Arxeologiya kafedrasi

Arxeologiya kafedrasi Orta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi OzMU) qoshida 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan tashkil etilgan.

      Kafedraga prof. M.E.Masson (1940-1967), prof.G.B.Lunina (1967-1981, dots.Z.I.Usmanova (1981-1992), prof.A.S.Sagdullaev (1992-1998), prof. R.H.Suleymanovlar (1998-2006) rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedraga t.f.n. dotsent Ochildiev Fayzulla Boboqulovich rahbarlik qiladi.

      1997 yilda tarix va arxeologiya fanlari doktori, Turkmaniston FA akademigi, Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi, tanikli arxeolog Mixail Evgenevich Masson tavalludiga 100 yil toldi. Shu munosabat bilan Toshkent, Ashxobod shaxarlarida bir kator tadbirlar, Toshkentda xar yilgi Masson okishlari otkazildi. Shuni xam aytishimiz joizki, Mixail Masson Orta Osiyo Davlat Universiteti (xozirgi Ozbekiston Milliy Universiteti)ning arxeologiya kafedrasining tashkilotchisi va mudiri edi (1936 yildan). Uning shogirdlari xozirgi kunda Markaziy Osiyoning etakchi arxeologlari, MDXdagi fanlar akademiyalari akademik va muxbir-azolaridir.

      Ozbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda Orta Osiyo Davlat universitetida Arxeologiya kafedrasini ochilishi (1940 y.), OzFA qoshida dastlab Arxeologiya bolimini, sal otib tarix va arxeologiya institutini tashkil etilishi (1943 y.), respublikada qadimshunos mutaxassislarni, ayniqsa mahalliy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega boldi. Arxeologiya kafedrasida tahsil olgan talabalardan koplari istiqbolda, nafaqat Ozbekiston, Orta Osiyo, yoki MDH davlatlari, balki, dunyo miqyosida taniqli arxeolog bolib etishdilar

      Kafedra faoliyati davomida mashhur olimlardan prof. M.E.Masson, akad. G.A.Pugachenkova, g.f.d. N.G.Mallitskiy, b.f.d. L.V. Oshanin, t.f.d. A.A. Semyonov, I.I. Petrushevskiy, S.N. Zamyatnin, prof. V.P. Smirnov, E.V. Davidovich, B.A. Litvinskiy, B. A. Litvinskiy, E.V. Rtveladze, V.M. Masson, V.I. Sarianidi, N.I Krashennikova, Yu.F. Buryakov, O.B. Obelchenko, B.D. Kochnev, R.H. Sulaymonov, Z.I.Usmanova, G.Ya.Dresvyanskaya, professorlar: A.S.Sagdullaev va boshqalar faoliyat yuritgan.

      Otgan asrning 30-40 yillaridan boshlab arxeologiyaga mahalliy kadrlar kirib kela boshladi. Bu jarayonlarda birinchi qaldirgoch vazifasini otagan Ya.G. Gulomovning bosib otgan hayoti yoli, ilmiy pedagogik faoliyati va ilmiy merosi ozidan keyingi avlod uchun yuksak namuna vazifasini otadi.

     OzMU arxeologiya kafedrasi oqituvchisi Shaydullaev Alisher Shopolatovich Ozbekiston Chexiya xalqaro arxeologiya ekspeditsiyasida 2008 yildan buyon doimiy azosi sifatida muntazam qatnashib kelmoqda. Ushbu ekspeditsiya Surxondaryo viloyatidagi Jandavlattepa (2008 2012 yy), Burguttepa (2014 - 2017), Kayrit qorgon (2016-2017) kabi arxeologik yodgorliklarda qazuv tadqiqot ishlarini olib bormoqda. A. Shaydullaev joriy yilda ushbu ekspeditsiya tarkibida Aleksandr Makedonskiy izidan nomli xalqaro grant asosida arxeologik dala qidiruv ishida qatnashib bir qancha yangi ilmiy yangiliklarga erishdi.

      OzMU arxeologiya kafedrasi oqituvchisi Annaev J.T. 2016-2017 oquv yillarida Ozbek-Xitoy xalqaro ekspeditsiyasida azo sifatida ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani xududida joylashgan Talitogora yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelmoqda.


       Kafedra bilan ishlab chiqarish korxonalari ortasida ozaro hamkorlik shartnomalari tuzilga bolib, Jumladan, Arxeologiya kafedrasi Qarshi Davlat universiteti bilan Oquv, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik togrisidagi ikki tomonlama shartnoma, Ozbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari boyicha vzirligi bilan Arxeologik yodgorliklarni saqlash va ilmiy tadqiqot faoliyati yuritish togrisidagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi, Ozbekiston tarixi muzeyi, Ozbekistonning eng yangi tarixi masalalari boyicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi, Ozbekiston Davlat sanat muzeyi bilan Yodgorliklarni saqlash, restavratsiya ishlari, muzeylashtirish togrisidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yuritish masalalarida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalar tuzilgan.


         Arxeologiya yonalishi boyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, 

magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar Arxeologiya kafedrasida faoliyat olib boruvchi professor-oqituvchilar va OzRFA arxeologiya instituti Toshkent bolimi, OzRFA tarix institutining qadimgi dunyo va ilk orta asrlar bolimlarida ozi ilmiy mazulariga doir ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda, xususan arxeologiya mutaxassisligi boyicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan Shaydullaev A.Sh, Annaev J.T., Mominov O.O lar ilmiy mavzulari boyicha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga arxeologik ekspiditsiyada ishtirok etishib bronza vailk temir davriga mansub bolgan xali fanga nomalum bolgan malumotlarni toplashga muvaffaq boldilar, shuningdek, arxeologiya kafedrasining professor oqituvchilari Suleymanov R.X, Shonazarov Sh.B, doktarant Parmanov Sh va talabalar ishtirokida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani eski Langar ota qishlogiga arxeologik ekspiditsiya tashkil etildi bundan asosiy kozlangan maqsad bronza davriga mansub arxeologik obekt va Amir Temur tugilib osgan diyorni aniqlashga qaratildi natijada Munchoqtepa 1 va munchoqtepa 2 arxeologik yodgorliklarni aniqlashga muvaffaq bolindi shuningdek orta Osiyo arxeologiyasining zamonaviy muammolariga bagishlangan mavzular yuzasidan ozaro xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ham olib borilmoqda. 

Songgi yangiliklar:







  Kafedra oqituvchisi Shaydullaev Alisher Shopolatovich Sopolli madaniyatining gliptikasi va sfragistikasi  mavzusida tarix fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyani 2018 yil 4 may kuni muvaffaqiyatli himoya qildi.



KAFEDRA AʹZOLARI:

1. OChILDIEV FAYZULLA BOBOQULOVICh (Arxeologiya kafedrasi mudiri)

2. SAGDULLAEV ANATOLIY SAGDULLAEVICh (tarix fanlari doktori,professor, akademik)

3. SULEYMANOV RUSTAM XAMIDOVICh (Arxeologiya kafedrasi professori )

4. SALIMOV TURSUN USAROVICh (Arxeologiya kafedrasi dotsenti )

5. IBRAGIMOV RAXMON ZIYoDULLAEVICh (Arxeologiya kafedrasi, katta oqituvchi)

6. ShONAZAROV ShUXRAT BORIEVICh (Arxeologiya kafedrasi, katta oqituvchi)

7. BABABEKOV AKBAR DAVURBAEVICh (Arxeologiya kafedrasi, oqituvchi)

8. MUMINOV OTABEK UKTAMOVICh (Arxeologiya kafedrasi, oqituvchi)

9. NARZIEV NABIJON NORMURODOVICh (Arxeologiya kafedrasi, oqituvchi)

10. ANNAEV JALOLIDDIN TUXTAShEVICh (Arxeologiya kafedrasi, oqituvchi)

11. ShAYDULLAEV ALIShER ShAPULATOVICh (Arxeologiya kafedrasi oqituvchisi)

12. ANORKULOV SAYFIDDIN MUHITDINOVICh (Arxeologiya kafedrasi, oqituvchi) 
Asosiy korsatkichlar
1250 -
17650 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
56 Yonalish bakalavr
125 Xalqaro talabalar soni
128 Xalqaro professor-o`qituvchilar soni
91 Mutaassislik magistratura