Kartografiya kafedrasi

Kafedraning universitet va fakultet miqyosidagi o`rni

Kartografiya kafedrasi universitetda yirik kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedrada oliy ta`limning 5311500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavriatura yo`nalishi xamda 5A311502 – Geodeziya va kartografiya magistratura mutaxassisligi bo`yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Shuningdek, 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi bo`yicha tayanch doktarantura (PhD) va doktorantura (DcS) ochilgan, xozir 2ta tayanch doktarant va 3ta mustaqil tadqiqotchi ushbu yo`nalishda dissertatsion tadqiqot ishlarini bajarishmoqda.

Kafedraning tarixi

Kafedraga 1921 yil professor N.I. Lebedinskiy asos solgan. 1921-1945 yillarda  kafedra turli fakultetlarning tarkibida faoliyat yuritgan. 1945 yili Geografiya fakulteti tashkil qilingandan so`ng, Geodeziya va kartografiya kafedrasi nomi bilan turli mutaxassisliklarga topografiya asoslari, geodeziya, kartografiya fanlaridan dars berib kelindi. 1947 yili O`rta Osiyo respublikalari ehtiyojini kartografiya  mutaxassisligi bo`yicha kadrlar bilan  ta`minlash maqsadida “geograf - kartograf” mutaxassisligi ochilib, o`sha yili 17 ta talaba qabul  qilingan. 1948 yilda prof. N.I. Lebedinskiy  vafotidan so`ng kafedraga oldinma keyin topograf F.L. Tropkin, prof. I.G. Krasovskiy, kat. o`qit. I.G. Chernyak, dots. Ch.V. Galkov,  prof. T.M. Mirzaliev, dotsentlar – E.G. Brodskiy, P.E. Butenko, A. Egamberdiev, L.H. G`ulomova, H.M. Muborakovlar rahbarlik qilganlar. Hozirda t.f.d., prof. v.b. E.Yu. Safarov rahbarlik qilmoqda.

O`quv-uslubiy ishlar

2008 va 2014 yillarda kafedra a`zolari tomonidan 5311500-Geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi hamda 5A311502-Geodeziya va kartografiya magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta`lim standartlari (DTS), o`quv reja va fanlarning namunaviy dasturlari kafedra a`zolari tomonidan tayyorlanib tasdiqdan o`tkazildi va bugungi kunda talabalarga ular asosida tahsil berib kelinmoqda. Hozirda kafedra a`zolari ta`lim sohalari bo`yicha malaka talablarini ishlab chiqish bo`yicha turdosh OTM lar bilan hamkorlikda ish olib borishmoqda.

Kafedra a`zolari tomonidan so`nggi 10 yil ichida Geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi hamda shu sohaga oid kasb hunar kollejlari talabalari uchun qator darslik va o`quv-qo`llanmalar tayyorlandi va nashrdan chiqarildi. Jumladan, dotsent prof. T. Mirzaliev, E.Safarov, dots. A. Egamberdiev, J.Qoraboev – Kartashunoslik (OO`Yu talabalari uchun) darcliklarini yozib nashrdan chiqarishdi. Shuningdek, kafedra a`zolari “Kartografiya” IIChDK bilan hamkorlikda oliy o`quv yutrlari va umum-ta`lim muassasalari uchun mo`ljallangan devoriy o`quv xaritalar tizimi va geografik atlaslarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqdalar.

  
                                                                                                 

Ilmiy-tadqiqot ishlari



Kafedra a`zolarining ilmiy-tadqiqot ishlari “Xalq xo`jaligi va ta`limni kartografik ta`minlashning ilmiy-uslubiy asoslari” hamda “Kadastr ishlarini topografo geodezik va kartografik ta`minlashning ilmiy nazariy asoslari” mavzulariga bag`ishlangan bo`lib, ular respublikamizda tayyorlanib chop etilayotgan barcha kartografik ishlarda kartografiya va kadastr tizimidagi yangi avlod darsliklarini yozishda, ta`lim standartlarini va o`quv rejalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdalar. Ayni paytda kafedra a`zolari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 15- martdagi “O`zbekiston milliy atlasini yaratish to`g`risida”gi maxsus farmoyishi ijrosi bo`yicha yaratilayotgan fo`ndamental kartografik asar tarkibiga kirgan kartalarini maxsus mazmunini ishlab chiqish va mualliflik nusxalarini tayyorlashda faol ishtirok etmoqdalar. Mazkur ishlar natijalari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy amaliy anjumanlar materiallarida nashr etib kelinmoqda.



O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13 may 1998 yil 213-F raqamli farmoyishiga binoan kafedra a`zolaridan T. Mirzaliev, A. Egamberdiev va E. Safarovlar ishtirokida umumta`lim muassasalari uchun “O`zbekiston geografik atlasi”ni nashrga tayyorlandi va nashr etildi. Ushbu atlas  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Ustoz” respublika jamg`armasi va Xalq ta`limi vazirligining 2000-2001 o`quv yili uchun “Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv qo`llanmasi mualliflari” rukni ostida o`tkazgan tanlovida ishtirok etib, g`olib deb e`tirof etildi.



O`quv ishlari

5311500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr ta`lim yo`nalishining o`quv rejasiga asosan 1-4-kurslarda birqancha umumkasbiy, shu jumladan, kartashunoslik, umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish, geografik ax-borot tizimlari (GAT), davlat kadastrlari asosi, ko`chmas mulk kadastri va boshqalar, ixtisoslik fanlari – ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, kadastr kartalarini loyihalash va tuzish fanlaridan darslar olib boriladi. 3 kurs talabalari bilan “Ergeodezkadastr” Davlat qo`mitasi tasarrufidagi soha korxonalarida Toshkent shahrida o`quv,  ishlab chiqarish va bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotlari olib boriladi.

Kafedraning hozirgi kundagi faoliyati

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori – professorlar, 1 ta fan nomzodi – dotsentlar, 2 ta katta o`qituvchi, 2 ta o`qituvchilar faoliyat olib borib, talabalarga mutaxassislik fanlaridan dars berib kelmoqda.

 

2013 yil yanvaridan boshlab kafedra a`zolari Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi bo`yicha 2013-2015 yillarga mo`ljallangan “TEMPUS - GE-UZ: Geoinformatika: O`zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta`minlash”  yirik loyihada faol ishtirok etib kelmoqdalar. Loyiha ish doirasida kafedra a`zolaridan  bir necha kishi Vengriyaning - G`arbiy Vengriya, Avstriyaning - Zaltsburg va Angliyaning - Grinvich universitetlarida tashkil etilgan trening kurslarda qatnashib o`z malakalarini oshirib qaytishdi. 2013 yil yanvardan boshlab kafedra a`zolari Erasmus Mundus dasturi (545696-EM-1-2013-1-ATERA MUNDUS-EMA21) gSmart loyihasida ham qatnashib kelishdi va uning  O`zbekistondagi koordinatori sifatida kafedra mudiri prof. E.Yu. Safarov ish olib bordi. Ushbu dastur doirasida kafedraning katta o`qituvchisi Sh.M, Prenov Vengriyaning Shopron universitetida, PhD bo`yicha tahsil olib qaytishdi.
 
                     
Kafedrada faoliyat yuritayotgan prof o`qituvchilar :              

1)Safarov Eshqobul Yuldashovich ( kafedra mudiri, professor)

2)Asomberdi Egamberdiev (professor)

3)Qoraboev Jo`raboy Saraboevich (dotsent)

4)Salohitdinova Sevar Saidaminovna (katta o`qituvchi)

5)Shavkat Mametsalievich Prenov (katta o`qituvchi)

6)Abdujalil Abdusalomovich Mo`minov (o`qituvchi)

7)Yusupov Baxridin Normo`minovich (o`qituvchi)
          

Asosiy ko‘rsatkichlar
1250 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yo‘nalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaõassislik magistratura