Geodeziya va geoinformatika kafedrasi

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi O`zbekiston Milliy universiteti rektorining 2018 yil 5-sentyabrdagi 01-759-son buyrug`iga asosan universitetni Geodeziya va kartografiya kafedrasi negizida tashkil qilindi. Geodeziya va kartografiya kafedrasi 1921-yili tashkil etilgan va unga prof. N.I.Lebedinskiy, prof. I.G.Krasovskiy, keyinchalik prof. T.M.Mirzaliev, dotsentdar E.G.Brodskiy, A.Egamberdiev, L.H.Gulyamova, H.Muborakov va E.Yu.Safarovlar mudirlik qilgan. Yangi kafedra tashkil qilingan kundan boshlab unga t.f.n., dotsent H.Muborakov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra shtatida hozirgi kunda 8 nafar professor o`qituvchilar, shu jumladan, 3 nafar fan nomzodi dotsentlar, 4 nafar katta o`qituvchilar va 1 nafar o`qituvchi faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Kafedra 5311500-Geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavriat yo`nalishi talabalariga

  • geodeziya;
  • geodezik o`lchashlarni matematik ishlab chiqish nazarisi;
  • oliy geodeziya;
  • fotogrammetriya va Erni masofadan tadqiq etish;
  • geoaxborot tizimlari;
  • davlat kadastrlari asosi;
  • injenerlik geodeziyasi,

5A311502-Geodeziya va kartografiya va 5A313401-Geodeziya va geoinformatika magistratura mutaxassisliklari magistrantlariga

  • amaliy geodeziya;
  • kosmik geodeziya;
  • fazoviy tahlil;
  • sun`iy yo`ldosh geodeziyasi;
  • ma`lumotlarni olish va integratsiyalash
fanlaridan ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib boriladi.

Shuningdek, 11.00.06-Geodeziya. Kartografiya hamda 11.00.07-Geoinformatika bo`yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DcS) mavjud.

Kafedrada zamonaviy geodezik asboblar-elektron taxeometr va GPS priemniklari mavjud bo`lib, o`quv jarayonida foydalanib kelinadi.

Hozirgi kunda kafedra fotogrammetriya va Erni masofadan tadqiq etish o`quv laboratoriyasiga ega bo`lib, kompyuterlar bilan jihozlangan va ularda ArcGIS, PhotoMod, Panorama va AutoCAD dasturiy mahsulotlar bilan mashg`ulotlar olib boriladi. Laboratoriyani qo`shimcha jihozlash ustida ishlar olib borilmoqda.

KAFEDRANING HOZIRGI KUNDAGI ILMIY FAOLIYATI YO`NALISHLARI

Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 40%ni tashkil etadi va quyidagi ilmiy yo`nalishlarda tadqiqotlar olib boriladi:

  • Geodeziya va geoinformatikani ilmiy-nazariy masalalari;
  • Bino va inshootlarni qurishni geodezik ta`minlash muammolari;
  • Raqamli fotogrammetriya va Erni masofadan tadqiq etish;
  • Uchuvchisiz apparatlardan topografik-geodezik maqsadlarda foydalanish masalalari.

GEODEZIYA VA GEOINFORMATIKA KAFEDRASINING HAMKORLIK ALOQALARI

Kafedra professoro`qituvchilari xalqaro Erasmus+ dasturining DSinGIS: geoinformatika sohasida doktorantura loyihasida (2017-2019) qatnashib Avstriyaning Zalsburg, Vengriyani Obuda, Shvetsiyani Qirollik universiteti bilan hamkorlik aloqalariga ega.

 
Sohani etakchi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorligi

 

Respublikamizni quyidagi turdosh OTMlari bilan o`zaro hamkorlik aloqalari bog`langan: TIQXMMI, TAQI, SamGASI, TDTU va UrDU.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o`qituvchilar:


1) Muborakov Hamid ((kafedra mudiri , dotsent)
2) Gulyamova Lola Xadjiakbarovna (dotsent) 
3) Mirmahmudov Erkin Rahimjonovich
4) Abdullaev Ilhomjon O`ktamovich (katta o`qituvchi) 
5) Shukina Olga Georgievna (katta o`qituvchi) 
6) Ernazov Kuchim (katta o`qituvchi) 
7) Ro`ziev Azizjon Savriddinovich (katta o`qituvchi) 
8) Yakubov G`ayrat Zaidovich (o`qituvchi) 
9) Arabov Obidjon Zarip o`g`li (o`qituvchi) 
10) Raxmonov Dilshod Nurboboevich (doktorant)

Asosiy korsatkichlar
1250 Professor-oqituvchilar soni
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura