanish va boshqlar.

ILMIY LOYIHALARI

Bugungi kunda kafedra professor-o`qituvchilari 3 ta fundamental va 9 ta amaliy va 2 innovatsion tadqiqotlar amalga oshirilgan. Hozirda O`zR Innovatsiya vazirligi loyihalari doirasida quyidagi loyihalar bajarilmoqda:

OT-F5-13 “Iqlim o`zgarishi sharoitida O`zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar gidrologik rejimi va suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish” (l.r. – prof. Hikmatov F.H), 51,6 mln. sum.;

OT-F6-062 – Orol havzasida kechayotgan gidrologik va tabiiy geografik jarayonlarning ayrim qonuniyatlarini tadqiq etish (l.r – prof. Hikmatov F.H.), 128 mln. sum;

MV-Atex–2018-145 «O`zgaruvchan rejimdagi sug`orish kanallaridan foydalanish samaradorligi va ekspluatatsion ishonchliligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish» (l.r. – dots. Yunusov G`.X.), 30 mln. sum.

Xalqaro grantlar:

  • Project 530666-NEMPUS-1-2012-1-LT-NEMPUS-JPCR (2013-2016), 71716 $;
  • Project # 00076245/00076245 (2013-2015), 180 000 $;
  • Project # 00082613/AF (2015-2019), 80 000 $.


QURUQLIK GIDROLOGIYaSIKAFEDRASINING HAMKORLIK ALOQALARI




BAKALAVRIATURA

Fanlar nomi 

Mutaxassislikka kirish


  • Gidrometeorologiyada statistik usullar
  • Umumiy va maxsus gidravlika
  • Gidrofizika va suv balansi tadqiqotlari
  • Gidrometriya
  • Umumiy gidrologiya
  • Ko`lshunoslik

MAGISTRATURA

Fanlar nomi 

  • Gidrologik hisoblashlar
  • Kuruklik gidrologiyasi
  • Ko`llar va suv omborlarining gidrometeorologik rejimi
  • Ko`lshunoslik
  • Gidrometeorologik jarayonlar
  • Suv omborlarini loyqa bosishi, ularni hisoblash va prognozlash usullari

“GIDRAVLIKA” O`QUV –TADQIQOT LABORATORIYaSI



  • Gidrometeorologik hisoblashlar
  • Glyatsiologiya
  • Meliorativ gidrologiya va suv xo`jaligi hisoblashlari
  • Gidrometeorologiyada statistik usullar
  • Iqlim o`zgarishi va uning O`zbekiston tabiiy resurslari potentsialiga ta`siri
  • Gidrologik prognozlar
  • Gidrometeorologiya hizmatini tashkil etish va rejalashtirish
  • Gidrofizika va SBT
  • Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik
  • Suv kadastri
  • Gidrologiyaga kirish
  • Gidrografiya
  • Gidrofizika
  • Ochiq o`zanlar gidravlikasi
  • Gidrokimyo
  • Okeanologiya
  • Suv resurslari va ulardan samarali foydalanish
  • Quruqlik suvlari muhofazasi
  • O`zan oqimi dinamikasi va o`zan jarayonlari
  • Daryo oqimi va gidrologik hisoblashlar
  • Sug`oriladigan erlar gidrologiyasi

O`QUV –DALA AMALIYoTI








Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura