Geologiya va geoinformatsion tizimlar

Dekan Toychiev Xodjiakbar Abdurasulovich
Dekan,
Qabul Dushanba-Shanba, 14:00 - 17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (0 371) 246-22-26
Faks
e-mail -
Fakultetning maqsadi – O`zbekiston iqtisodiyotining ustivor yo`nalishlari bo`yicha  fundamental bilimga ega bo`lgan, nazariy va amaliy ishlarni bajara oladigan yetuk geolog mutaxasislarni tayyorlashdan iborat.

Fakultetining qisqacha tarixi



 
Dastlab  geolog  mutaxassislar  1918-1919 yillarda  Musulmon  Xalq  dorilfununining  keyinchalik  Turkiston  Xalq  universitetining  tabiiy  bo`limida  “Geologiya kabinetida”  tayyorlangan.
  1920-yilning  sentyabr  oyidan  boshlab  geolog  mutaxassislar  fizika - matematika  fakultetining  tabiiy  bo`limida  tayyorlandi.
          1924-yili  tabiiy  bo`lim  qoshida  “Tarixiy  geologiya  va  paleontologiya”  hamda  “Umumiy  geologiya  va  gidrogeologiya”  kafedralari  tashkil  etildi,  1926-yilda  “Gidrogeologiya  va  muxandislik  geologiyasi”  kafedrasi  alohida  ajralib  chiqdi.
1935-yilda  Universitet  qoshida  “Tuproqshunoslik - geologiya -geografiya “ fakulteti  tashkil  etildi  va “ Geologiya”  kafedrasi  alohida  ajralib  chiqdi.
  1938-yilga  kelib fakultet qoshida  yangi  kafedralar    “Mineralogiya  -  petrografiya”  va  “Geologiya  -   paleontologiya” ochildi.
  1945-yildan  boshlab  to  1993-yilgacha  “Geologiya”  fakulteti  mustaqil  faoliyat  olib  bordi.  
  1993-1994-yillari  fakultet “ Geografiya”  fakulteti  bilan  birlashdi.
  1994-yilda ajralib , 2017-yilgacha mustaqil fakultet  sifatida  faoliyat  olib  bordi.
  2016-2017-yilarda “ Geologiya”  fakulteti  yana  “Geografiya “ fkulteti  bilan  birlashdi.
  2017-yildan hozirgi  vaqtgacha  “ Geologiya”  fakulteti  qaytatdan    yangi -“Geologiya  va  geoinformatsion  tizimlar”  fakulteti  nomi  bilan  tiklandi  va  mustaqil  faoliyat  olib  bormoqda.



                


     
Hozirgi  vaqtda  fakultetda  5ta  kafedra mavjud  bo`lib,  ularda  4ta.  

Bakalavriat yo`nalishi: 
  • 5140800-Geologiya
  • 5140900-Geofizika
  • 5141600-Foydali qazilma konlarini baholash va  geomodellashtirish, 
  • 5140200-Geokimyo   

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI BO`YICHA 8TA MUTAXASISLIK MAVJUD: 

  •  (5A140801-Umumiy hududiy geologik
  •  5A140806-Geologik s`yomka va foydali qazilmalarni qidirish 
  •  5A140901-Geofizika, foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari,                           
  •  5A141102 - Gidrogeolgiya, 
  • 5A311701- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 
  • 5A140803-Geokimyo, foydali qazilmalarni qidirishining geokimyoviy usullari,  
  • 5A140804-Mineralogiya, kristallografiya, petrografiya, 
  • 5A140902-Seysmologiya va seysmometriya)   
5TA (PHD) TAYaNCH   DOKTORANTURA:

  • 04.00.01-Umumiy va mintaqaviy geologiya 
  • 04.00.02- Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi ularni qidirish va razvedka qilish.                       
  • 04.00.03 -. Geotektonika va geodinamika.  Petrologiya va litologiya, 
  • 04.00.05.- Paleontologiya va stratigrafiya, 
  • 04.00.06. Geofizika.      

Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari  va  5ta  (DSc.) doktorantura: 
(04.00.01.Umumiy va mintaqaviy geologiya, 04.00.02. Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo,     
04.00.03. Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya, 04.00.05.- Paleontologiya va stratigrafiya, 04.00.06. Geofizika,     Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari ixtisosliklari bo`yicha  mutaxassislar  tayyorlaydi.
Fakultetda    6ta  ilmiy, 7ta  o`quv    laboratoriya,  2ta  kompyuter  markazi, kutubxona  (35ming kitob  fondi),  3ta  bo`limdan  iborat  T.N.Dalimov nomidagi   “Geologiya”  muzei  (4000 dan  ortiq  eksponat), Oqsoq - ota   o`quv dala amaliyot bazasi, Geoinformatika  va  gidrogeologiya  o`quv - ilmiy  markazi  va  4ta  ilmiy  to`garaklar  mavjud.
Fakultet  professor-o`qituvchilari  1ta  xalqaro  3ta  Respublika  miqiyosidagi  grant  loyixasi  va  5ta  xo`jalik  shartnomalariga  ega.
Fakultetda  1  nafar  akademik,  9  nafar fan  doktori,  professor,  6  nafar  fan  nomzodi,  dotsent,  6  nafar  katta  o`qituvchi,  7  nafar  o`qituvchi  faoliyat  olib  bormoqda.
Hozirgi  vaqtda  fakultetni  kunduzgi  va  sirtqi  bo`limlarda  331ta  bakalavr,  53ta  magistrant,  37ta  sirtqi  talaba,  5ta  tayanch  doktorant  ta`lim  olmoqda  hamda   fakultet  ilmiy  kengashi  va falsafa doktori ( PhD)  va fan doktori ( DSc. ) ilmiy daraja beruvchi , GM  40.01  raqamli  birlashgan  ilmiy  kengash  mavjud.
Fakultet professor-o`qituvchilari bir qator chet el ilmiy markazlari, oliy ta`lim muassalari bilan xamkorlik qiladi: Rossiya, Germaniya, Polsha, Norvegiya, Gollandiya va boshqalar.  
Fakltetni bitiruvchi talabalari O`zR geologiya va mineral resurslar komiteti institutlari (3ta), O`zbekgidrogeologiya birlashmasi  va ekspeditsiyalari ( 20 ta ), O`zRFA institutlari, Oliy ta`lim muassalari, Qishloq va suv xo`jaligi vazirliklari, O`zbek neft - gaz xoldingi, Navoiy tog`-kon metalurgiya kombinati,  Olmaliq tog`-kon metalurgiya kombinati, loyilashtirish institutlari va boshqa ishlab chiqarish ob`ektlarida faoliyat ko`satishlari mumkin.



 

Asosiy ko‘rsatkichlar
1200 Ïðîôåññîð-¢êèòóâ÷èëàð ñîíè
15500 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
45 Ta’lim yo‘nalishlari